O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

Yoshlar mehnati
. O’n olti yoshga to’lmagan shaxslarni ishga 
qabul qilishga yo’l qo’yilmaydi.
 
0115-01 10.29.01 Og'irlikni qo'lda 
ko'tarish va ko'tarishda ayollar uchun ruxsat etilgan maksimal 
yuklarning sanitariya normalari hamda 0116-01 29.10.01 Og'irlikni 
qo'lda ko'tarish va ko'tarishda o'smirlar uchun ruxsat etilgan 
maksimal yuklarning sanitariya me'yorlari 
Alohida hollarda korxona, muassasa, tashqilot, kasaba uyushmasi 
komiteti bilan kelishib, o’n besh yoshga to’lgan shaxslar ishga qabul 
qilinishlari mumkin. YOshlarni ishlab chiqarishda mehnatga 
tayyorlash maqsadida umum-ta’lim maktab o’quvchilarini o’n to’rt 
yoshga to’lganlaridan keyin ota-onadan birining yoki ularning o’rnini 
bosuvchi shaxsning roziligi bilan bolalarni salomatligiga ziyon 
еtkazmaydigan va ta’lim olish jarаyoniga xalal bermaydigan еngil 
ishlarni bajarish uchun ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi. 
O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar mehnatidan og’ir ishlarda 
va mehnat sharoiti zararli yoki xavfli bo’lgan ishlarda, shuningdek еr 
osti ishlarida foydalanish taqiqlanadi. O’n sakkiz yoshga to’lmagan 
barcha shaxslar avval tibbiy kurikdan o’tkazilganidan keyingina 
ishga qabul qilinadilar va keyinchalik, ular o’n sakkiz yoshga 
to’lganlariga qadar, har yili tibbiyo ko’rikdan majburiy tarzda 
o’tkazib turiladilar. O’n sakkiz yoshga to’lmagan ishchilar uchun 
ishlab chiqarish me’yorlari katta yoshdagi xodimlar uchun 
belgilangan ishlab chiqarish me’yorlariga asoslanib belgilanadi, lekin 
bu me’yor o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar uchun belgilangan 


112 
qisqartirilgan ish vaqtiga mutanosib ravishda kamaytirilgan bo’ladi. 
Kunlik ish vaqti qisqartirilgan hollarda, o’n sakkiz yoshga to’lmagan 
xodimlarga ish haqi kunlik ish vaqti to’liq bo’lgan tegishli toifadagi 
xodimlarga beriladigan miqdorda to’lanadi. 
O’qishdan bo’sh vaqtda ishlovchi umumta’lim maktablari, 
kollejlar, akademik litseylar o’quvchilarining mehnatiga ishlagan 
vaqtiga mutanosib ravishda yoki ishlab chiqargan mahsulotiga qarab 
haq to’lanadi. 
O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlarni tungi va ish vaqtidan 
tashqari ishlarga hamda dam olish kunlari ishlashga jalb etish 
taqiqlanadi. O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlarga har yilgi 
mehnat ta’tili yoz paytida yoki ularning xohishiga qarab, yilning 
istalgan vaqtida beriladi. O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlarni 
ma’muriyat 
tashabbusi 
bilan 
ishdan 
bo’shatishga, 
ishdan 
bo’shatishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, faqat 
voyaga еtmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi tuman (shahar) 
komissiya roziligi bilangina yo’l qo’yiladi. 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish