Samarqand shaharining tarixi ming yilliklar bilan bog‘lan-
gan. Mutaxassis olimlar Samarqandni Rimning tengdoshi deb
yuritadilar. Bunda bir haqiqatni eslashga to‘g‘ri keladi. Aleksandr
Makedonskiy eradan avvalgi 327-yillarda Samarqandni bosib
olish uchun yurish qiladi. O‘sha davrda shahar hozirgi Afrosiyob
qazilmalari tepaliklarida joylashgan. Bu joyning o‘sha zamonlar
taqazosiga mos ravishda ekanligi strategik (himoya va hujum)
ahamiyat kasb etgan. Ya’ni shahar juda katta qal’ani tashkil
etgan. Afrosiyobning butun aylanasi chuqur jarliklar (50–60
m, chamasi) bilan o‘ralib, uning shimoliy-sharq va janub
tomonlarida keng yo‘llar bo‘lgan, ya’ni aholining kirib-chiqishi,
ayniqsa, qadimgi Buyuk Iрak yo‘lining bu joydan o‘tishiga
shart-sharoitlar yaratgan.
Qal’aning mustahkamligi tufayli Makedonskiyning askarlari
uzoq vaqtlar shahar atrofini kezib yurishgan. Kuchlar teng
33
bo‘lmaganligi sababli yovuz dushmanlar qal’aning devorlarini
buzib tashlashgan va shaharni vayron qilishgan. Shunday
bo‘lsa-da shaharni qayta tiklashga muvaffaq bo‘lishgan. Lekin
Chingizxon (XII asr) lashkarlari ham Afrosiyobga bostirib kirib,
shaharni vayron qilishgan.
Shundan keyingi davrlarda (XIV-XVIII asrlar) shahar
qurilishlari Afrosiyobning janub tomonidagi past-baland va
tekislik joylarda (hozirgi Samarqand) davom ettirilgan. Bunda
asosan Amir Temur maqbarasi (mavzoley), Registon maydoni,
Bibixonim madrasasi, Shohizinda ziyoratgohi, Xo‘ja Ahror
Vali masjidi va boshqalarni juda ko‘p tarixiy obidalar misolida
ko‘rish mumkin. Ular qariyb 600–500 yillardan buyon qad
ko‘tarib turishi bilan jahon xalqlarining e’tiborini qozongan.
Samarqandning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki,
buyuk allomalar Abdurahmon Jomiy, Hazrati Alisher Navoiy
kabi ulug‘ zotlar ijod qilgan. Islom dini shuhratini oshirishda
Xo‘ja Ahror Vali, Motrudiy kabi shayxlar xizmat qilishgan.
Koinotni o‘rganishda jahonga mashhur bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek
Samarqandga 40 yil podsholik qilgan. Ularning qoldirgan ulkan
masjidlari, turli qurilish binolari shaharning ko‘rkiga ko‘rk
qo‘shib turibdi.
Samarqandning qadimgi tarixi va hozirgi ravnaqini ifoda
etuvchi O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi Afrosiyob sayyohlari
uchun xizmat qilmoqda. Universitet, tibbiyot, savdo, arxitektura,
qishloq xo‘jaligi, chet tili va shu kabi institutlari, o‘nlab kasb-
hunar kollejlarining zamonaviy binolari, opera va drama teatrlari,
turli xil idoralarning binolari, sport komplekslar shaharning
ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi.
Mustaqillik tufayli shaharning ichki va tashqi yo‘llari qayta
qurilib, avtoulovlar va piyodalar uchun qulayliklar yaratildi.
1996-yilda Universitet xiyobonining boshlanishida Amir Temur
haykali o‘rnatildi.
34
Samarqandning tarixiy-madaniy yodgorliklari va zamonaviy
binolari bog‘-rog‘lari, behisob noz-ne’matlar bilan to‘la bozorlari
barchani maftun etishi bejiz emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |