2.2. Asosiy boshqaruv jihozlari va ularning joylashuvi Haydovchi avtomobilni yo‘l sharoitidan kelib chiqqan holda
boshqarishi kerak. Avtomobilning boshqarish jihozlari barcha hozirgi
zamon avtomobillarida bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Lekin
avtomobilning rusumiga qarab, ularning joylashuvi va ishlash asoslari
bir-biridan farq qilishi mumkin. Shuning uchun haydovchi o‘ziga
notanish bo‘lgan avtomobilga o‘tirishdan oldin uning boshqaruv
jihoz lari va joylashuvi bilan har tomonlama tanishib chiqishi kerak.
«Neksiya» avtomobilining asboblar taxtasi va boshqaruv jihozlari
5-rasmda ko‘rsatilgan.