Lahzali Ukvidlilik koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyent bankning yuqori likvid mablag‘larining (bular bankning g‘aznasidagi naqd pul mablag‘lari va vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lar) joriy maj- buriyatlarga nisbati sifatida aniqlanadi va u bankning joriy to‘lov- larni tezkorlik bilan amalga oshira olish qobiliyatini ko‘rsatadi. Bankning joriy majburiyatlariga talab qilib olingunga qadar bo‘lgan depozitlar bo‘yicha majburiyatlar, yaqin orada to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa banklardan olingan kreditlar bo‘yicha majburiyatlar va boshqalar kiradi. Shunday qilib,
M2=LA/JM,
bu yerda, LA — bankning pul shaklidagi aktivlari; JM — bankning talab qilib olingunga qadar bo‘lgan varaqalar bo‘yicha maj- buriyatlari.
Bu me’yor bank aktivlarining likvid qismi bankning eng no- barqaror resurslarini qanchalik darajada sug‘urtalay olish im- konini ko‘rsatadi. Shuning uchun maqsadli likvidlilikni banklar har kuni tekshirib borishlari va uning minimal miqdori 0,25 dan kam bo‘lmasligini ta’minlashlari lozim.
Qisqa muddatli Ukvidlilik koeffitsiyenti to‘lov muddati 30 kun- dan 1 yilgacha bo‘lgan bank aktivlarining bankning muddati 30 kundan 1 yilgacha bo‘lgan depozitlari va jalb qilingan mablag‘- lari va kapitaliga nisbati sifatida aniqlanadi, ya’ni:
M=A/D+K,
bu yerda, A — to‘lash muddati 30 kundan 1 yilgacha bo‘lgan bank aktivlari; D — muddati 30 kundan 1 yilgacha bo‘lgan jalb qilingan depozitlar va jalb qilingan resurslar; K — bank kapitali.
Bu ko‘rsatkichning hajmi 1 ga teng bo‘lishi zarur.
Undan tashqari, tijorat banklari likvidliligini aniqlashda qu- yidagi ko‘rsatkichlar tahlil qilinishi mumkin:
Likvid aktivlar (zaxiraning ortiqcha qismi, erkin ayirbosh- lanadigan valuta, DQMOlari, boshqa banklardagi vakillik hisob- varaqlari) /Jami aktivlar.
Doimiy bo‘lmagan majburiyatlar (yirik depozitlar/ ma’lum manbalardan olingan qarzlar) /Jami aktivlar.
Yuqorida keltirilgan barcha ko‘rsatkichlar quyidagi ma’lumotni aks ettiradi — ushbu ko‘rsatkichlarning pasayishi bankning resurslar barqaror bo‘lmagan manbalarga tayanganligi yoki bank portfelidagi yuqori likvidli aktivlar ulushining kamayganligini anglatadi.
Kreditlar/Depozitlar — depozitlarning, ayniqsa, mayda omo- natchilarga tegishli qismi odatda resurslarning barqaror man-
bayidir. Ko‘rsatkichning juda yuqori qiymati (80 % dan ortiq) va/yoki o‘sishi dastlabki muammolar bankdan chiqib ketadigan resurslar (banklararo bozorlardan olingan qisqa muddatli qarzlar) manbalariga bo‘lgan talabning pastligini bildiradi.
• Garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar /Jami qimmatli qo- g‘ozlar — garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar umumiy ko‘r- satkichi bo‘lib, u likvidlilikka tezkor talablarni qoplash uchun qo‘llanilmaydi.
AQSHda ham tijorat banklari likvidliligini baholashda bir qator ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bular quyida kelti- rilgan formulalardir:
тI darajali zaxiralar (Kassa + MBdagi vakillik schotlari)