Chegarali ovoz sifati zarurmi? Ba’zi bir tahrirlash vositalari 5 tomonli ovoz effektini, ya’ni HD formatning barcha qulayliklari jamlagan holda yarata oladi.
Ma’lumki, agar siz audio tahrirlashni amalga oshirmoqchi bo‘lmasangiz, demak dastur ham u bilan aloqador bo‘lmaydi. Agar siz tahrirlangan audio mahsulotingizni so‘nggi ko‘rinishga keltirmoqchi bo‘lib, uni tahrirlash dasturining maxsus uskunasida saqlasangiz, albatta, uni qanday olib ketish haqida ham fikr yuritishingiz lozim. Asl tahrirlangan mahsulotning barcha nusxalarini ham olib qo‘yishingiz lozim. Tahrirlashni benuqson amalga oshirish uchun ovoz tahririga barcha tahrirlanayotgan audio materiallariga imkoniyati bo‘lishi lozim.
Hozirda video tahrirlaydigan bir qancha dasturlar, shu o‘rinda audio tahrirlash dasturlarining ham sanoqli turlari mavjud. Agarda asosiy audio tahrirlash imkoniyatidan foydalanish kerak bo‘lsa, qo‘shimcha uskunalarni dasturga o‘rnatishingiz mumkin. Agar yanada mukammal vosita zarur bo‘lsa, Avid ProTools va Apple SoundTrack Pro dasturlari professional dizaynerlar, tahrirchilar tomonidan keng foydalaniladi32.
Do'stlaringiz bilan baham: |