82
yoq-bu yoqqa sekin yurib, qo‘llarni yonga, yuqoriga siltash,
tirsaklarni oldinga va orqaga aylantirish, bo‘yinni yon tomonga
burish va aylantirish. Yotgan holda oyoqlarni baland ko‘tarib,
tosh, daraxt yoki xaltaga (rukzak) suyanish. Sof havodan to‘yib-
to‘yib chuqur nafas olish.
2.
Tushki nonushta paytida ovqatlanish oldidan tomonlarga
aylanib (yurib) kelish, qo‘l, oyoq
va gavdaga yengil mashqlar
berish, ovqatlanib bo‘lgach, rahbarning ruxsati bilan ariq, jilg‘a,
soy bo‘ylari yoki soya-salqin joylarda yurish. Vaqtga qarab
futbol, voleybol, badminton (qizlar) o‘ynash.
3. Tunab kelish (1–2 kun) sayohatlarida ertalab jismoniy
mashqlarni (yugurish, daraxtlarga osilib-tortilish, toshlarni
ko‘tarish, oyoqlarni bukib o‘tirib-turish,
joyida aylanib sakrash
va hokazo) bajarish. Tushki paytda muzdek suvda cho‘milish,
yoki yarim yalang‘och holda yuvinish (sheriklar suvni quyishi
lozim). Quyosh nurlarida belgacha yalong‘och holda yotib
toblanish, yengil kiyimlarda oftobda yurish, soya-salqin joylarda
o‘tirib, yotib dam olish. Baland qirlar, tog‘ qoyalariga chiqqanda
atrof-muhitni kuzatish bilan bir qatorda o‘tirgan
va yurgan
paytlarda chuqur nafas olish (10–15 soniya) va chuqur nafas
chiqarish (10–20 soniya davomida). Nafasni burun orqali olib,
og‘izdan tutib, sekin chiqarish kerak.
Kechki ovqatlanish oldidan sharoitlarga qarab 1,5–2 km
masofani tez yurib o‘tish, zarur joylarda sakrash va yugurish
lozim. Toshlarni (10–15 kg chamasi) ikki qo‘llab baland
ko‘tarish (10– 20 marta), daraxtlarga qo‘llarda tortilish (8–12
marta), chalqancha yotganda (qizlar) oyoqlarni baland ko‘tarib
– pastga tushirish kabi mashqlarni ko‘proq takrorlash zarur.
Ko‘p kunlik (10–15 va undan ortiq)sayohatlarda (sog‘lom-
lashtirish-sport maskanlari va dam olish oromgohlari sharoitida)
jismoniy chiniqish yo‘llari juda ko‘p bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi
yoki yo‘riqchi (metodist-instruktor) tomonidan mashg‘ulotlar
rejali ravishda olib boriladi. Unda barcha kishilar ishtirok
etishlari lozim. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi bir sayohatchilar
83
(dam oluvchilar) mustaqil ravishda jismoniy chiniqishini o‘zi
olib borishi mumkin. Bunday hollarda
quyidagilarga amal qilish
maqsadga muvofiqdir:
1. Odatdagi ertalabki jismoniy mashqlarni (yurish, yugurish,
sakrash, tortilish, o‘tirib-turish, uloqtirish va hokazo) bajarish va
ularning miqdor hamda me’yorlarini oshirib borish.
2. Tashkil etiladigan sayohatlarda faol ishtirok etish.
3. O‘zi sevgan (shug‘ullanadigan) sport turi bo‘yicha
mashg‘ulotlarda (trenirovka) qatnashish.
4. O‘tkaziladigan sport musobaqalarida faol ishtirok etish.
5. Havzada (ariq, kanal, ko‘l va hokazo) har kuni 1–2
marotaba cho‘milish (tushgacha va tushdan keyin).
6.
Baland qirlar, tepaliklar va cho‘qqilarga tez chiqish
(rahbarning ruxsati va 2–3 kishi bilan birgalikda).
7.
Quyoshda yarim yalang‘och holda yurish, yotib toblanish
(10–15 daqiqa),
soya-salqin, namlik bo‘lmagan joylarda o‘tirib,
yonboshlab, yotib dam olish (ortiqcha o‘tirish va uzoq uxlash
mumkin emas).
O‘quvchi-yoshlar, talabalar va mehnatkashlar o‘zlarining
xohishi bilan ko‘p kunlik (6–8) sayohatlar uyushtirganda
sharoitlarga qarab yuqorida keltirilgan talab va tavsiyalarga amal
qilishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xulosa shundan iboratki, piyoda yurish sayohati ijtimoiy-
tarbiyaviy jarayon sifatida shug‘ullanuvchi va ishtirokchilarni
jismoniy tarbiyalashda muhim vositalardan biridir.
Yu.A. Shalkov, R.Abdumalikov, T.Xoldarov va boshqa
mutaxassis olimlarning ilmiy tadqiqotlari natijalariga qaraganda
(adabiyot ro‘yxatiga qarang) turizm (piyoda yurish, tog‘
turizmi
va hokazo) bilan muntazam shug‘ullanib borgan kishilarning
o‘rtacha yashash umri boshqa kishilarnikiga nisbatan 10–15 yil
uzoq bo‘ladi. Shuningdek, ish qobiliyatining yuqori darajada
bo‘lishi sababli ularning mehnat mahsulotlari boshqalarga
qaraganda 15–20% ko‘p bo‘ladi.
84
O‘quvchi-yoshlar va talabalar o‘rtasida turizm bilan
shug‘ullanganlar barcha fanlarni o‘zlashtirishda boshqalarga
nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Demak sayohatlar orqali jismonan
chiniqish va aql-zakovatni o‘stirish,
mehnat qobiliyatlarni
oshirish, eng muhimi esa umrni uzaytirish imkoniyatlari
mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: