Asosiy vositalar hisobini tekshirish bo’yicha ichki nazorat tizimining ahvolini aniqlash testi.
№
|
Test savolining mazmuni
|
Javoblar
|
Ha
|
Yo’q
|
Eslatma
|
|
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida buyruq borligi?
|
√
|
|
|
|
Hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqda asosiy vositalarni inventa-rizatsiya qilish usullari va mud-datlari ko’rsatilganmi?
|
|
√
|
|
|
Inventarizatsiya belgilangan mud-datlarda o’tkazilganmi?
|
|
√
|
|
|
Asosiy vositalar oxirgi marta qachon inventarizatsiya qilingan?
|
√
|
|
2 yil oldin
|
|
Inventarizatsiya natijalari hisobda aks ettirilganmi?
|
|
|
So’ngi 2 y. da inv-ya o’tkazil-magan
|
|
Asosiy vositalarni saqlash va ishla-tish joylari hisob registrida aks ettirilganmi?
|
√
|
|
|
|
Asosiy vositalarning foydalanish joylarida saqlanishi uchun mas’ul shaxslarni tayinlash to’g’risida buy-ruqlar borligi?
|
√
|
|
|
|
Asosiy vositalarni saqlash uchun mas’ul shaxslar bilan to’liq moddiy javobgarlik to’g’risida shartnomalar tuzilganmi?
|
|
√
|
|
|
Korxonada asosiy vositalar hisobiga doir dastlabki hujjatlarning uni-fikatsiyalangan shakllari qo’llani-ladimi?
|
√
|
|
To’liq emas
|
|
Asosiy vositalar hisobi bo’yicha huj-jatlar aylanish reja-grafigi tuzilganmi?
|
|
√
|
|
|
Bosh buxgalter tomonidan hujjatlar aylanish reja-grafigiga rioya qilish ustidan nazorat amalga oshirilganmi?
|
|
√
|
|
|
Asosiy vositalar ob’ektlari yongin va boshqa tabiiy ofatlardan sug’urta qilinganmi?
|
√
|
|
|
|
Asosiy vositalar turkumlanganmi?
|
|
√
|
|
|
Asosiy vositalar kodifikatori ish-lab chiqilganmi?
|
|
√
|
|
|
Inventar kartochkalar mavjudmi va ular ishlatiladimi?
|
|
√
|
|
|
Analitik hisob ma’lumotlari sinte-tik hisob registrlari bilan taqqos-langanmi?
|
√
|
|
Ha, faqat balans tu-zish pay-tida
|
|
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo’yicha dalolatnomalar va boshqa huj-jatlar rahbar tomonidan tasdiq-langanmi?
|
√
|
|
|
|
Korxonada ijaraga olingan (operativ moliyalanadigan lizing) asosiy vosi-talar mavjudmi?
|
|
√
|
|
|
Amortizatsiya hisoblash usuli tanlan-ganmi?
|
|
√
|
Chiziqli usul qo’lla-niladi
|
|
Ta’mirlash xarajatlarini hisobga olish varianti tanlanganmi?
|
|
√
|
Haqiqiy xarajatlar bo’yicha
|
Ushbu keltirilgan testdan shunday xulosa qilish mumkinki, tekshiruv o’tkaziladigan korxonada hisobot davrida inventari-zatsiya o’tkazilmagan, hisob siyosatida ayrim ob’ektlarni inven-tarizatsiya qilish tartibi va muddatlari belgilanmagan. Natijada, tekshiruv chog’ida asosiy vositalar ob’ektlarini tanlab inven-tarizatsiya qilish zarur. Mazkur korxona bo’linmalarida asosiy vositalar hisobiga doir muomalalar ustidan ichki nazoratning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi oqibatida sezilarli xatolarga yo’l qo’yish xavfi katta.
Bosh daftarda aks ettirilgan 0110-0199, 0211-0299, 0310, 0710, 0720, 0810, 0820, 0840, 0850, 0860, 0890, 0920, 4810, 4820, 4830, 6910, 6920, 7910 sintetik schyotlar qoldiqlarining mos ra-vishda analitik hisob registrlari va buxgalteriya balansi ma’lumotlariga muvofiqligini aniqlash zarur. Ular barcha pozitsiyalar bo’yicha: oy boshiga qoldiq, oylik oborotlari, oy oxiriga qoldiq-lar bir-biriga to’g’ri kelishi lozim. Agar tafovutlar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va korxonaga asosiy vositalarni, montaj talab qiladigan qurilmalarni; kapital qo’yilmalarni, tuzilgan lizing shartnomalari bo’yicha majburiyatlarni inventa-rizatsiya qilish tavsiya etiladi. So’ngra korxonaning asosiy vosita-larni hisobga olish bo’yicha qabul qilingan hisob yuritish siyosati bilan tanishish zarur. Bunda asosan quyidagilarga e’tibor berish lozim:
korxonada asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qo’llash qabul qilinganligi;
korxonada asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning qanday tartibi qabul qilinganligi, asosiy vo-sitalarni ta’mirlash uchun rezervga mablag’ ajratish mexanizmidan foydalanib, ya’ni ta’mirlash fondi (8910-schyot bo’yicha «Ta’mirlash fondi» subschyotini qo’llash) tashkil etish yoki tashkil etmaslik.
Korxonada qabul qilingan hisob yuritish siyosati auditor xulosasida aks ettirilishi lozim.
2. Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvdan o’tkazishda foydalaniladigan manbalar buxgalterlik hisobning korxonada qabul qilingan tashkiliy shakliga ham bog’liq. Bular hisobni qo’lda yuritish sharoitida: jurnal-orderlar, vedomostlar, kartochkalar: avtomatlashtirilgan hisob sharoitida esa kompyuter dasturlari, mashinagrammlaridir. Lekin hisobning har qanday shakli sharoitida ham asosiy vositalarning harakatiga oid muomalalar (kirimi, chiqimi, xo’jalik ichidagi siljishi, ta’mirlanishi) me’yoriy hujjatlar va dastlabki hujjatlashtirishning unifikatsiyalangan idoralararo shakllari bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalarini tartibga soladigan asosiy me’yoriy hujjatlar;
korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrugi;
asosiy vositalarni hisobga olishda korxonada qo’llaniladigan analitik va sintetik hisob registrlari;
buxgalteriya hisobotlari;
asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (ichki siljish) dalolatnomasi (naqladnoyi) (AV-1 shakl);
ta’mirlangan, qayta jihozlangan va zamonaviylashtirilgan ob’ektlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl);
asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-Z shakl);
avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolat-nomasi (AV-4 shakl);
asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl);
asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar ro’yxati (AV-7 shakl);
asosiy vositalar harakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl);
asosiy vositalarning inventar ro’yxati (ishlatish joylari bo’yicha) (AV-9 shakl).
Auditor ushbu me’yoriy hujjatlar, hisob registrlari va dastlabki hujjatlarda asosiy vositalar harakatini rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar imzolarining mavjudligi va haqqoniyligiga e’tibor qaratib, barcha rekvizitlarning to’g’ri to’lg’azilganligini aniqlaydi.
Auditor korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyruqda bayon qilingan - asosiy vositalarni hisobga olish uslubiyoti bilan tanishib chiqishi lozim. Bunda xususan quyidagilarni aniqlash zarur:
ob’ektlarni asosiy vositalar va aylanma mablag’lar qatoriga olib borish uchun ular qiymatining belgilangan chegaralari;
qiymatidan qat’iy nazar asosiy vositalar qatoriga olib boriladigan ob’ektlar ro’yxati;
asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya hisoblash usullari;
asosiy vositalarni ta’mirlash uchun qilingan xarajatlarni aks ettirish tartibi;
hisobot yilining 1 yanvar holatiga asosiy vositalarni qayta baholash ko’zda tutilganligi;
asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish muddatlari;
asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olish uchun ishchi schyotlar rejasida belgilangan schyotlar ro’yxati.
Asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olishda qo’llaniladigan va tekshiruvda auditor tomonidan jalb qilinadigan, sintetik va analitik hisob registrlari buxgalteriya hisobining korxonada qo’llanilayotgan shakliga bog’liq. Ularga 0110-0199, 0211-0299, 0310 schyotlar bo’yicha sintetik hisob registrlari, sintetik va analitik hisob bo’yicha oborot vedomostlari, saldo vedomostlari kiradi.
Asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar, odatda, dastlabki hujjatlarning unifikatsiyalangan (yagona shaklga keltirilgan) shakllari bilan, ayrim hollarda esa korxonada ishlab chiqilgan va hisob siyosati to’g’risidagi buyruq bilan tasdiqlangan dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Auditor tekshiruv chog’ida moliyaviy hisobotning quyidagi shakllaridan foydalanadi:
buxgalteriya balansi (1-shakl);
moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);
asosiy vositalar to’g’risida hisobot (3-shakl);
pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shakl);
xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);
izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar.
Buxgalteriya balansi (1-shakl)da korxonaga mulkiy huquq aso-sida, tezkor boshqaruv va xo’jalik yuritish uchun taalluqli bo’lgan asosiy vositalar I - «Uzoq muddatli aktivlar» bo’limidagi «Asosiy vositalar» moddasida boshlang’ich qiymati, eskirish va qoldiq qiymatlari bo’yicha batafsil beriladi. Asosiy vositalar balansda HETTO bahosi ya’ni qoldiq qiymati bo’yicha aks etti-riladi (belgilangan tartibga muvofiq qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya hisoblanmaydigan) asosiy vositalar ob’ektlaridan tashqari).
«Asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot» (3-shakl) bo’yicha quyidagilar to’g’risidagi ma’lumotlar o’rganiladi:
asosiy vositalar alohida turlarining hisobot davri boshi va oxiriga mavjudligi hamda hisobot davri davomidagi harakati (kirimi, chiqimi). Asosiy vositalar dastlabki qiymati (tiklash qiymati) bo’yicha ko’rsatiladi;
barcha asosiy vositalar, shuningdek ularning ayrim guruhlari: binolar va inshootlar, mashinalar, qurilmalar, transport vositalari va boshqalar;
butunligicha yoki ayrim turlari (binolar, inshootlar va hokazo) bo’yicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshiga va oxiriga mavjudligi;
konservatsiyaga qo’yilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshi va oxiriga mavjudligi.
Moliyaviy hisobotga tushuntirish va izohlarda №1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) dagi qoidalardan kelib chiqib, quyidagilar to’g’risidagi axborotlar bayon qilinadi (ochib beriladi):
asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga qabul qilingandagi qiymatining o’zgarishi (qo’shimcha qurish, qo’shimcha jihozlash, qayta jihozlash va qisman tugatish hollari ham qo’shilib);
korxonada asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatlarini belgilash (asosiy guruhlari bo’yicha);
qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya qilinmaydigan) asosiy vositalar;
Aniqlangan xatolar auditorlik hisobotida tafsilotlari bilan aks ettirilishi lozim. Zarur hollarda auditor qarama-qarshi tekshiruv o’tkazishi ham mumkin.
Amaliyotda asosiy vositalar harakatiga oid muomalalarini ixtiyoriy shakldagi (o’zboshimcha tuzilgan) hujjatlar bilan rasmiylashtirish kabi qonunbuzarlik hollari ham ko’plab uchraydi.
Asosiy vositalar tekshiruvidagi audit amallari
Asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad buxgalteriya hisoboti moddalarining haqqoniyligini ta’minlashdan iborat.
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: qiymati korxonada belgilab qo’yilgan chegaradan past bo’lgan ob’ektlar yoki qiymatidan qat’iy nazar xizmat muddati 12 oydan kam bo’lgan ob’ektlar asosiy vositalar qatoriga o’tib qolmaganligi; korxonada asosiy vositalar inventar va xo’jalik ashyolari qatoriga va aksincha o’tkazilmaganligi; bunda shuni nazarda tutish zarurki, ob’ekt qiymatining chegarasi ob’ektni sotib olish (foydalanishga topshirish) sanasiga aniqlanadi. Asosiy vositalarni inventar va xo’jalik ashyolari qatoriga asossiz o’tkazish auditorlik tekshiruvi chog’ida aniqlanadigan xatolardan biridir. Ko’p hollarda bunday o’tkazishning sababi korxonaning amortizatsiya hisoblash ishlarini kamaytirishga intilishi hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvi chog’ida korxonaning asosiy vositalar ob’ektlariga mulkiy huquqining talab darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash zarur.
Auditorga asosiy vositalar ob’ektlarini yaratish, sotib olish, berish shartnomalari, zarur hollarda esa - qonunchilikka muvofiq oldi-sottini ro’yxatga olish guvohnomasi taqdim qilinadi.
Asosiy vositalarning to’g’ri baholanganligini aniqlash asosiy vositalar mavjudligi va harakatini tekshirish chog’idagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, mulk solig’i bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblar, shuningdek korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini aks ettirish va hisobot tuzish shunga bog’liq.
Auditor tekshiruv o’tkazishda asosiy vositalarni hisobga qabul qilish uchun asos bo’lgan dastlabki hujjatlarni (AV-1, AV-6 va boshqa shakllar) jalb qiladi.
Asosiy vositalarni baholashning to’g’riligini tekshirish yoppasiga (ob’ektlar soni unchalik katta bo’lmaganda) yoki tanlab o’tkaziladi.
Asosiy vositalarni baholash va dastlabki qiymatini aniqlash amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi hamda asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish usuliga bog’liq.
Auditor O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq asosiy vositalar oldi-sotdi shartnomalarining mavjudligi va rasmiylashtirilishini, ayrim xarajatlarni asosiy vositalar qiymatiga qo’shishning qonuniyligini; tugallangan qurilish ob’ektlari inventar qiymatining to’g’ri aniqlanganligi; qo’shimcha qurilganidan va qo’shimcha jihozlanganidan, qayta jihozlanganidan, zamonaviylashtirilganidan yoki qisman tugatilganidan so’ng ob’ekt qiymati to’g’ri aniqlanganligini tekshiradi.
Bunda auditor №21 BHMS ga muvofiq kiritilgan o’zgartishlarga alohida e’tibor qaratishi zarur. Xususan, asosiy vositalarni sotib olish va qurish bilan bog’liq, ammo belgilangan tartibga ko’ra asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga qo’shilmaydigan xarajatlar 01. 01. 2002 dan ob’ektlarning dastlabki qiymatiga qo’shilmasdan, 9439 schyot debetiga olib borilganligiga e’tibor berishi kerak.
Auditor baholarni kelishish bayonnomasi va ta’sis hujjatlarida asosiy vositalar baholanishining aks ettirilishi; boshqa xarajatlarni asosiy vositalar dastlabki qiymatiga qo’shishning qonuniyligi; bozor baholarini qo’llashning ishonchliligini tekshiradi.
Asosiy vositalar bozor bahosini aniqlash uchun aynan shularga o’xshash mahsulotlar baholari to’g’risida tayyorlovchi - tashkilotlarning yozma ravishda bergan ma’lumotlaridan; ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan baholar to’g’risidagi ma’lumotlardan; ayrim asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati to’g’risida ekspert xulosalaridan foydalanish mumkin. Bunday asosiy vositalarni tashib keltirish bo’yicha korxona tomonidan qilingan xarajatlar ham ob’ekt qiymatiga qo’shiladi.
Chet el valyutalari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni baholash chet el valyutasini O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan, asosiy vositalar ob’ektini sotib olish sanasiga amal qilayotgan valyuta kursi bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Auditor kontrakt shartlariga muvofiq mulkka egalik huquqining o’tish vaqti to’g’ri aniqlanganligi; asosiy vositalarni sotib olish bilan bog’liq bojxona to’lovlari va boshqa chiqimlarning sotib olingan asosiy vositalar qiymatiga qo’shilganligini tekshirishi lozim.
Auditor asosiy vositalarni baholashning to’g’riligini tekshirish chog’ida asosiy vositalar dastlabki qiymatining o’zgarish hollari bo’lganligiga, qanday sabablar (qo’shimcha qurish, qo’shimcha jihozlash, qayta jihozlash, qisman tugatish) o’zgarishga olib kelganligiga, kapital qo’yilmalarga doir xarajatlar 0810, 0820, 0840, 0850, 0860 va 0890 schyotlarda aks ettirilganligiga e’tibor qaratishi lozim.
So’ngi yillarda asosiy vositalarni qayta baholashni tekshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 21-BHMSga muvofiq korxonalarda asosiy vositalar ob’ektlarini qayta baholash summalari 8530–«Mulklarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotida aks ettiriladi. Bunday tekshiruv qayta baholash natijalari rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: barcha asosiy vositalar to’lig’iga yoki ularning bir qismi qayta baholanganligi; asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan er uchastkalari va tabiiy foydalanish ob’ektlari qayta baholanganligi; qayta baholash qanday usullar yordamida o’tkazilganligi (indeksatsiya qilish yoki hujjat bilan tasdiqlangan bozor baholari bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri hisoblab o’tkazilishi va h. k. ); bozor baholarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi; hisob-kitoblar to’g’riligini tanlab tekshirish; qayta baholashdan so’ng eskirganlik darajasi o’zgarganligi, qayta baholash natijalarining inventar kartochkalarida aks ettirilganligi, qayta baholash natijalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligi, qayta baholash natijalarining hisobot tuzishda hisobga olinganligi va shunga o’xshashlar.
Asosiy vositalar mavjudligini tekshirish uchun analitik hisobni tashkil etish o’rganiladi. (bu haqda keyingi mavzuda batafsil ma’lumot beriladi). Shuningdek, auditor asosiy vositalar qanday saqlanayotganligini va ularni inventarizatsiya qilish natijalarini ham tekshirishi lozim.
Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishni tekshirishda auditor dastlabki hujjatlar - iventarizatsiya ro’yxatlari (inv-1, inv-10, inv-18 shakllar), inventarizatsiya komissiyasi majlis bayonnomalarini, inventarizatsiya natijalari bo’yicha korxona rahbariyatining qarorini o’rganadi.
Inventarizatsiya materiallarini tekshirish auditorga auditorlik risklari va auditorlik amallarini tuzatish uchun, ichki nazorat natijalariga qanchalik tayanish mumkinligiga ishonch hosil qilishi uchun zarur.
Bunda u inventarizatsiya o’tkazishda №19 – «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli BHMS umumiy qoidalariga, xususan 24-29 bandlariga rioya qilinganligini aniqlaydi. Shu bilan birga auditor inventarizatsiya natijasida oshiqcha va kam chiqqan asosiy vositalarni buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirilishi va soliqqa tortilishining to’g’riligini ham tekshiradi. Bunda auditor O’zbekiston Respublika Adliya Vazirligi tomonidan 23 iyun 2001 yilda 1054-raqam bilan ro’yxatga olingan «Inventarizatsiyada aniqlangan mulklar kamomadi va oshiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish to’g’risidagi qaror»ga rioya qilinganini tekshiradi.
Kuzatib chiqish amallari yordamida asosiy vositalarga doir quyidagi ma’lumot manbalarining o’zaro mosligini tekshirish amalga oshiriladi:
moliyaviy hisobot shakllarining asosiy vositalarga doir ko’rsatkichlari;
moliyaviy hisobot shakllari va bosh daftar ko’rsatkichlari;
Bosh daftar, sintetik va analitik hisob registrlari ko’rsatkichlari.
Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir shakllari ko’rsatkichlarini o’zaro taqqoslash natijalari jadvalda ko’rsatilgan shakl bo’yicha ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |