O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

Nаzоrаt sаvоllаri 
1.
Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan 
tadbirlarga nimalarni kiritish mumkin? 
2.
Ishlar og’irlilik va xavflilik-zararlilik bo’yicha necha turga 
bo’linadi? 
3.
Jarohatlanish ko’rsatkichlariga nimalar kiradi va ular qanday 
aniqlanadi? 
4.
Baxtsiz hodisalarni tahlil qilish uslublari necha turga bo’linadi? 
8.7. Xavfsiz faoliyatni tashkil qilishda xodimlar bilimini 
tekshirish va o’qitish. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi 
talablariga amal qilishga о’qitish va qayta tayyorlash tizimi.
Mutaxassis va rahbar xodimlarni o'qitish va bilimlarini 
tekshirish

Mutaxassis va rahbar xodimlarning mehnat muhofazasi 
bo‘yicha bilimlarini oshirish uchun korxona, boshqaruv boMimlarida 
. davlat nazorat tashkilotlari ilmiy tadqiqot institutlari va tarmoq mu- 
taxassislarini jalb qilgan holda kurslar, seminarlar, ma’ruzalar hamda 
maslahatlar tashkil qilinadi. 
Xodimlar rahbarlik lavozimiga tayinlanishidan awal quyidagilar 
bilan tanishishlari kerak: 
-
ularga ishonib topshirilayotgan tashkilotda (bo‘lim, sex, 
korxona) mehnat muhofazasi va sharoitining holati; 
-
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan ishchi hamda 
xizmatchilami himoyalash vositalari; 
-
jarohatlanish va kasb kasalliklarining tahlili; 
-
mehnat sharoitlarini yaxshilashning kerakli tadbirlari hamda 
mehnat muhofazasi bo‘yicha qo‘llanma va lavozim vazifalari 
ro‘yxati. 
Mutaxassis va rahbar xodimlarning mehnat muhofazasidan bilim-
larini tekshirish yuqori tashkilot mehnat muhofazasi bo‘limlarining 
doimiy imtihon komissiyalari tomonidan bajariladi. Komissiya tar- 


137 
kibi yuqori tashkilot rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon 
komissiyalarini boshqaruv tashkilotlarining rahbarlari boshqaradi. 
Yirik korxonalarda imtihon topshiruvchi xodimlar soni ko‘p bo‘lsa, 
bir necha imtihon komissiyalari tashkil qilinishi mumkin. Bunday 
hollarda komissiya raisi qilib mehnat muhofazasi bosh mutaxassis- 
lari va korxona rahbarining muovinlari tayinlanadi. 
Imtihonlarni tashkil qilish va o‘tkazish korxona ma’muriyatiga 
hamda imtihon komissiyalari raislari zimmasiga yuklatiladi. Imti- 
honlar tasdiqlangan reja bo‘yicha o'tkaziladi. Bu reja imtihon ko- 
missiyasining barcha a’zolariga bir oy oldin tarqatiladi. Tekshiruvchi 
esa imtihon kuni va o‘tkazilish joyi haqida kamida 15 kun oldin 
ogohlantiriladi. 
Komissiya a’zolari uch kishidan kam boisa imtihon o‘tkazishga 
ruxsat berilmaydi. Imtihon komissiyasi tarkibiga kiritilgan rahbarlar 
va mu- taxassislar boshqaruv tashkilotlari komissiyalariga imtihon 
topshirgan bo'lishlari kerak. 
Imtihon komissiyasi quyidagilar bo‘yicha rahbarlaming 
bilimlarini tekshiradi: 
-
0‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish 
to‘g‘risida”gi qonuni, 0‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, 
boshqa qonun va me’yoriy hujjatlar; 
-
mehnat xavfsizligi standartlar tizimlari; 
-
halokatlami cheklash va ogohlantirish tizimlarini; 
-elektrjarohatlaridan ogohlantirish; 
-yong‘in xavfsizligi, halokat, portlash hamda yong‘inlami bartaraf 
qilish usul va vositalari; 
-
ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berganda xodimlarning harakatlari; 
-
ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasining asosiy 
talablari; 
-
mehnat muhofazasi holatini nazorat qilishda davlat, tarmoq va 
jamoat nazoratlari to‘g‘risidagi nizomlar; 
-
baxtsiz 
hodisalami 
taftish 
qilish, 
hisobga 
olish 
va 
rasmiylashtirish; 
-
texnologik tizimning xavfsizligini ta’minlovchi pasport, 
sxemalar, texnologik reglamentlar va lavozim yo‘riqnomalari; 
-
ShHV ni tarqatish tartibi va me’yorlari, ishlatish muddatlari; 


138 
-
mehnat bitimlari, ish vaqti, dam olish vaqti, ayollar mehnatini 
muhofaza qilish va balog‘at yoshiga etmaganlar mehnatini muhofaza 
qilish. Imtiyozlar va to‘lovlar; 
-
jabrlanganlarga dastlabki yordam ko‘rsatish usullari. 
Imtihon savollari texnologik jarayonning o‘ziga xos tomonlarini, 
mutaxassis rahbarlarga qo‘yiladigan malaka talablari va mahalliy 
sharoitlami hisobga olgan holda tuzilib, komissiya raisi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlami tekshirishning quyidagi 
turlari belgilangan: dastlabki, davriy, navbatdan tashqari

Lavo- 
zimlarga ishga tushgan kundan boshlab bir oy o‘tkazmay tegishli im-
tihon komissiyasi bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishi kerak. Davriy 
bilimlarni tekshirish kamida uch yilda bir marta o‘tkaziladi. 
Quyidagi holatlarda ushbu nizomda qayd qilingan rahbarlar va 
mutaxassislarning bilimlari navbatdan tashqari tekshiriladi: 
-
mehnat muhofazasi bo‘yicha yangi yoki qayta ko‘rib chiqilgan 
me’yoriy hujjatlar amalga kiritilganda; 
-
yangi texnologik jarayonlar yoki yangi uskunalar o‘matilganda; 
-
xodim bilimini mehnat muhofazasidan boyitish talab qilinadigan 
yangi ish joyiga o‘tkazilganda; 
-
guruhiy o‘lim yoki nogironlik bilan tugagan baxtsiz hodisalar 
sodir bo‘lganda hamda halokat, portlash, yong‘in va zaharlanish 
hollari ro‘y berganda; 
-
ishda bir yillik uzilish sodir bo‘lganda; 
-
Davlat nazorat tashkilotlari talablariga ko‘ra. 
Bilimlami navbatdan tashqari nazorat qilish ayrim hujjatlar 
chegarasida o‘tkazilishi mumkin. Bu hujjatlaming ro‘yxatlari yuqori 
tash- kilot tomonidan belgilanadi. 
Bilimlami 
tekshirish 
natijalari 
bayonnoma 
tarzida 
rasmiylashtiriladi va imtihon komissiyasi raisi hamda a’zolari 
tomonidan imzo chekiladi. Bu bayonnoma olti yildan kam bo‘lmagan 
muddatda korxonaning mehnat muhofazasi yoki kadrlar bo‘limida 
saqlanadi. 
Ishlab chiqarish o‘ta xavfli bo‘lgan korxona mutaxassis va 
rahbarlari mehnat muhofazasidan imtihon topshirganlarida ularga 
maxsus shahodatnoma beriladi. Shahodatnomaga komissiya raisi 


139 
(yoki uning muovini va a’zosi boMgan Mehnat muhofazasi Davlat 
texnik inspeksiyasining nazoratchisi imzo chekadi). 
Bunday shahodatnomaning mavjudligi rahbar yoki mutaxassisni 
ushbu Nizomning 28-bandida keltirilgan masalalar bo‘yicha 
tekshiruvdan ozod qilmaydi. Imtihonda qoniqarsiz baho olgan rahbar 
shaxs bir oy ichida imtihonni qayta topshirish sharti bilan o‘z 
lavozimida qoldi- rilishi mumkin. 
Imtihonni qayta topshira olmagan rahbar haqidagi materiallar 
korxonaning attestatsiya komissiyasiga, uning lavozimiga mos 
emasligini ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Imtihon komissiyasining 
qarori yuza- sidan nizolar Mehnat muhofazasi Davlat texnik 
inspeksiyasi yoki sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. 
Mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlami tekshirishni tashkil qilish 
va o‘tkazish korxona rahbarlari hamda yuqori tashkilot mehnatni mu-
hofaza qilish boliimlari zimmasiga yuklanadi. Nazorat huquqi 
Mehnat muhofazasi Davlat texnik inspeksiyasiga yuklanadi. 
Mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlari tekshirilishidan bo‘yin 
tovlagan mutaxassis va rahbarlar lavozimlaridan chetlashtiriladi. 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish