12-§. VOKAL-SIMFONIK MUSIQASI
Kompozitorlik ijodiyotining yana bir serko‘lam yo‘nalshi
vokal-simfonik (xor va simfonik orkestr uchun mo‘ljallangan)
qatlamidan tachkil topadi. Uchbu yo‘nalich syuita, oratoriya,
kantata, oda, ballada kabi janrlarni o‘z ichiga oladi.
Oratoriya - lotincha “oratorium” so‘zidan olingan bo‘lib,
ibodatxona degan ma’noni anglatadi. yakkaxon xonandalar,
xor va orkestr uchun yaratilgan, odatda, dramatik syujetga
asoslangan yirik musiqa asari.
Kantata - lotincha “cantare” so‘zidan olingan bo‘lib,
kuylamoq degan ma’noni anglatadi. yakkaxon xonandalar, xor
va orkestrga mo‘ljallangan musiqa asari. shaklan oratoriyaga
yaqin, lekin hajmi kichikligi, mazmunida dramatik rivoji yo‘qligi
( yoki sustligi) bilan farq qiladi. odatda, orkestr muqaddimasi,
bir nccha ariya, rechitativ hamda xor qo‘shiqlaridan iborat
bo‘ladi.
Syuita - fransuzcha “suite” so‘zidan olingan bo‘lib, qa-
tor, tizma degan ma’noni anglatadi. qismlar tartibi, soni,
97
xarakterining ma’lum qonun-qoidaga qat’iy chegaralanmaganligi,
aksariyat hollarda qo‘shiq va raqs bilan uzviy bog‘liqligi syuitani
simfoniyadan ajratib turadi. syuita bir necha mustaqil qismlardan
tashkil topib, ular umumiybadiiy maqsadda birlashtiriladi.
ma’lumki, vokai-simfonik musiqaning shakllanishi
M.Burxonov, S.Yudakov, M.Leviyev, M.Ashrafiy, I.Akbarov
kabi atoqli kompozitorlar ijodiy faoliyati bilan bog‘liq. Ularning
ko‘p yillik tajribalari natijasida ko‘p ovozli xor madaniyati qisqa
vaqt ichida rivojlandi va ijrochilik amaliyotida qollana boshladi.
ikkinchi Jahon urushi yillari o‘zbek musiqa san’ati uchun
o‘ziga xos sinovlar davri bo‘ldi Fashizm ustidan tezroq g‘alaba
qozonish, insonlarning ozodligi uchun kurashish o‘zbek
san’atiga xos xususiyatga aylandi
Urush yillarida san’atkorlar ham katta xizmat qildilar.
Frontga yordam berish, jangchilar rahini ko‘tarish maqsadida
ko‘plab konsertlar uyushtirdilar, ulardan tushgan mablag‘ esa
front maqsadlariga yo‘naltirilar edi. san’atkorlarning birinchi
front brigadasi sozanda F.sodiqov rahbariigidagi guruh bo‘lib,
1942-yilda filarmoniya tomonidan tuzilgan edi. Ushbu ijodiy
guruh 16 nafar kishidan iborat bo‘lib, urush yillari front
jangchilariga konsertlar berdi.
Urush tufayli Rossiyadan ko‘plab ijodiy xodimlar,
san’atkorlar o‘zbekistonga ko‘chirib keltirildi. s. Vasilenko,
B. arapov, m. shteynberg, yu. Tyulin kabilar q’zbekistonda
istiqomat qilib, o‘zbek musiqa san’atida o‘z faoliyatlarini boshiab
yubordilar hamda yosh o‘zbek musiqachilarini tarbiyalashda
ham faol ishtirok etdilar. Uiar bilan bir safda urushdan
avval o‘zbekistonga kelgan rus kompozitorlan N.mironov,
V.Uspenskiy, B.Nadejdin, G.mushel, a. Kozlovskiylar ham o‘z
ijodlarini davom ettirdilar.
Urushning dastlabki davridayoq o‘zbekistonda 200 dan
ortiqroq yurish marshlari, mudofaa qo‘shiqlari, xor asarlari,
kantataoratoriyalar yaratildi. Misol qilib M. Ashrafiynmg xor va
98
orkestr uchun “Ulug‘ komandir” qo‘shig‘i, Т. Jalilovning “Zafar”,
“Aziz Vatan”, Yu. Rajabiyning “Jon fido”, S. Yudakovning
“Jonga jon, qonga qon” xorlarini, 1942-yil o‘zbekistonda
yaratilgan birinchi kantata G. mushelning “Farhod qurilishi”
asarini ko‘rsatish mumkin.
Kompozitorlar B.arapov, aKozlovskiylar hamkorlikda
1944 yil o‘zbekiston respublikasining 20-yillik yubileyiga
bag‘ishlab “Jaloliddin Xorazmiy” nomli oratoriyasini, 1945-yil
esa s.yudakov “G‘alaba” kantatasini yaratdilar. shuni alohida
ta’kidlash kerakki, o‘zbekistonda urush yillariga qaramay,
madaniy hayot so‘nmadi. samarqand, Farg‘ona va andijonda
O‘zbek Davlat filarmoniyasining filiallari ochildi.
ii Jahon urushidan keyingi yillarda yaratilgan vokal-simfonik
asarlarda o‘zbekiston kompozitorlari xalq kuylarini bevosita
ko‘chirmay, ko‘proq ohangdan mavzu yaratishga intildilar. Bu
davrda asar qismlarining qo‘shiqbopligi orkestming ikkindhi
darajadagi o‘rni syuita tamoyilida keladigan xor va yakkaxon
vokal nomerlarning mustaqilligi xos bo‘lgan asarlar yuzaga
keldi. m.leviyevning “yorqin yo‘l”, s.Boboyevning “Hosil
bayrami” kantatalari, s.yudakovning “mirzacho‘l” vokal-
simfonik syuitasi shular jumlasidandir.
50-yillarda vokal-simfonik musiqasida kantata bilan bir
qatorda ballada, odalar paydo bo‘ldi. KVildanovning “Tinchlikka
otlaning”oratoriyasi, m.ashrafiyning “Baxt qo‘shig‘i”,
s.yudakovning “mening Vatanim” kantatasi shu yillarda
yaratilgan. 60-70-yillarda o‘zbek vokal-simfonik musiqasi
sezilarli darajada yutuqlarga erishdi. Janrlarning xilma-xilligiga
intilish, xos bo‘lmagan musiqali dramaturgik yechimlarni izlash
kabi fazilatlar mazkur yo‘nalishga taalluqlidir.
1967-yil qahramonlik, vatanparvarlik ruhida birinchi o‘zbek
oratoriyasi ‘Toshkentnoma” yaratildi. Kompozitor i.akbarov
mazkur asarni m. shayxzodaning “Toshkentnoma” poyemasi
asosida yozdi. Ushbu asarning ettita qismi pauza bilan ayrilib,
99
ikki bo‘limga guruhlanadi. Birinchi bo‘limda o‘zbek xalqining
revolutsiyaga qadar o‘tmish obrazlan, janrlar, qahramonlarning
jasorati, oktabr voqealari namoyon bo‘ladi. oratoriyaning
lkkinchi bo‘limi Toshkentga bag‘ishlangan bo‘lib, “Toshkent-
Sharq mash’ali” deb nomlangan tantanavor, madhiyali final bilan
yakunJanadi. Asarning dramaturgiyasi oratoriya janriga muvofiq
tuzilgan.
Bastakor mazkur asarida asosiy e’tiborni xalq obraziga
qaratgan. Xalq obrazi rivoji orkestr leytmotivlari va xor mavzuligi
vositalari yordamida yorqin tasvirlab berilgan. oratoriyada
xalq obrazi epik, lirik-epik, qahramonlik va qahramonona-epik
xarakterdagi mavzularda aks ettirilgan:
Xalqning qat’iy norozilik leytmavzusi asar davomida ancha
o‘zgarib keladi. Bu leytmavzu intonatsion va lad-tonal nuqtayi
nazaridan oratorya finalida o‘zgacha ma’noga ega bo‘ladi,
ya’ni xalqning shavqatsiz, yengilmas kuchi ramziga aylanadi.
oratoriyaning barcha mavzular maishiy xalq ljodi bilan
chambarchas bog‘liq. oratoriyaning yana bir ijobiy qahramoni
shoir obrazidir. U baritonning yakka rechitativlarida bo‘rttirib
yoritiladi Xalq va shoir obrazlarining bir-biriga yaqinligi xor va
yakka partiyalar orqali ko‘rsatiladi:
i. akbarov oratoriyasining muhim xususiyati musiqiy
rivojning kuchli dinamikasidir. Jonli vokal-simfonik to‘qima
intiluvchan harakatga ega. Nomerlar orasidagi chegaralar asta-
sekin yo‘qolib musiqiy dramatik yalpi rivojlanish birinchi
o‘ringa chiqadi Bariton rechitativlari xor epizodlari bilan
kutilmagan paytda almashinadi.
Xor va orkestr munosabatlari ifodaviy ko‘p obrazliligi bilan
ajralib turadi. Xor partiyasida bo‘lib o‘tgan hodisalar rivoyat
qilinadi va kurashayotgan xalq obrazi yangraydi. orkestr
Do'stlaringiz bilan baham: |