Film uchun rang sozlash
Agar loyixangiz oqibatda filmga o‘zgartirilsa, kompyuterda ranglarni sozlash muammo tug‘diradi. Agar siz qachonlardir rangli printerdan rasm chiqargan bo‘lsangiz, bu rasmni ekrandagi rasm ranglariga mos emas ekanligini payqagandirsiz. Xuddi shu narsa tasvirlarni filmga aylantirishda ham kuzatiladi. Xilma xillik sabablari ko‘p bo‘lib, video va plenka orasidagi rang gammalarining har xilligidan tortib, plenkaning qanday qilib vedeoga aylantirilishidagi rang farqlarini ko‘rishimiz mumkin. Professional tasvir taxrir va effekt uylari bu muammoni qimmat, qiyin jarayonlar orqali, raqamli uskunalar yordamida monitorlarni kalibrlash bilan hal qilishga harakat qiladilar. Oxirida, bunday tizimlar rangning qanday bo‘lishi haqida insonga kam ishonch beradi. Agar sizning yakuniy qaroringiz film bo‘lsa, va siz juda ko‘p rang sozlamalarini amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, film o‘tkazish ustalari bilan ishlaganingiz ma’qul. Ularga rang va uni boshqarishga urg‘u bermoqchilingingizni ayting va ulardan maslaxat so‘rang. O‘z film laboratoriyangizga bir qolip tanlab, tasvirga tushirishingiz va sinab ko‘rishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |