O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


-§. O‘RTA OSIYO XALQLARINING MUSIQA



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/48
Sana29.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#83188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
ozbek musiqa adabiyoti

2-§. O‘RTA OSIYO XALQLARINING MUSIQA 
IJODI (Borbad Marvaziy va uning zamondoshlari)
sosoniylar davlati to‘rt yuz yil (226-651) hukm surgan. 
adabiyot va san’atning rivojlanishi sosoniylar sulolasi Xisrav 
Farvez i (531-579) va iqtisod-feodal rivojlanishi hamda adabiyot, 
san’atning yanada ilmiylashtirishi Xisrav Parvez ii
11
 davrida 
vujudga kelgan.
sosoniylar davlatida quyidagi ilmiy-nazariy manbalar 
yaratilgan: Karnamak altashir Papakan (ardeshiming 
faoliyati), “Xisrav Kavatan” (Xisrav Kavatanning o‘g‘li), 
“medikan gashranch”. “ayvatnar zarirayi” (Zariron xotirasi), 
“Traniknamak” (qo‘shiqlar kitobi)
12
. Ushbu qo‘llanmalar 
to‘g‘risida keyinchalik tarixchilar o‘z kitoblarida gapirib o‘tgan. 
sosoniylar davlatining musiqa madaniyatini Borbad marvaziy 
10
  Bayoz (arabcha so‘z bo‘lib oqlik ma’nosini bildiradi) — she’riar to‘plami 
bo‘lib, ikki va imdan ortiq shoirlar she’rlaridan tuziladi. ilk bayozlar arab 
she’riyati rivojlangan davrda(750-1055) yuzaga kelgan. o‘zbekiston milliy 
ensiklopediyasi.-T.: 2005. i bob, 579-b.
11
  «Музыкальная культура древнего мира». Л. 1947 г.
12
  Ражабов А. Борбаднего вклад в таджикско-персидскую музикалную 
культуру. Борбад. Эпоха, Традиции. Д. 1989 г.


12
nomi bilan bog‘lashimiz mumkin. Borbad marvaziy (583-638) 
marv
13
 shahrida tug‘ilgan.
ayrim tarixiy qo‘llanmalarda Borbad Faxlabad nomi bilan 
zikr etilgan. Borbad o‘qimishli, ziyoli musiqachi oilasida 
tavallud topgan.
Otasi hofiz, sozanda bo‘lib, shinavandalar orasida taniqli 
inson bo‘lgan. Birinchi musiqa malumotni u otasidan oladi. 
marv shahri adabiyot va san’at markazi hisoblangan va Borbad 
barcha iste’dodli insonlar orasida kamol topadi. Keyinchalik 
marv shahridan Eron mamlakatiga yo‘l oladi.
Borbadning hayoti sosoniylar sulolasi, ayniqsa, Xisrav 
Parvez ii bilan bog‘liq bo‘ladi. Tez orada Borbad saroyda 
yashab ijod qilayotgan barcha shoir, xonanda, sozanda va 
iste’dod jamoasi orasida shuhrat qozonib, saroyning yetakchi 
musiqachilardan biriga aylanadi. Borbadning ijodida 360 ta 
qo‘shiq va 30 ta kuy borligi to‘g‘risida mutafakkir Nasriddin 
Tusiy o‘zining «asos-al-iqtibos» asarida keltirib, quyidagi 
fikrlarni zikr etgan.
Borbad marvaziy qo‘shiq va ashulaning mohir ijrochisi va 
iste’dodli sozanda hisoblanadi.
Borbad musiqa asbobida katta mahorat bilan ijro etib, ajam 
xalqining kuychisi hisoblangan, uning merosida 360 ta qo‘shiq 
va 30 ta kuylar
14
 borligi aniqlangan.
Borbad o‘zi yaratgan asarlari bilan biiga zamondoshlarining 
asarlarini bir tizimga keltirib, qo‘llanma sifatida tayyorlaganligi 
sababli, sharq klassik musiqa tizimining asoschisi hisoblanadi.
Borbadning оtа mohirona kuylashi va musiqa asbobida 
kuylar ijro etishi Nizomiy Ganjaviy dostonlarida zikr etilgan. 
Borbad bilan bir qatorda sozanda va xonandalar: sarkash, 
13
  marv shahri. Hozirgi Turkmaniston Respublikasida marv shahri hisobla-
nadi.
14
  Борбад. Эпоха. Традиции. Д. 1989.- с. 51.


13
Nakisso, Ramtin, dilorom, Tisu Navagar, ozodvar Changiy, 
Bomshad
15
 va boshqalar ham ijod qilgan.
Ramtin nomi (557-620) Vii-Xii asrlar tarixiy manbalarda 
zikr etilgan. Ramtin movarounnahr viloyatidan bo‘lib, Xisrav 
Parvez ii saroyida xonanda sifatida mashhur bo‘lgan. Ramtin 
sosoniylar davlatida an’anaviy musiqaning rivojlanishiga katta 
hissa qo‘shgan hofizdir. XIX asrning mutafakkiri Rizaqulixon 
Hidoyat “iste’dodli Ramtin, musiqa asbobini mahorat bilan 
chalgan va musiqa asbobi uchun bir qator musiqa asarlarini 
chang yaratgan”
16
 ligini yozadi.
Nakissoniy Changiy (549-623) to‘g‘risida tarixiy asarlar 
ma’lumot beradi. Nakissoniy Changiy musiqachi bastakor 
sifatida Borbad marvaziy bilan hamkorlikda bir qator asarlar 
yaratgan. musiqashunos B. shteynpress ma’lumotlariga ko‘ra, 
Borbad va Nakissoniy ijodi bilan katta shuhrat qozonib, har biri 
maqom, dostonlar kuylagan va turli xil kuylarni chang va borbad 
musiqa asbobida ijro etgan. ikki mashhur musiqachi sosoniylar 
saroyining iftixori bo‘lgan. Nakissoniyning o‘zi esa armaniston 
hududida tug‘ilib, kamol topgan
17
.
Sarkash (568-625) nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu shaxs 
nomini yevropa musiqashunoslari ham barcha tarixiy manbalarda 
keltirib o‘tadi. sarkash sosoniylar davrida Borbaddan oldin 
musiqachilar sardori nomini olgan. U “Varshon”, “seson”, 
“sarkash”, “Kisra”, “sarandoz”, “shodvard” asarlarining 
muallifi
18
dir.
sosoniylar davlatida ayollar san’ati rivojlangan edi. ayniqsa, 
saroy raqqosalari, hofizlari to‘g‘risida tarixiy manbalar bizga 
ma’lumot beradilar.
15
  Борбад. Эпоха. Традиции. Д. 1989.- с. 44.
16
  Ushbu ma’lumot ko‘plab tarixiy manbalarda zikr etilgan. Борбад. Эпоха. 
Традиции. Д. 1989.- с. 45.
17
  Штейнпресс  Б.  Популярный  очерк  истории  муз.  XIX  веков.—  М.: 
1969. 65-82 с.
18
  Ushbu asarlaming muallifi to‘g‘risida Nizomiy va Amir Xusrav Dehiaviy 
asarlarida zikr etilgan.


14
Ozodvar Changiy (592-649) nomi bilan mashhur bo‘lgan bu 
musiqachi ayol Xuroson viloyatida dunyoga kelgan. sosoniylar 
musiqa madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib, 
ayollardan iborat bo‘lgan musiqa dastasini tashkil etgan.
daniyalik musiqashunos a Kristensen o‘z asarida shunday 
yozadi: “sosoniylar saroyida jamoa orasida ayollardan iborat 
musiqachilar dastasi (ansambl) alohida o‘ringa ega edi va Xisrav 
Parvez ii ayollar san’atiga yuqori baho bergan”
19
.
ayollar san’ati, ayniqsa, ozodvar Changiy to‘g‘risida 
a.Firdavsiyning “shohnoma” asarida ko‘plab ma’lumotlar 
keltirilgan. Borbad davrida musiqa madaniyatining nihoyatda 
xilma-xilligi to‘g‘risida barcha tarixiy manbalarda yozilgan. 
o‘sha davrda xonandalik elementlari rivojlangan bo‘lib, 
ijrochilik san’ati ma’lum bir yo‘nalishga ega bo‘lgan. Turli 
vokal janrlari, masalan, “Xisravoniyat” - Borbad asarlarining 
asosi bo‘lib, keyinchalik sharq musiqa madaniyatining 
rivojlanishiga va uning targ‘ib etilishiga xizmat qildi. Borbad 
va uning zamondoshlari yaratgan asarlar notalar varianti bizning 
davrimizgacha yetib kelmagan, lekin ularning yaratilishi va 
ijro etilishi to‘g‘risida keyinchalik yaratilgan tarixiy asarlar, 
qolaversa, arxeologik tadqiqotlar, topilgan barcha turli xil 
buyumlar buning isbotidir.

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish