VO rusumdagi o’qiy Shamollatgich larning texnik ma’lumotlari
2.4-jadval
Ko’rsatkichlar
|
VO-4
|
VO-5,6
|
VO-7
|
20 Pa bosim havoda uzatishi, ming m3/soat
|
3,6
|
5,5
|
13,0
|
Ishchi g’ildirak diametri, mm
|
400
|
500
|
700
|
Aylanishlar tezligi, min-1
|
1450
|
960
|
960
|
Aylanishlar tezligini rostlash oraligi
|
5:1
|
10:1
|
8:1
|
ElektrShamollatgich massasi, kg
|
16
|
34
|
55
|
Tarkibidagi Shamollatgich turiga qarab qurilma uch rusumga bo’linadi (2.5-jadval): "Klimat-44","Klimat-45" va "Klimat-47". Har bir majmuaga AT-10 avtotransformatori, boshqarish qutisi va avtomatik qushib-ajratgichlar kiradi.
"Klimat" rusumidagi Shamollatish qurilmalarining
texnik ma’lumotlari
2.5-jadval
Ko’rsatkichlar
|
Klimat-44
|
Klimat-45
|
Klimat-47
|
Shamollatgich rusumi
|
VO-4
|
VO-5,6
|
VO-7
|
Shamollatgich ish unumi, m3/s
|
3600
|
5500
|
13000
|
Majmuadagi Shamollatgich soni, dona
|
30
|
13
|
10
|
Shamollatgich elektr dvigatelining aylanishlar tezligi, min-1:
nominal
minimal
|
1450
430
|
900
144
|
830
210
|
Elektr dvigatel quvvati, kVt
|
0,25
|
0,37
|
0.79
|
Ishchi g’ildirak diametri, m
|
0,4
|
0,56
|
0.79
|
Shamollatgich massasi, kg
|
15
|
34
|
55
|
Avtomatlashtirilgan "Klimat" rusumidagi qurilmalarda havo al-mashtirish intensivligini o’zgartirish bilan bino havosining haroratini 5° dan 350°S gacha rostlanadi. Harorat belgilangandan pasayganda issiqlik rostlagich avtomatik moslamalar orqali Shamollatgich elektr dvigatellarining aylanishlar sonini kamaytiradi yoki ishlayotgan Shamollatgich lar sonini kamaytiradi, yoki hammasini o’chiradi. Harorat-oshganda elektr dvigatellarning aylanishlar soni yoki ishlovchi Shamollatgich lar soni avtomatik tarzda oshadi. Kiritiladigan havoni isitish uchun turli isitish qurilmasidan foydalanish mumkin.
Havoni isitish sistemalari. Chorvachilik binolarini (havoni qizdirish hisobiga isitish) sun’iy qizdirish keng qo’llaniladi. Bunda havoni qizdirish uchun issiqlik generatorlari yoki kaloriferlardan foydalaniladi. Issiqlik tashuvchilar sifatida tutungazlar, qaynoq suv, past bosimli bug’ va elektr energiyasi xizmat qiladi.
Issiqlik generatorlari havoni isitish va Shamollatishga mo’ljallangan. Ular isitish davri 3 oydan oshmaganda va issiqlikka talab katta bo’lganda (400...600 MDj/soat va yuqori) iqtisodiy jixatdan samarali hisoblanadi. Issiqlik generatorlari suyuq yoqilg’ida ishlashga asoslangan bo’lib, ishchi aralashma elektr uchquni yordamida o’t oldiriladi. Generatorlar avtomatik sistema bilan jihozlangan bo’lib, bu sistema bino haroratiga bog’liq holda qurilmani har xil rejimda ishlashini ta’minlaydi. TG-75 va TG-150 rusumli generatorlarning isitish unumi mos ravishda 314 va 628 MDj/soat. TG-1,0, TG-1,5 va TG-2,5 issiqlik generatorlarining quvvati yuqori bo’lib, mos ravishda 418,86; 628,02; 1046,7 MDj/soat ga teng.
TV seriyali Shamollatish-isitish agregatlari issiqlik shamollat-gichlari nomi bilan olti modifikatsiyada (TV-6, TV-9, TV-12, TV-18, TV-24 va TV-36) chiqariladi va cho’chqachilik bilan qoramolchilikda keng qo’llaniladi. Rusumdagi raqamlar ming m3/soat hisobidagi maksimal havo uzatish qobiliyatini ko’rsatadi. Ular karkas, markazdan qochma elektr dvigateli, kalorifer, mexanizmli pardalar, suruvchi va xaydovchi quvurlardan tashkil topgan. Issiqlik Shamollatgich lari boshqarish qutisiga o’rnatilgan harorat rostlagichlar bilan boshqariladi, issiqlik unumini rostlash avtomatlashtirilgan. 2.6-jadvalda issiqlik sha-mollatgichlarining texnik tavsifnomasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |