O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov qishloq xo’jaligi


Aylanma vositalar:doiraviy aylanishi, klassifikasiyasi va me’yorlashtirish



Download 1,75 Mb.
bet58/196
Sana16.06.2021
Hajmi1,75 Mb.
#68203
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   196
Bog'liq
qishloq xo'jalik iqtisodiyoti (копия)

3.Aylanma vositalar:doiraviy aylanishi, klassifikasiyasi va me’yorlashtirish
Bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib o’zining tashqi shaklini, ko’rinishini to’la o’zgartiradigan, qiymatini mahsulot tannarxiga to’la o’tkazadigan vositalarga aylanma vositalar deyiladi. Bular­ga yosh mollar, parrandalar, yem-xashak, yoqilg’i moylash materiallari, asbob-uskunalar va bir yilda o’zining xizmat muddatini tugatadigan inventarlar kiradi.

Muomaladagi fondlarga esa sotish uchun tayyorlangan mahsulotlar va pul mablag’lari kiradi.

Qishloq xo’jaligida aylanma vositalar sanoatdagi va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlaridagi aylanma vositalardan farq qilib, o’ziga xos xususiyatlarga ega:

-Ishlab chiqarish siklining uzoq davom etishi munosabati bilan aylanma vositalar aylanishining ko’pga cho’zilishi. Shuning uchun aylanma vositalarini avanslashtirish me’yoriy miqdorda va uzoq vaqtga mo’ljallab sarflanishga to’g’ri keladi.

-Mehnat predmeti xarajatlarining notekisligi va ularning oborotdan chiqib ketishi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligi sababli yilning turli davrlarida ular tarkibining keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi. Qishda aylanma vositalar urug’, yem shaklida zahirada turadi, yozda esa ularning katta qismi tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflanadi.

-Aylanma vositalarning bir qismi ichki xo’jalik oborotida foydalaniladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining anchagina qismi sotilmaydi, balki natural shaklda (urug’, yem-xashak) qaytadan ishlab chiqarish jarayoniga kelib tushadi.

-Xo’jalik yuritishning turli tuman shakllari sharoitida aylanma vositalar nafaqat davlat, balkim dehqon xo’jaligi va jamoa mulki bo’lishi mumkin. Shu boisdan ular moliyalashtirish manbalari va me’yorlashtirish usullaridan farq qilishi mumkin.

Qishloq xo’jaligida aylanma vositalar shakllanish manbalari bo’yicha ikkiga bo’linadi:



    1. Xususiy.

    2. Qarzga olingan.

1.Xususiy vositalar-bu davlat korxonalarida, kooperativlarda, aksiyador jamiyatlarida, ijara kollektivlarida, dehqon xo’jaliklarida doimiy foydalanilayotgan aylanma vositalarning bir qismidir. Barcha xo’jalik yuritish shakllarida aylanma vositalarni to’ldirish manbai sof daromad va foyda hisoblanadi. Aylanma vositalar bir-biridan, ularni baholash usullari bo’yicha ham farq qiladi:

-Qishloq xo’jaligining o’zida chiqadigan o’tgan yilgi va joriy yilgi mehnat predmetlari haqiqiy tannarxi bilan baholanadi.

-Sanoatdan olinadigan mehnat predmetlari haqiqiy xarajatlari (sotib olish va yetkazish xarajatlari) bo’yicha baholanadi.

-Ijara jamoalaridagi mehnat predmetlari yagona ichki xo’jalik baholari bo’yicha baholanadi.

2.Qarz hisobiga shakllanadigan aylanma vositalartovar-moddiy boyliklarning me’yordan ortiqcha qoldiqlari va mavsumiy xarajatlari uchun olingan kreditlarni bildiradi.

Qishloq xo’jaligi korxonalarida aylanma mablag’lar ulardagi aylanma fondlar va muomala fondlaridan tashkil topadi.

Aylanma fondlarni o’zlarining ichidagi o’rniga qarab 2 guruhga bo’linadi:

1.Ishlab chiqarish jarayonidagi aylanma fondlarga - yosh mollar va boquvga ajrati­lgan hayvonlar, parrandalar, kelgusi yil uchun qilingan xarajatlar kiradi.

2.Ishlab chiqarish zahiralari, yem-xashak, urug’lik, ko’chatlar, ehtiyot qismlar, tez eskiradigan vositalar va boshqa buyumlar kiradi.

Aylanma mablag’larning manbalari 2 ga bo’linadi: o’ziniki va sotib olingan aylanma mablag’lar.



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish