O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

Siklonlar
.
Sanoat korxonalarida havoni changdan tozalash 
qurilmalari ichida eng sodda tuzilgani va shuning uchun keng 
ommalashgani siklondir. Siklonlardan deyarli hamma sanoat 
korxonalarida foydalaniladi. Siklonlarda changlangan havodan 
changni ajratib olish markazdan 
qochma kuchga asoslangan. 
Changlangan havo siklonga yo’naltiruvchi qurilma orqali yuboriladi. 
Bu qurilma havo oqimini siklon qobig’iga qiyalab spiralsimon 
harakatlanib ishga 
mo’ljallab o’rnatilgan. Havo o’z harakati 
davomida konussimon asosga o’tadi va konus toraygan sari havo 
harakati tezlashadi va siklon qobig’ining eng quyi qismida havo 
harakati bosimining keskin pasayishi kuzatiladi. 
22- rasm. Siklon 
Buning natijasida siklon konusining quyi qismiga etib kelgan 
havo o’z yo’nalishini keskin o’zgartirib, spiralsimon harakatlanishi 
holatini saqlagan holda yuqoriga tomon yo’naladi va truba orqali 
tashqariga chiqarib yuboriladi. CHangning havodan ajralishi siklon 


172 
konussimon asosining quyi qismida, havo harakatini keskin o’zgar- 
tirgan vaqtda yuz beradi. Chunki havo tarkibidagi changlar havodan 
og’irroq bo’lganligi sababli, havo bilan birga keskin burila 
olmaydi, balki inersiya kuchi bilan havo tarkibidan otilib chiqib 
ketadi. Siklon radiusini o’zgartirish imkoniyati bor. Siklon diametri 
qancha katta bo’lsa, uning chang tutish qobiliyati shuncha kam 
bo’ladi, siklon diametrini kichraytira borsak, uning samaradorligi 
orta boradi. Bu ham o’z navbatida 
ma’lum qiyinchiliklar 
tug’diradi. Katta siklon bir yo’la katta miqdordagi changlangan 
havoni qabul qila oladi. Uning hajmi kichrayishi bilan havo qabul 
qilish quvvati ham pasayadi. Bu esa, siklonlar sonini oshirishga olib 
keladi. Ko’p sonli siklonlarni havo bilan ta’minlash havo taqsimlash 
vositalari yordamida amalga oshirilishi kerak. 
Sanoat ishlab chiqarishi zonalaridagi havo tarkibidagi chang 
miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish 
jarayoni bilan tanishishda chang manbalarini va chang hosil 
bo’lish sabablarini belgilash, ma’lum hajmdagi havoda bo’lgan 
changning sifat tarkibi va uning miqdorini hisobga olgan holda 
gigienik baho berilishi zarur. Buning asosida chang omilining 
ahamiyati baxolanadi, zarur bo’lganda ishchilarning salomatligi 
haqidagi ma’lumotlar to’planadi va bu dalillar asosida changga 
qarshi kurash chora tadbirlari belgilanadi. 
Sanoat korxonasi havo muhitidagi chang miqdorini aniqlash 
asosan og’irlik usuli asosida olib boriladi. Bu usul changlangan 
havoning chang zarrachalarini ushlab qoladigan filtr orqali 
so’rilishiga asoslangan. Havo sinamasi olinguncha va olingandan 
keyin filtr og’irligini, shuningdek, so’rilgan havo miqdorini bilish 
bilan hajm birligidagi havoda bo’gan chang miqdorini aniqlash 
mumkin. 
Filtrlarni tayyorlashda ko’pincha perxlorvinil mato ishlatiladi 
(AFA filtrlari, FPP matosidan ishlangan filtrlar). Bu matolar 
havoni katta tezlik bilan o’tkazishga imkon beradi. Bundan 
tashqari, bu filtrlar kimyoviy zararli va emiruvchi muhitga 
chidamli bo’lib, har qanday zarrachalarni yuqori samaradorlikda 
ushlab qoladi. 


173 
Bundan tashqari xavo tarkibida chang miqdorini aniqlashning 
bir necha usullari mavjud: 
-aspiratsion-xavoni g’ovak materiallar yoki suyuqliklar (suv, 
moy) orqali so’rilishi. 
-sedimentatsion-changni tabiiy shisha plastinkalariga qo’nishi 
va sirt yuzasida changni xisoblash 
-changni elektr cho’ktirish-yuqori kuchlanishga ega bo’lgan 
maydon xosil qilib, bunda chang 
zarrachalari elektrlanib 
elektrodlarga tortiladi. 
-fotometrik 
usul-kuchli 
yorug’lik 
nuri 
orqali 
chang 
zarrachalarini aniqlaydi 
-radioizotop usuli- changlanishdan oldin va keyin filtr orqali 
o’tkazilgan β-zarrachalari oqimini ssusayishi darajasi xisobiga 
filtrda ushlanib qolgan chang og’irligini o’lchashga asoslangan. 
Chang 
tutqichlar va filtrlarning yong’in хavfsizligiga 
qo’yiladigan talablari.
 
Chang tutqichlarning yong’in хavfsizligiga 
nisbatan qo’yiladigan asоsiy talablar quyidagilardan ibоrat: 
- pоrtlash jihatidan хavfli changni tutib qоladigan kamеralarni 
binоdan tashqariga jоylashtirish maqsadga muvоfiqdir; 
- yonuvchi yoki pоrtlash jihatidan хavfli chang mavjud bo’lgan 
o’tkazgichlar yong’in chiqqanda o’z-o’zidan yopiladigan klapanlar 
bilan ta’minlanishi kеrak; 
- o’t оlgan changni tеzda o’chirish uchun kamеralar suv 
sеpadigan mоslama bilan jihоzlanishi lоzim. 
Siklоnlar katalоg va bildirgichlardagi tеgishli jadvallardan 
fоydalanib tanlanadi. Yong’in хavfsizligi talablariga ko’ra siklоnlar 
yonmaydigan ashyolardan tayyorlanishi zarur. Havоni pоrtlash 
jihatidan хavfli changdan tоzalaydigan siklоnlar binоlardan kamida 
10 m masоfada jоylapggiriladi. CHang qo’lda оlib tashlanadigan to’r 
filtrlarning yong’in хavfsizligiga nisbatan qo’yiladigan talablar chang 
tutqich kamеralarniki kabidir. 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish