5. Ish bo’yicha hisobotda: Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, Go'ng va chiqindilarni chiqarish vositalarining tuzilisning vazifasi, tuzilishi, ishlash jarayoni va ularni ishga tayyorlash va (Yuqoridagi rasmlarga asoslangan holda amalga oshiriladi) ish jarayoni ko’rsatiladi.
16-Amaliy mashg‘ulot
Harakatli go’ng tozalagichlar
1. Ishning maqsadi: Harakatli go’ng tozalagichlar bo’yicha ko’nikmalar berish.
2. Kerakli jihozlar: Harakatli go’ng tozalagichlar tuzilishi, ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari.
3.Ishni bajarish tartibi:
4. Harakatli go’ng tozalagichlar
AMN-F-20 harakatli go’ng tozalagich agregati – qoramol fermalari binolarining ochiq go’ng yo‘llari hamda yayratish maydonlaridagi go‘ngni tozalash uchun xizmat qiladi. Agregat qanotlari sozlanadigan buldozer osmasidan tashkil topgan va T-40AM, va MTZ-80, MTZ-82 traktorlariga osib ishlatiladi.
Qisqacha texnik tavsifi: ish unumi – 20 t/s; qamrash kengligi – 1,8–3,3 m; ishchi tezligi – 1,82–5,48 km/s; gabarit o‘lchamlari ishchi holatida (traktorsiz) – 3310x3000x625 mm; massasi (traktorsiz) – 735 kg.
SU-F-0,4 universal o‘zi yuklagich – ferma hududi va yayratish maydonlarini go‘ngdan tozalash uchun xizmat qiladi.
Universal o‘zi yuklagich SU-F-0,4 T-16 MGtraktori shassisiga o‘rnatilgan bo‘lib qo’yidagilardan tuzilgan: go’ng va boshqa materiallarni shassi kuzoviga yuklash uchun xizmat qiluvchi kovsh, kovshni ko‘tarib tushiruvchi P shaklidagi metall konstruksiya (portal) va o‘zi yuklagich ishchi organlari harakatini ta’minlovchi gidrotizim.
Qisqacha texnik tavsifi: 200 m masofaga yuklash-tashish ish unumi – 12,7 t/s; kovshning qamrash kengligi – 1,7 m; transport tezligi – 20 km/s gacha; ishchi tezligi – 1,5–7,0 km/s; gabarit o‘lchamlari 4830x1740x2500 mm; osma moslamasi massasi – 490 kg.
MJT-10 mashinasi – go‘ngni yig‘gichlardan saqlash Xandak lariga, suyuq organiq o‘g‘itlarni yuklash, dalaga tashish va yerni sochib, o‘g‘itlash uchun xizmat qiladi.Mashina sisterna, muvozanat osma moslamasi, tirkama, vakuum qurilmasi, yuklash shtangasi, markazdan qochma nasosi, yo‘nalish o‘zgartirish qurilmasi, teleskopik kardan vali va gidrotizimdan iborat (99-chizma). T-150K traktori bilan agregatlanadi. Mashina sovutgich, sath o‘lchagich, vakuum va suyuqlik klapanlari, pnevmatik tormoz tizimi, yoritish va signal berish priborlari bilan ta’minlangan. Sisterna payvandlanib tayyorlangan silindrik shaklga ega, ichki qismida gidravlik zarbalarni pasaytiruvchi to‘siqlar yasalgan. Vakuum qurilmasi sisternada vakuum hosil qilish uchun xizmat qiladi va o‘zaro zanjirli muftalar bilan bog‘langan ikkita vakuum nasosi hamda gidromotordan iborat.Markazdan qochma nasos go’ng shaltog‘ini (88 foizdan kam bo‘lmagan) siljitish va uzatish uchun xizmat qiladi. Yukni tushirish vaqtida vakuummetr va sath ko‘rsatgichlari nazorat qilib boriladi. Sisternadagi me’yoriy ko‘rsatgich 0,061 MPa tashkil etishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |