O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 Avtomobilning to‘siqlardan o‘tuvchanlik qobiliyati



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/118
Sana06.08.2021
Hajmi2,72 Mb.
#140410
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118
Bog'liq
yol harakati qoidalari va xavfsizligi

4.12. Avtomobilning to‘siqlardan o‘tuvchanlik qobiliyati
Avtomobillarning o‘tuvchanligi deganda, yo‘lning notekis va 
o‘tishi qiyin bo‘lgan joylardan kuzovni, pastki qismini tegdir-
masdan harakatlana olish xususiyatiga aytiladi.
Avtomobilning o‘tuvchanlik qobiliyati ikki guruh ko‘rsatkichlar 
bilan baholanadi: o‘tuvchanlikning geometrik ko‘rsatkichlari va 
o‘tuvchanlik tayanch-tishlanish ko‘rsatkichlari. Geometrik ko‘r 
sat-
kichlar yo‘l notekisliklariga avtomobil qismlarining tegishi bilan 
baholansa, tayanch tishlanish ko‘rsatkichlari o‘tishi qiyin yo‘l qismlari 
va yo‘lsiz joylarda harakatlana olish xususiyati bilan baholanadi.
O‘tuvchanlikdagi barcha avtomobillarni uch guruhga bo‘lish 
mumkin:
 –   umumiy ishlarga mo‘ljallangan avtomobillar (g‘ildirak formu-
lasi 4×2 va 6×4);
 –   yuqori o‘tish qobiliyatli avtomobillar (g‘ildirak formulasi 4×4 
va 6×6);
 –   o‘ta yuqori o‘tish qobiliyatli avtomobillar, ular maxsus 
kompo 
nov 
ka va konstruksiyaga ega, ular barcha g‘ildiraklarni 
yetaklov chi ko‘p o‘qli bo‘ladi, gusenitsali yoki yarim gusenitsali, 
avtomo bil – amfibiya  va  boshqa  turdagi  yo‘lsiz  sharoitlarda 
harakatlanishga mo‘ljallangan maxsus avtomobillar.
O‘tuvchanlikning geometrik ko‘rsatkichlarini ko‘rib o‘tamiz.
Eng past nuqta P – bu avtomobilning eng past nuqtasi bilan 
yo‘lgacha bo‘lgan masofa. Bu ko‘rsatkich avtomobilning harakat 
yo‘na 
lishida joylashgan to‘siqlarga urilmasdan harakatlanishini 
belgilaydi.
O‘tuvchanlikning bo‘ylama ρ
pr
 va ko‘ndalang ρ
pop
  radius lari – bu 
avtomobilning bazasi (koleyasi) ichida joylashgan eng pastki nuqta 
va g‘ildiraklarga tekkizib chizilgan aylana radiusidir. Avtomobil 
yo‘lida joylashgan to‘siqlar balandligi va qiyofasini belgilaydi. 


48
Ular qancha past bo‘lsa, avtomobilning pastki nuqtalari ularga 
tegmasdan o‘ta olish qobiliyati shuncha yuqori bo‘ladi.
31-rasm. Avtomobil o‘tuvchanligining  
geometrik ko‘rsatkichlari:
ρ
pr
 va ρ
pop 
 –  o‘tuvchanlikning bo‘ylama va 
ko‘ndalang radiuslari; α va β  –  oldingi va 
orqadagi osilish burchaklari; l
p
l
z
  –  oldingi va 
orqadagi osilish masofalari; h  –  avtomobilning 
eng pastki nuqtasi bilan yo‘l oralig‘i; 
R

 –  yonlama kuch.
ρ
pop
ρ
pr
R

l

l

Oldingi va orqadagi osilish burchaklari yo‘l yuzasi va oldingi yoki 
orqa g‘ildiraklar va avtomobilning oldi yoki orqasidan osilib turgan 
qismining eng past nuqtasidan o‘tkazilgan urunma orasidagi burchak.
Avtomobil o‘ta olishi mumkin bo‘lgan ostonaning eng balandligi 
yetaklanuvchi g‘ildiraklar uchun g‘ildirakning 0,35 – 0,65 radiusiga 
teng. Yetaklovchi g‘ildiraklar uchun g‘ildiraklar radiu siga teng bo‘lishi 
mumkin, ayrim hollarda, ostonadan o‘tolmaslikka avtomobilning 
tortish imkoniyati yoki yo‘l bilan tishlanish sifati sabab bo‘lmasdan, 
balki osilish burchagining kichikligi yoki eng past nuqtaning yo‘lga 
tegishi sabab bo‘lishi mumkin. Bu, ayniqsa, osilish (sves) burchagi 
kichik  bo‘lgan  shahar  va  shahar  atrofi  avtobuslari  uchun  xarakterli 
(LiAZ-677, Ikarus-255). O‘tish uchun kerak bo‘lgan eng kam kenglik 
avtomobilning kichik radiusda burilishini baholaydi, masalan, kar yer-
lardagi yuklash maydonchalarida shunday bo‘lishi mumkin.
Gorizontal tekislikda avtomobil harakat yo‘nalishini o‘zgartira 
olishi, alohida undan foydalanish xususiyati sifatida qaralishi 
mumkin. Tirkama yoki yarim tirkama bilan harakatlanganda 


49
avtomobil  harakat yo‘nalishini o‘zgartirish ko‘rsatkichi yomon-
lashadi, chunki avtopoyezd burilishida tirkama burilish markaziga 
qarab siljiydi. Shuning uchun avtopoyezd harakatlanish bo‘lagining 
keng ligi yakka avtomobilnikidan katta bo‘ladi. O‘tuvchanlikning 
tayanch-tishlanish ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi.
Maksimal tortish kuchi, past uzatmada, avtomobil hosil qilish 
mumkin bo‘lgan eng katta tortish kuchi. Tishlashish og‘irligi 
avtomobilni yetaklovchi g‘ildiraklarga to‘g‘ri keladigan og‘irlik 
kuchi. Tishlashish og‘irligi qancha ko‘p bo‘lsa, o‘tuvchanlik shuncha 
yuqori bo‘ladi.
Tayanch yuzaga shinaning nisbiy bosimi, shinaga vertikal 
yukning kontakt yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi.
Bu ko‘rsatkich avtomobil o‘tuvchanligi uchun katta ahamiyatga 
ega. Nisbiy bosim qancha kam bo‘lsa, tuproq shuncha kam yemirila-
di, g‘ildirak izining chuqurligi shuncha kam bo‘ladi, g‘ildirash qa-
rshiligi kamayib avtomobilning o‘tuvchanligi yuqori bo‘ladi.
Izning  izga  tushish  koeffitsiyenti,  oldingi  g‘ildirak  izining  orqa 
g‘ildirak iziga nisbati bilan aniqlanadi. Oldingi va orqa g‘ildirak izlari 
to‘la mos tushganda, orqa g‘ildirak oldingi g‘ildirak izidan yurgani 
uchun dumalash qarshiligi eng kam bo‘ladi. Oldingi va orqa g‘ildirak 
izlari mos tushmaganda, oldingi g‘ildirak qoldirgan iz devorlarni orqa 
g‘ildirak  yemirishi  uchun  qo‘shimcha  energiya  sarflanadi.  Shuning 
uchun yuqori o‘tuvchanlikka ega avtomobillarning orqa o‘qiga yakka 
shina o‘rnatiladi va shu bilan g‘ildirash qarshiligi kamaytiriladi.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish