123
to‘g‘ri foydalana olishidir. Kasbiy mahoratning ahamiyatini shundan
ko‘rish mumkinki, tajribali haydovchilar yangi haydovchilarga
qaraganda bir necha marta kam YTH sodir etadi.
Fransuz mutaxassislarining fikricha, haydovchi o‘z faoliyati
davrida 500 km masofani bosib o‘tgunicha asosan o‘z avtomobilini
boshqarish bilan band bo‘lib, boshqa
harakat qatnashchilariga
e’tiborini yetarli darajada qarata olmaydi. 500 – 3000
km masofani
bosib o‘tganda haydovchi yo‘l-transport vaziyatiga e’tibor bera
boshlaydi va avtomobilni xavfsiz boshqara olishi mumkin. Bu
ko‘rsatkich albatta shartli bo‘lib, u birinchi galda haydovchilarni
tayyorlash sifatiga va haydovchilarning individual xususiyatlariga
bog‘liq bo‘ladi.
Haydovchilarning kasbiga tayyorligi darajasi har xil yo‘l-
transport vaziyatlarida avtomobilni boshqarish ko‘nikmalari orqali
baholanadi.
Bugungi kunda respublikamiz avtomobil yo‘llari va shahar
ko‘chalarida avtomobildan foydalanish xususiyatlari (tortish va
tormozlash
dinamikasi, boshqaruvchanligi, turg‘unligi va hokazo)
bir-biridan keskin farq qiluvchi avtomobillarning ko‘payib ketishi
YTH miqdorining ortishiga olib kela boshladi. Shuning uchun
har xil yo‘l sharoitida xavfsiz boshqarish ko‘nikmalarini nafa-
qat
yosh haydovchilar, balki tajribali haydovchilar ham doim oshi-
rib borishlari shart. Ko‘nikmalar doimiy bo‘lmay, balki o‘zgarish
xususiyatiga ham ega. Agar haydovchi doim mashq qilib turma sa,
kasbiy faoliyatida uzoq vaqt uzilishlar bo‘lsa, uning avtomo bilni
boshqarish bo‘yicha egallagan ko‘nikmalari pasayib ketadi.
Haydovchilarning kasbga ishonchliligini
oshirishga ularning
axloq-odobini mujassamlashtirish, mashqlar, idiomator va autogen
mashqlar ham katta rol o‘ynaydi. Idi – grekcha so‘z bo‘lib, tushunish,
tasavvur etish ma’nosini anglatadi.
Idiomatorika degani esa, biron-
bir harakatni xayolan bajarish degan ma’noni anglatadi. Masalan,
yo‘lning qatnov qismiga to‘satdan piyoda chiqib qolganida,
haydovchi bajarishi kerak bo‘lgan xatti-harakatlarni his etishi kerak.
Shuning uchun haydovchi har xil vaziyatlarda shart bo‘lgan xatti-
harakatlarni xayolida bajarib tursa, juda yaxshi natijalar beradi.
Buni avtomobil poygachilari misolida ham ko‘rish mumkin. Ular
124
musobaqa o‘tadigan yo‘l va undagi
sharoit bilan avvaldan har
tomon
lama tanishib chiqib, musobaqa chog‘ida qanday harakat
qilish zarurligini oldindan xayolan hal qilib oladilar. Haydovchilarni
psixolo
gik tayyorlashda autogen mashqlar ham muhim o‘rin
tutadi. Autogen mashqlar yordamida inson o‘z-o‘zini
ishontirishi
natijasida zarur bo‘lgan psixologik holatni egallay oladi. Bu esa, o‘z
navbatida, char choqni va o‘ziga ishonchsizlikni yo‘qotishda katta
yordam beradi.
Haydovchilarni tayyorlashda va ko‘nikmalarni mujassam lashti-
rishda yuqorida sanab o‘tilgan mashqlar faqat real yo‘l sharoitlarida
amalga oshirilsa, yana yuqori samara beradi. Ammo har xil yo‘l-
transport vaziyatlarini real yo‘l va ko‘chalarda hosil qilib bo‘lmaydi.
Murakkab kritik vaziyatlarni faqat avtomobil trenajyorlari,
avtodromlarda va kompyuterlarda hosil qilish mumkin.