14.2. Yo‘l sharoiti va harakat xavfsizligi
Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun yilg va kunning barcha
sharoitlarida yo‘llarning konstruktiv hamda geometrik elementlari
QMQ va SQM talablariga to‘liq javob berishi kerak.
QMQ 2.05.02-95 ga ko‘ra, avtomobil yo‘llarining loyihaviy
yechimlari transport vositalarining hisobiy tezlik bilan xavfsiz,
qulay harakatini, haydovchining xaziyatni baholay olish imko-
niyatini, kesishish va qo‘shilishlarning xavfsiz joylashuvini, qatnov
qism yuzasi bilan avtomobil shinalari orasidagi aloqani ta’minlashni
hal etishi lozim.
O‘zbekiston avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash
maqsadida soha qurilish SQM 23-89 va boshqa me’yorlar ishlab
chiqilgan. Me’yor va qoidalar hamda Davlat standartlari yo‘l sharoi-
tining harakat xavfsizligiga ta’siri bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqotlar va
tajribalar asosida ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |