NAZARIY MASHG’ULOTLAR MAZMUNI 1 - mavzu: Raqamli videoning xususiyatlari. Raqamli videoning xususiyatlari tushunchasi. Yuqori tiniqlikdagi videolar bilan tanishish va raqamli videoning tarkibiy qismlarnini o‘rganish. SD videodan HD videoning farqi. Raqamli videolarni yaratishda foydalaniladigan dasturlar.
2 - mavzu: Raqamli audio-video qurilmalari va dasturlari. Zamonaviy raqamli audio-video qurilmalari va dasturlari bilan tanishish. Stereo ovoz yozish va ularda foydalaniladigan qurilmalar. HD video yaratishda foydalanadigan va qayta ishlaydigan dasturlar. AMALIY MASHG’ULOTLAR MAZMUNI 1-amaliy mashg’ulot. Audio video montaj dasturlari. Video yaratishda kerakli bo‘lgan instrumental dasturiy vositalarni o‘rnatish va video yaratish yaratish ko‘nikmalariga ega bo‘lish. Audio montaj dasturlari bilan tanishish. Audioni miksherlash va darajalarini o‘lchash. Audioni kesish va keraksiz shumlardan tozalash. Ovoz uchun tahrirlash ilovasini ishlatish va foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
2-amaliy mashg’ulot. Videoda ranglar bilan ishlash. Adobe Premier pro dasturidan foydalanib Videoni ranglarini sifatini oshirish. Rang filterlaridan foydalanib video sifatini oshirish va oq-qora ranglar sifatini o‘zgartirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
3-amaliy mashg’ulot. Videoda matnlar va effektlardan foydalanish.
Adobe Premier Pro va After Effec dasturlaridan foydalanib videoda matlar yozish va ozilgan matnlarni bo‘yash. Inson ko‘ziga yoqadigan va toliqtirmaydigan matnlar bilan ishlash. Matnlarga animatsiya beriash.
O‘QITISH SHAKLLARI Mazkur modul bo‘yicha quyidagi o‘qitish shakllaridan foydalaniladi:
ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlar (ma’lumotlar va texnologiyalarni anglab olish, aqliy qiziqishni rivojlantirish, nazariy bilimlarni mustahkamlash);
davra suhbatlari (ko‘rilayotgan loyiha yechimlari bo‘yicha taklif berish qobiliyatini oshirish, eshitish, idrok qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish);
bahs va munozaralar (loyihalar yechimi bo‘yicha dalillar va asosli argumentlarni taqdim qilish, eshitish va muammolar yechimini topish qobiliyatini rivojlantirish).