O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


-§. IX-X ASRLAR MUSIQA MADANIYATI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/48
Sana29.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#83188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
ozbek musiqa adabiyoti

4-§. IX-X ASRLAR MUSIQA MADANIYATI 
(Somoniylar davri)
Musiqiy-nazariy meros. iX asrdan boshlab o‘rta osiyo 
xalqlarining bosqinchijar zulmidan ozod bo‘lishi tufayli 
hokimiyat somoniylar qo‘liga o‘tdi. o‘rta osiyoda rivojlanish 
20
  muqanna — arab xalifaligi davrida xalq qo‘zg‘oloni yo‘lboshchisi (oq 
kiyimlilar - xalq harakatining yetakchisi).


16
davri boshlandi. Hokimiyatda katta o‘zgarishlar bo‘lib feodalizm 
davri boshlandi. shaharlar o‘sdi, uylar barpo etildi. Bozor, savdo 
rivojlandi. iqtisod rivojlanishi bilan birgalikda adabiyot, san’at, 
madaniyat sohalarida ham katta o‘zgarishlar qayd qilindi.
Bu davrda ajoyib olim-mutafakkirlar muhammad muso al 
Xorazmiy, abu Nasr al-Forobiy, ibn sino, ahmad Faig‘oniy, abu 
Rayxon Beraniy, shoir, sharq klassik adabiyotining asoschisi 
abu abdullo Rudakiy, abulqosim Firdavsiy va boshqalar yashab 
ijod qildilar.
somoniylar davlatida madaniyat va san’atning 
rivojlanishining boisi o‘sha davrda Buxoro shahriga barcha 
mashhur va iste’dodli shoir, hofiz, olimlar, musiqachi va 
raqqoslarni somoniylar sarvari ismoil somoniy da’vat qilib, 
barcha madaniy va san’at ahliga ijod uchun sharoit yaratib 
berdi. Albatta, barcha shoir va hofizlar san’at ahli shoh saroyida 
yashab ko‘proq hukmron shaxslar va saroy ahlini maqtaydigan 
asarlar yarata boshladilar
21
. Tez orada Buxoro shahri madaniyat 
va san’at markaziga aylandi. o‘sha davrda saroy shoirlari va 
musiqachilari ijodida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. qasida 
janrining rivojlanganligi va uning muqaddima qismi nasib
22
dan 
mustaqil musiqiy poetik janr g‘azal
23
 tug‘ilishi somoniylar 
davlatida madaniyat va san’at yanada rivojlanganidan darak 
beradi.
21
 qasida (arabcha, niyat qilmoq ma’nosini bildiradi ) - sharq mumtoz 
adabiyotidagi she’riy janrlaridan bin. qasida biror shaxsning madhiga 
bag*ishlangan. o‘zbek mumtoz qasidalari arab va fors qasidachiligi zamin-
ida yuzaga kelgan, uning ilk namunalari “devonu-lug‘at-it turk” da uchray-
di. o‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.-T.: 2005,10-bob, - 613-b.
22
  Nasib (qasidaning muqaddima qismiga aytiladi o‘zbekiston milliy ensik-
lopediyasi.-T.: 2005. 10-bob,- 613-b.
23
  G‘azal — (arabcha, sevish, oshiq bo*lish ma’nolarini bildiradi) 1. sharq 
adabiyotida eng keng tarqalgan link janr. G‘azal atamasi 6-7 asrlarda arab 
she’riyatida paydo bo‘lgan. musiqiy poetik janr. 2. sharq madaniyatida 
keng o‘rin olgan mumtoz musiqa janri. o‘zbekiston milliy ensiklopediya-
si.-T.: 2005.11-bob,-214-b.


17
somoniylar davlatida yana bir holatni aytib o‘tish joiz, ya’ni 
ilm-fan uch yo‘nalishda rivojlangan:
1. 
diniy-mifologik.
2. 
Tabiiy ilm.
3. 
Tasavvuf yo‘nalishi.
mana shu uch yo‘nalishda olim mutafakkirlar ijod qilib 
kelgan. masalan, al-Kindiy, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy o‘z 
asarlarini dimy-mifologik yo‘nalishda bayon etgan. ibn sino va 
al-Farg‘oniy esa tabiiy ilm sohasida ko‘p asarlarini yaratishgan 
va deyarli barcha olim, shoir va musiqachilar o‘z asarlarida 
tasavvuf yo‘nalishi mayjud edi.
qasida va g‘azal kuychisi shoir a.Rudakiy xalq orasida tez 
shuhrat qozonib, Uning asarlarida o‘sha davrga xos maqtov 
va sharaflanishdan tashqari ko‘proq erkin mavzular bo‘lgan. 
Rudakiyning she’riy misralari insonlar qalbidan chuqur joy 
olganligi ko‘p asarlarda zikr etilgan
24
.
somoniylar davlatida qadimgi epik afsonalar, qahramonlik 
dostonlari vujudga keldi. “shohnoma” asarining muallifi 
a.Firdavsiy o‘z asarida aynan shu janrlarga murojaat etib, 
o‘z zamonida va undan oldingi zamonlarda yashab o‘zining 
shijoatlari bilan qahramonlik ko‘rsatgan bahodirlar to‘g‘risida 
ma’lumot beradi. asarda saroy hayoti o‘tkaziladigan barcha 
tadbirlar, ziyofatlar, o‘sha tadbirlarda yangragan musiqa asarlari 
va cholg‘u asboblari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. shuning 
uchun bu asar o‘rta osiyo xalqlarining ensiklopedik asari 
hisoblanadi.
o‘rta osiyo musiqiy, nazariy ilmi aynan iX asrdan boshlab 
rivojlandi. shu yillardan boshlab musiqa haqida risolalar paydo 
bo‘lib unda falsafiy-estetik qarashlar, matematik va astronomik 
yondashish, musiqa asboblari to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlar 
beriladi. ayniqsa o‘sha davrda yaratilgan Forobiyning “Kitob-
24
  o‘z saroyini tashlab ketgan shohning Rudakiy misralari orqali Buxoroga 
qaytib kelishi shunday dalolat beradi.


18
ul-musiqaul-kabir”, ibn sinoning “Kitob-ush-shifo”, “Kitob-un-
najot”, “Donishnoma” kabi asarlari fikrimizning isbotidir. Musiqa 
bilan she’riy vaznning bog‘lanishi, ovozlarning munosabati, 
ritm haqidagi ta’limotlar Forobiy va sino asarlarida yaqqol 
ko‘rsatilgan. albatta, aytib o‘tish joizki, sharq musiqasining 
ta’limoti yunon olimlari aristotel, Gipokrat, Pifagor, aristoksin 
kabi yirik mutafakkirlarning qarashlari bilan mushtarakdir.

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish