O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/48
Sana29.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#83188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
Bog'liq
ozbek musiqa adabiyoti

4.1. Abu Nasr al-Forobiy
– Xi asr mutafakkiri va mashhur olimi, faylasuf abu Nasr 
alForobiyning sharq musiqa madaniyatida qo‘shgan hissasi 
beqiyosdir. Uning yaratgan asarlari falsafa, matematika, 
astronomiya, musiqa va aniq fanlarni qamrab olgan. abu Nasr 
al-Forobiy taxminan 873-950-yillaida yashab ijod qilgan. To‘liq 
ismi abu Nasr muhammad ibn muhammad ibn Uzlug ibn 
Tarxon al-Forobiy
25 
bo‘lib, Forob shahrida (sirdaryo) tug‘ilib, 
bolalik davri shu shaharda o‘tgan. Bolalikdan adabiyot, musiqa, 
aniq fanlarga qiziqib, shu fanlarni mukammal o‘zlashtirish 
uchun samarqand, so‘ng Buxoro shaharlarda tahsil oladi. 
manbalarda Forobiy hayoti va ijodiga oid kam ma’lumotlar 
berilgan, lekin uning iste’dodi, bilimdonligi va nihoyatda 
kamtarinligi to‘g‘risida ko‘p musiqashunos-tarixchilar o‘z 
asarlarida ko‘rsatib o‘tgan, jumladan, taniqli musiqashunos 
o.matyoqubov “Forobiy sharq musiqasi asoslari to‘g‘risida” 
asarida quyidagi dalillarni keltirilgan
26
: Rivoyat qiladilarki, bir 
kuni Forobiy vazir sohib abbad bilan uchrashish maqsadida 
Ray shahriga keladi. U nihoyatda oddiy kiyinganligi uchun hech 
kim tanimas edi. Bir muddat vazir va ashrofzodagonlar orasida 
o‘tirib, Forobiy xaltasidan “g‘ijjak” ni olib, turli kuylarni ijro 
25
  Матёкубов О. Фараби об основах музики востока. Т. 1986. 6 с.
26
  Матвкубов О. Фараби об основах музики востока. Т. 1986. 7 с.


19
etadi. Kuyning birinchi qismi shodlik, xursandchilikdan dalolat 
berardi, ikkinchi qismi esa qayg‘u hissiyotini keltirardi va oxirida 
ohang ta’sirida barcha shinavandalarga uzoq uyqu baxsh etardi. 
Forobiy musiqa asbobining dastasiga “Forobiy keldi, ishtirok 
etdi va ketdi” degan so‘zlarni yozib ketadi. Uyqudan turgan vazir 
sohib abbad Forobiy kelganligi va ketganligini bilib, afsusda 
qoladi. Ushbu fikrlar shundan dalolat beradiki, Forobiy o‘z 
bilimi va iste’dodi bilan sharq xalqlari orasida mashhur bo‘lib, 
‘’ikkinchi o‘qituvchi” nomini olgan. yillar davomida Forobiy 
qadim yunon olimlari Pifagor, aristotel, Ptolomey, aristoksen 
asarlarini o‘rganib, mutafakkirlarning estetik qarashlar, fabsafiy 
tadqiqotlari bilan tanishib chiqadi. Forobiyning yaratgan 
asarlarida Yunon olimlarining fikrlari o‘z o‘rnini topadi. Forobiy 
tomonidan musiqa sohasiga bag‘ishlangan asarlar bebahodir. 
Jumladan, “Kitob-ul-musiqa-ul-kabir”(Katta musiqa kitobi), 
“Kitob -ul-iqo‘”, “Kalom fil musiqa”, Kitob-fi-iqsa ul-iqoat”, 
“Kitob fi iqsa al-ulum” Ushbu asarlardan musiqa madaniyatida 
yuqori o‘rin olgan “Kitob-ulmusiqa-ul-kabir”(Katta musiqa 
kitobi) dir. Forobiy bu asarni xalifa Rozining vaziri Karxiy taklifi 
bilan yaratgan. Bu asarga musiqashunoslar tomonidan yuqori 
baho berilib, ensiklopedik asar hisoblanadi va asl nusxalari 
beshta bo‘lib, jahondagi nufuzli kutubxonalarda saqlanadi
27

asar ikki katta qismdan (ikki kitob) iborat, birinchi qism sakkiz 
bobdan, ikkinchi qism to‘rt bobdan iborat bo‘lib, quyidagi 
tartibda shakllangan
28
:
«Kitob-ui-musiqa-ul-kabir»(Katta musiqa kitobi) ning 
qisqacha tahlili Birinchi qism - musiqa san’atiga kirish. 
Birinchi bob:
1. 
Kuy, musiqa so‘zlarining ahamiyati.
2. 
musiqa san’atining turlari. Nazariy va amaliy bilimlar.
27
  mazkur kitobning eng qadimiy misxasi ispaniyada Eskuryan kutubxo-
nasida saqlanmoqda-
28
  Матёкубов О. Фараби об основах музики востока. Т. 1986. 6 с.


20
3. 
ijro uslubi.
4. 
Kuylarning yaratiJishi.
5. 
Kuylarning yaratilishi va ijrodagi munosabatlar.
6. 
Kuylarning turlari va ularning belgilari.
7. 
Kuylarning kelib chiqishi, ahamiyati va xususiyatlari.
8. musiqa asboblarining yaratilishi. ”Ud” musiqa 
asbobigacha yaratilgan musiqa asboblar to‘g‘risida.
9. amaliy mashg‘ulotlarini olib borish. Nazariy va amaliy 
bilimlarning mushtarakligi.
10. musiqa ilmining rivojlanishi.
1 lmusiqa va she’riyatning tuzilishi. musiqa va 
matematika.
12. 
Tajriba, natija va uning isboti.
13. 
musiqa olimi to‘g‘risida.
ikkinchi bob - musiqa san’atining muqaddimasi.
1.  inson idroki uchun tabiiy bo‘lgan kuylar, an’analar.
2. Kuylarning asosiy omillari, kuylarning to‘ldirishi va 
ularning bezatilishi,
3. 
Tovushlarning tabiiy balandligi, balandlik darajasi.
4. 
”Ud” musiqa asbobining tabiiy tonlarini taqsimlanishi.
5. 
Kuyning takomillashlirish omillari.
6. 
intervallar va ulaming muhokamasi.
7. 
intervallarning bo‘linishi (Jinslar).
8. 
qattiq va yumshoq jinslar.
9. 
intervallarning tafovuti.
10. musiqa san’atining nazariy asoslari.
11. musiqa amaliyotining o‘nta ohangdoshligi. musiqa 
bezaklari.
ikkinchi qism - musiqa san’ati.
29 
Birinchi bob:
1. 
Tovushlarning paydo bo‘lishi.
2. 
Tovush balandligining sabablari.
3. 
Tovush balandligi va farqi.
29
  Ushbu asarning ikkinchi qismi(ikkinchi kitob) bizgacha yetib kelmagan
birinchi qismining (birinchi kitob) muqaddimasida shu haqda so‘z yuritgan


21
4. 
intervallar to‘g‘risida.
5. 
Barcha intervallarning bo‘linish orqali paydo bo‘lishi.
6. 
intervallarning ohangdoshligi va noohangdoshligi.
7. qoldiq intervallar, intervallarni hisoblab chiqarish va 
joylashtirish.
8. 
Tovush qatorining ketma-ketligi.
9. 
Tonlarning joylashuvi. Funksiyaning ahamiyati.
10. 
Tabiiy funksiyalar.
11. 
Funksional asoslari.
12. 
intervallar va tonlarning almashuvi.
13. Jins almashuvi natijasida paydo bo‘lgan tonlarning 
soni. ikkinchi bob: Keng tarqalgan musiqa asboblari. 
Xarakterli intervallar to‘g‘risida.
1. 
Ud musiqa asbobi to‘g‘risida va uning tuzilishi.
2. 
Ud musiqa asbobining tizimi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Forobiy o‘z asarida 
musiqa nazariyasi va amaliyoti, musiqa asboblari bilan 
birgalikda maqomlar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Forobiy o‘rta 
osiy va sharq xalqlarining musiqiy ijodiyoti va an’analarini, 
o‘z zamondoshlari va qadim yunon olimlarini asarlari bilan 
yaqindan tanishganligi sababli, nazariy va amaliy bilimlar ushbu 
asarida o‘z isbotini topgan. mutafakkiming so‘ngi umr kunlari 
aleppo shahrida o‘tgan va shu yerda vafot etgan. Forobiyning 
musiqiy-nazariy merosi olimlar tomonidan уillаr davomida 
organilib kelmoqda. Forobiyning shoh asari kelajakda musiqa 
sohasida yaratiladigan asarlarga poydevor bo‘lib kelmoqda.

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish