partiyasi yo‘q. U faqat orkestrda leyt mavzuda aks ettirilgan.
Nurxon musiqali dramasida ansambllar ommaviy qo‘shiq,
yalla va raqslar muhim rol o‘ynaydi. masalan, birinchi
ko‘rinishda «Endi sendek», «abdurahmon begi» kabi yallalar
jo‘rligida katta raqs sahnalari, «yor-yor», yalla-xorlar, spektakl
yakunida ijro etiladigan motam ruhi bilan sug‘orilgan xor sahnasi
bunga misol bo‘la oladi.
Nurxon musiqali dramasi o‘zbekiston musiqa mada-
niyatining oltin fondidan o‘rin olgan. Bu yuksak g‘oyaviy,
badiiy asar o‘zining mazmuni va yaxlit musiqali dramaturgiyasi
bilan tomoshabinlar e’tiborini jalb qila oldi.
musiqali teatr repertuaridan o‘zbek xalq doston va ertaklari
asosida yaratilgan musiqali dramalar ham muhim o‘rin
egallaydi. s.abdulla, T.Jalilov va G.sobitovning «alpomish»,
K.yashin, T.Jalilov va G.mushelning «Ravshan va Zulxumor»,
a.Bobojonov, m.yusupov, K.otaniyozov va l.stepanovning
«oshiq G‘arib va shohsanam», X.sadulla va d.soatqulovning
«yusuf va Zulayxo», R.Hamroyev, d.Zokirovning «shahzoda
va yetim qiz» kabi musiqali dramalari shular jumlasidandir.
50-90-yillarda zamonaviy mavzuda juda ko‘p musiqali
drama va komediyalar yaratildi. Ularda o‘zbekistonning
madaniy va ma’naviy, kundalik hayotidagi ulug‘vor ishlar
madh etiladi. masalan, a.Bobojonov va d.Zokirovlaming
«so‘nmas chiroqlar», N.safarov, m.leviyevlarning «Kimga
to‘y kimga aza», m. mirzayev va X. Rahimovlarning «so‘nggi
fojia», m.Boboyev, m.yusupovlarning «Tungi faryodlar»,
X.muhammad va leviyevning «Toshkentning nozanin
malikasi», X.G‘ulom va m.leviyevning «Toshbolta oshiq»,
«ajab savdolar», J Jabborov va i.akbarovning «o‘jarlar», «To‘y
oldidan tomosha», o‘.Rashid, s.Xaitboyevlarning “qudalar”
kabi musiqali drama va komediyalari bunga misol bo‘la oladi.
73
Umumlashtirib aytganda, yuqorida tilga olingan asarlarning
g‘oyasi va mazmuni insonning dunyoqarashini kengaytirish,
go‘zal hayotga intilish, hayotdagi muammolarga, nuqsonlarga
barham berishga da’vat etadi.
1991-yilning 1-sentabrida o‘zbekiston o‘z mustaqilligiga
ega bo‘ldi. Buyuk istiqlol sharofati ila mamlakatimizning
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiyva ma’naviy hayotida tub islohotlar
boshlandi. Bu jarayon o‘laroq san’atkorlar, shu jumladan, musiqa
ijodkorlari va olimlari faoliyatida ham yangi ufqlar namoyon
bo‘la boshladi. Ma’lumki, insonning falsafiy dunyoqarashini,
ma’naviy saviyasini oshirishda teatming ma’jizakor kuchi
beqiyosdir. shunirig uchun ham, o‘zbek musiqali teatri xalqning
olamshumul ong shakllanishi, ma
5
naviy o‘z-o‘zini angiash, erkin
fikrlash va rahiyatni erkin tarbiyalash masalalariga safarbar
etadigan sahna asarlari yaratishga harakat qildilar. so‘nggi
yillarda kenja avlod yozuvchi-dramaturglar bilan hamkorlikda
samarali ijod qilib, musiqali teatr repertuarini boyitishga o
‘
z
hissalarini qo‘shdilar. muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida
“oqibat” (B.Umidjonov musiqasi, R.ma
’
diyev librettosi),
“dilafiro‘zga to‘rt oshiq” (N.Xalilov musiqasi, T.minullm,
X.Valiullin pyesasi), “Bir kam dunyo” (a.Rasulov musiqasi,
T.yunusov pyesasi), “Nodirabegim” (F.alimov musiqasi,
Turob Tola pyesasi), “Fotima va Zuhta” (F. alimov musiqasi,
J.Umarbekov asari), “soyibxo‘ja operatsiyasi” (F. alimov
musiqasi, s.imomov pyesasi), “Kelin tanlov” (X.Rahimov
musiqasi, R.azizxo‘jayev pyesasi), “ibrohim alayhissalom”
(T.qurbonov musiqasi, N. qobul asari), “Taqdir” (B.lutfuliayev
musiqasi, R.ma’diyev librettosi), “ sevgi nidosi” (m. Bafoyev
musiqasi, s.Jo‘ra pyesasi) kabi asarlar sahna yuzini ko‘rdi.
musiqiy-sahnaviy asarlar yaratgan kompozitorlar orasida
i.akbarov, m.Bafoyev, F.alimov, X.Rahimov, a.Ergashev va
boshqa kompozitorlarni alohida ko‘rsatish mumkin.
74
iste’dodli kompozitor Farhod alimovning “Fotima va
Zuhra”, “devona”, “Nodirabegim”, “Checha’\ “super qaynona”,
“soyibxo‘ja operatsiyasi” kabi musiqali drama va komediyalari
alohida o‘rin tutadi. Uning “Fotima va Zuhra”musiqali dramasi
va “superqaynona” musiqali komediyasi muqimiy nomidagi
musiqali drama teatri repertuaridan muhim o”rin olgan
spektakllar sifatida diqqatga sazovor.
so‘nggi yillarda o‘zbek musiqali drama va komediyalarida
ayni milliylik sari harakatlarning jadallashtirilganini kuzatish
mumkin. ma’lumki, musiqali drama janrining rivojida
1930-yillardan 70-yillaigasha asosan ovropacha shakllar
qo‘llanilib, ko‘proq operabop vokal uslubi hukmronlik qilar edi.
Bu vaziyat so‘nggi yillarda xalqchillik, milliy uslub tomonga
o‘zgardi. yangi-yangi o‘zbek musiqali drama va komediyalarida
xalq qo‘shiq va ashulachiligiga xos ohanglar, milliy ijrochilik
yo‘sinidagi uslublar, raqsbop jo‘shqin sur’atlar va xiima-xil
usullar ifoda vositalari sifatida keng ishlatilmoqda. Xuddi
shu sifatlarga ega bo‘lgan B.lutfullayevning «yor istab» va
«Samarqand ushshog‘i”, S.Xayitboyevning «Наг kimki vafo
qilsa», F.alimovning «Fotima va Zuhra», «super qaynona»
musiqali drama va komediyalari tomoshabinlar tomonidan
qizg‘in qarshi olinib, respublikamiz teatrlari repertuarlaridan
mustahkam o‘rin egalladi.
Yuqorida tilga olingan ijodkor mualliflar, musiqali drama
teatri jamoalari xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va
rivojlantirish, estetik didini yanada oshirish yo‘lida samarali
ijod qilmoqdalar.
75
Do'stlaringiz bilan baham: |