4. Moliyaviy-xo‘jalik ishlari:
– klubning (seksiya) moliyaviy smetasini tuzish. Bunda
kirim manbalarini (a’zolik badallari, homiylik, shaxsiy yordam,
tijorat, pullik xizmat – ijara va hokazo) aniqlash va mablag‘larni
to‘plash;
– smetaga asosan turistik jihozlarni xarid qilish, ularni
ijaraga berish, ommaviy tadbirlar va musobaqalar (slyot)uchun
moddiy-texnik manbalarni belgilash;
– o‘quvchi-yoshlar va talaba-sayohatchilarning turli
xil xizmatlarda (bo‘sh vaqtlarda) ishtirok etishi va mablag‘
topishlarini yo‘lga qo‘yish, ya’ni ishlab chiqarish, savdo, bozor
va hokazoda mehnat qilishlarini ta’minlash. Ularning topgan
mablag‘laridan bir ulushini klub (seksiya) xazinasiga (qonuniy
asosda) o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |