4.14. Oldingi g‘ildiraklarni yetaklovchi avtomobillarning
boshqarish xususiyatlari
Avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishi bilan avtomobillarning
sifati, shu jumladan, ularning yo‘lda o‘zini tutish xususiyatlari
o‘zga
radi. Oldingi g‘ildiraklari yetakchi avtomobillarning yo‘l-
da o‘zini tutishi orqa g‘ildiraklari yetakchi avtomobillardan tubdan
farq qiladi, ayniqsa, sirpanchiq yo‘llarda. Shuning uchun haydov-
chilar dan avtomobil boshqa rishning o‘zgacha usullarini qo‘llashni
taqozo etadi. Bu oldingi g‘ildiraklarda tortish kuchining mavjudligi
va avtomobil umumiy og‘irligining sezilarli qismi to‘g‘ri kelishi
bilan bog‘liq, bunday xususiyatlar avtomobilning yetarli bo‘lmagan
boshqaruvchanlik xususiyatining ancha oshishiga sabab bo‘ladi.
Burovchi moment va vertikal yuk bilan yuklangan shina yonlama
kuch ta’sirida toyishga yomon qarshilik ko‘rsatadi. To‘g‘ri yo‘lda
harakatlanganda, hatto yo‘l sirpanchiq bo‘lganda ham, avtomobil
yon tomonga surilmasdan harakatlanadi. Bunga yetak
lovchi
53
g‘ildiraklarga qo‘yilgan burovchi moment va avtomobilning oldingi
qismini dvigatel bilan yaxshi yuklanganligi sababchidir.
To‘g‘ri yo‘ldan burilishga kirishdan oldin tezlikni ancha
kamaytirish lozim. Burilishga kirgandan keyin tezlik kamaytirilsa,
avtomobilning yon tomonga surilishi tezda oshib ketadi va uni
rul chambaragini burish bilan to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Gap shundaki,
tezlikni kamaytirish uchun drossel zaslonkasini yopish amalda
dvigatel orqali tormozlash demakdir. Bundan tashqa ri, avtomobil
massasining qayta taqsimlanishi natijasida orqa g‘ildiraklar ning yuki
kamayishi hisobidan ularning yon tomonga surilishi keskin oshib,
avtomobilni vertikal o‘q atrofida aylantirishi mumkin. Shuning uchun
haydovchi burilishga kirishdan oldin tezlikni kamaytirishi kerakligini
unutmasligi zarur. Mabodo burilish paytida yon tomonga surilish
vujudga kelganda, tezlikni kamaytirmasdan, surilish tomonga rul
chambaragini burib, surilish
ning oldini olish mumkin. Ikkinchi
usulda avtomobil tezligini avvalgisidan biroz oshirilsa, oldingi
g‘ildiraklar orqa g‘ildiraklarni «tortib», surilishdan olib chiqadi.
Bunda rul chambaragini burishga ehtiyoj qolmaydi. Mabodo surilish
juda katta bo‘lsa, tezlikni oshirish bilan birga surilish tomonga
rul chambaragini burish kerak. Burilishda tezlikni oshirishda
juda ehtiyot bo‘lish kerak, agar oldingi yetaklovchi g‘ildiraklarga
qo‘yilgan tortish kuchi, g‘ildirakning yo‘l bilan tishlanish kuchidan
oshsa, oldingi g‘ildirakning markazdan qochma kuch ta’sirida yonga
surilishi boshlanadi, bunda avtomobil haydovchi bergan burilish
yo‘nalishidan kattaroq trayektoriyada harakat qiladi. Haydovchining
bunda rul chambaragini burib, yo‘nalishini to‘g‘rilashga urinishi
natija bermaydi. Chunki g‘ildiraklar yo‘l bilan tishlashmaganligi
sababli avtomobil yo‘nalishiga ta’sir eta olmaydi. G‘ildiraklar bilan
yo‘l orasida tishlanish kuchini tiklash uchun drossel zaslonkasini
biroz yopish kifoya. Yuqorida bayon etilganlarga asosan, oldingi
g‘ildiraklarni yetaklovchi avtomobil haydov
chisiga quyidagilarni
tavsiya etish mumkin. Birinchidan, to‘g‘ri yo‘lda harakatlanganda
avtomobil tezligini taxminiy emas, spidometr ko‘rsatishi bo‘yicha
nazorat qilish, ikkinchidan, burilishga yaqinlashgan sari tezlikni shu
darajada kamaytirish kerakki, toki zarurat bo‘lganda uni oshirish,
g‘ildirak bilan yo‘l orasidagi tishlashish kuchidan tortish kuchini
oshirmasin. Uchinchidan, yonlama surilish vujudga kelganda
54
drosselni yopmasdan harakat yo‘nalishini rul chambaragi yoki tortish
kuchini oshirish bilan to‘g‘rilash. To‘rtinchidan, oldingi g‘ildirak
yonga surilganda drossel zaslonkasi yoki rul chambaragi bilan keskin
harakatlar qilmasdan, ko‘rib o‘tgan usullardan birini qo‘llang.
Do'stlaringiz bilan baham: |