6.2. Darvesh Ali Changiy
darvesh ali Changiyning buyuk shoir va musiqashunos,
XVi asrning yirik olimlaridan biri hisoblanadi.
darvesh ali Changiy taxminan 1547-yilda tug‘ilgan.
yoshligidan ilm-u fanga chanqoqligi, zukkoligi sababli kelajakda
yorqin asarlarini yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Bolalik davri mamlakatning siyosiy o‘zgarishlari orasida
otgan. Uning birinchi ustozi olim mirzo ali bo‘lib, adabiyot,
tarix, musiqa fanlaridan saboq bergan. Bolaligi ijod ahli orasida
o‘tganligi, keyinchalik risolasida ali do‘st Nayi, mavlono
Xusayn Kavkabiy, Ja’far qomusiy nomlari joy oldi.
mamlakatning siyosiy holati, shayboniylarning davri
Ubaydullaxon (1533-1539) hukmronligi jarayonida musiqa va
san’at sohasiga alohida e’tibor berilgan edi. Hirotdan sozanda
va xonandalar, shoir-u raqqoslar Buxoro va movarounnaxrga
kelib ijod qilishgan.
darvesh ali Changiyning otasidan keyingi ustozi Hoji
Ja’far qonuniy hisoblanadi. Xonandalik, musiqa nazariyasi,
kompozitsiya bilimlarini esa Changiy ustoz Hasan Kavkabiydan
oldi. Changiyning musiqa qobiliyati, iste’dodi va mohir
ijrochiligi to‘g‘risida qisqa muddat ichida shahar va undan
tashqarisida ma’lum bo‘ladi. darvesh ali abdulloxon shayboniy
davrida yashab ijod qilgan davrni hayotining eng mazmunli va
samarali davri deb hisoblaydi. saroy majlislarida o‘z asarlarini
mohirona ijro etganligi uchun Changiyning zamondoshlari uning
iste’dodiga yuqori baho berganlar. XVi asrning ikkinchi yarmida
shayboniylar uchinchi sulolasi abdulloxon hukmronligi davrida
Buxoro shahri madaniyat va san’at markaziga aylandi. Buxoro
xalqi boshqa mamlakatlarga savdo ishlari bilan safarga chiqib,
savdo-sotiq bilan bir qatorda madaniyat va san’atni ham chet
elga tanishtirib, turli xalqlarning san’at namunalarini olib kelgan.
darvesh ali asarida yozadi: Xon saroyida Chin mamlakatidan
tashrif buyurgan shoh-mansur Buxoro shoirlari bilan bir qatorda
35
g‘azal ijod qilib, unga kuy bastalab va o‘zi ijro etdi. mohirona
ijrosi uchun abdullaxon qimmatbaho sovg‘alar ulashdi
43
.
Xulosa qilib aytish mumkinki, iqtisod, savdo, me
5
morchilik
sohalarida hamkorlik madaniyat va san’atning rivojlanishiga,
Buxoro shahrida san’atkorlarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
Musiqashunos D.Rashidova quyidagi fikrlarni keltiradi «XVI
asrning ikkinchi yarmida Buxoro shahri yirik madaniyat, san’at
va adabiyot markaziga aylandi. mutribi ma’lumotiga ko‘ra 350
nafar shoirlar ijod qilardilar
44
darvesh ali o‘z asarida 12 maqom
to‘g‘risida so‘z yuritadi. aytish joizki, 12 maqomning paydo
bo‘lish tarixi X asrning mutafakkirlari asarida o‘z o‘rnini topgan,
masalan: Forobiy, sino, ibn Zayla asarlarida 12 maqomning
ayrim qismlarining nomi aytib o‘tilgan. Safiuddin Urmaviy
asarida 7 maqom to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Jomiy ham risolasida
12 maqom qismlarini ochib bergan. Najmiddin Kavkabiy va
darvesh ali 12 maqomning asrlar davomida rivojlanib kelishi
to‘grisida so‘z yuritadilar. Chunonchi, tarixiy manbalarning
tahlili natijasida 12 maqomning rivojlanishi XiV-XVii asrlarni
qamrab oladi. Taniqli musiqashunos, olim lRajabov «maqomlar
masalasiga doir» asarida N.Kavkabiy va d.Changiyning 12
maqomga bergan ta’riflni tahlil qilib, 12 maqomning ilmiy
va diniy tomonlarini ko‘rsatib o‘tadi
45
. 1572-yildan boshlab
Changiy «Risolayi musiqiy» asari ustida ishlaydi. asarni tugatib,
o‘sha davrda hukmron bo‘lgan abdullaxon shayboniyga tuhfa
qiladi. Changiy «Risolayi musiqiy» asarini ikki holatda yaratadi
46
asaming bir qismi hikoya shaklida yozilgan bo‘lib, qolgan qismi
musiqiy nazariy tushuntirish shaklida keltirilgan. asarning
ikkinchi qismida qadim yunon olimlarining fikrlari, Forobiy,
43
Рашидова Д. Учёный, музикант, поэт и историк Дарвиш Али Чанги.
Музикалное театральное искусство и фольклор. - Т. 1992 г. -54 с.
44
o‘sha asar. 54-bet.
45
1. Rajabov Maqomlar masalasida doir.—Т.: 1963,-103-b.
46
Семенов А. Среднеазиатский трактат по музыке Дарвеша Али.-Т.:
1946.- 9 с.
36
ibn sino, dehlaviy musiqiy-estetik qarashlariga murojaat qilgan
holda yaratilgan. Risola 12 (maqom) qismdan iborat bo‘lib,
Changiy har bir qismiga alohida tushuncha berib borgan.
1-qism - kirish qismi. musiqa san’atini din nuqtayi nazaridan
qarab, musiqa yangrashi, qo‘shiq ijro etish mumkinligi
to‘g‘risida.
2-qism - musiqa (alxon) va usul (iqo) ning paydo bo‘lishi.
3-qism - 12 maqom, 24 qism va tovush rangba-rangligi
to‘g‘risida.
4-qism - usulning 41 xili.
5-qism - musiqa asboblari va ijro uslubi.
6-qism - Tanbur, chang, nay, ud, qobuz, arg‘unun, setor,
simtur va xonandalar to‘g‘risida.
7-qism - musiqa san’atiga ko‘p e’tibor bergan shohlar
to‘g‘risida.
8-qism - olimlar, musiqashunoslar va musiqa bilimdonlari
to‘g‘risida.
9-qism - musiqa sohasida o‘zining asarlarini meros
qilib qoldirgan iste’dodli va mashhur shoirlar, musiqachilar
to‘g‘risida.
10-qism - Hirot shahrida yashab ijod qilgan musiqa
o‘qituvchilari to‘g‘risida.
11-qism - Xon saroyida yashab ijod qilgan xonandalar
to‘g‘risida.
12-qism - o‘sha davrda xalq va saroyda mashhur bo‘lgan
musiqa o‘qituvchilari to‘g‘risida
47
.
Buxoro shahrida xonlarning o‘zgarib turishi, ya’ni
abdullaxon, Boqi muhammad, Valimuhammad va imomqulixon
hukmronlik qilib kelganligi xalqning siyosiy va ijtimoiy holatiga
ta’sir qilib kelgan. Changiy hayotida ham o‘zgarishlar va turli
voqeliklar bilan o‘tgan. Changiy so‘ngi musiqa haqida risolasi
«To‘xfat-assurur» ni yaratib, imomqulixonga tuhfa qiladi.
47
Семенов А. Среднеазиатский трактат по музыке
Дарвеша Али. – Т.: 1946.- 31 с.
37
Do'stlaringiz bilan baham: |