Ozuqalarga ishlov berish yo‘nalishlari
Somon va dag’al pichanga qo’yidagi usullarda ishlov beriladi:
a) maydalash–me’yorlash–aralashtirish;
b) maydalash–bug’‘lash–me’yorlash–aralashtirish;
d) maydalash–biologik (biokimyo) yoki kimyoviy ishlov berish–me’yorlash–aralashtirish–briketlash.
Beda unini tayyorlashda ko‘k massa 8–12 mm uzunlikda qirqiladi, so’ng quritilib, Yana qayta maydalanadi. Beda uni donalanadi (granul) va boshqa ozuqa aralashmalariga qo‘shiladi.
Suvlishirali ozuqa (ozuqa lavlagisi)ga qo’yidagi tarzda ishlov beriladi:
a) Yuvish–maydalash–me’yorlash–aralashtirish;
b) Yuvish–bug’lash–ezg’ilash–me’yorlash–aralashtirish;
d) Yuvish–maydalash–me’yorlash–achitqi bilan ishlash–aralashtirish.
a–shakli qoramolchilik; b–shakli cho’chqachilik va d–shakli turli fermalarda qo’llanilishi mumkin.
Somonni oziqlantirishga tayyorlash
Hozirgi kunda mamlakatimizda g’allachilik jadal rivojlanayotganligi tufayli qo‘shimcha ozuqa zaxirasi – somondan foydalanishga keng imqoniYatlar Yaratildi. G‘alla o‘rimi yig‘ishtirilganda somon g‘alla hosilining 70–75 foiz miqdori hajmida olinadi. Yaxshi ishlov berilgan somonning to‘yimliligi har 1 kg hisobiga 0,16–0,28 dan to 0,40–0,50 gacha yetib boradi.
Somonga mexanik usulda ishlov berishning asosini maydalash tashkil qiladi. Somon qoramollar uchun Shirali konsentrat va suv ozuqalari (barda, pivo durdasi, jom) bilan qo‘shib tayyorlanganda 4–5 sm uzunlikda qirqiladi. Otlar va qo‘ylar hamda briket va donalash uchun tayyorlanadigan maydalash 2–3 sm uzunlikda bo‘ladi. Bundan ortiq maydalash maqsadga muvofiq emas, chunki kovsh qaytaruvchi hayvonlar uni yaxshi hazm qila olmaydi, qolaversa, sigirlarning sutidagi moy ham kamaYadi.
Somonni suvliShirali ozuqalar, konsentratlar, lavlagi shinnisi bilan aralashtirilishi uning yeyilishi, hazm bo‘lishini oshiradi, lekin bu ozuqalarning qo‘shilish nisbatlarini belgilangan miqdorda bo‘lishi kerak. Bunda ozuqalar tarkibidagi shakar va protein miqdorini 1:1 nisbatda saqlash lozim.
Ma’lumki, hozirgi kunda somonni konsentrat (donli) bilan aralashtirib berish keng tarqalgan. Bunda maydalangan 100
kg somon 100 l qaynab turgan yoki issiq suv bilan aralashtirib ishlov beriladi. 100 l suvga 2 kg tuz solinadi. Agar 100 kg somonga 5 kg dan kamroq konsentrat aralashtirilsa, konsentrat tuzli suvda oldindan Yaxshi lab uvitiladi. Aralashma o‘lchamlari 1,5x1,5x1,5 m bo‘lgan taxta yig‘ma yashikda tayyorlanadi. Yashikda somon 1,5–2,0 soat mobaynida qaynoq suvga solib qo‘yiladi.
Lavlagi shinnisini somonga aralashtirish uning yeyilishini orttiradi, lekin bunda shinnidagi shakar bilan protein nisbatini 1:1 nisbatda saqlash zarur. Shinni somonga nisbatini 1:3 yoki 1:4 nisbatda olinib suvda eritiladi.
Mochevinadan foydalanishda 100 kg somonga 2,0–2,2 kg aralashtirilsa, shakarprotein muvozanati saqlanadi. Shinni suvda eritilgandan so‘ng, mochevina har 100 kg somonga 4–8 hisobida aralashtiriladi. Aralashmani 2 soat vaqt ichida mollarga berish zarur.
Bug’‘lash somonga don hidini berib Yumshatadi va ta’mini Yaxshi laydi. Somon maydalangandan so’ng Yashikka solinib 100 kg somon 80–100 l suv bilan ivitiladi. So‘ngra Yashik zichlab yopilib, 30–40 minut bug’‘lanadi. Bug’‘langan somon Yana 3 soat mobaynida Yumshatish uchun ushlab turiladi. Somonni issiq paytida boshqa ozuqalar bilan aralashtirilgan holda iste’molga berish zarur, aks holda sovigan somon quruq somonga nisbatan yomon yeyiladi.
Somonga kimyoviy ishlov berish
Ohak bilan somonga ishlov berish kimyoviy ishqorli reagentlar ichida eng ko‘p tarqalgani hisoblanadi. Somonga ishlov berish uchun qumsiz, mayda toshlari bo‘lmagan, 90 foizdan kam kalsiy oksidi (CaO) bo‘lgan ohak ishlatiladi. Ishlov berishda so‘ndirilgan va so‘ndirilmagan ohaklardan ham foydalaniladi.
Ohakni so‘ndirishda 1 m3 idishga 1,5 tonna ohak aralashmasi solinadi. Bir tonna somonga 90 kg ohak aralashmasi sarf bo‘ladi. So‘ndirilmagan ohak har tonna somonga 30 kg sarf bo‘ladi. Tartibga ko‘ra ohak bilan somonga ishlov berish uni bug’‘lash bilan birgalikda olib boriladi. Bu ohakni somon to‘qimasiga ta’sirini kuchaytirib, kimyoviy ishlovning samaradorligini orttiradi.
Idishda tayyorlangan ohak, ohak suti shaklida 1 tonna somonga 2–2,5 m3 me’yorda somonga aralashtiriladi, so’ng unga bug’berib, 1,5–2 soat mobaynida bug’‘lanadi. Somonga ishlov berish vaqti somonni maydalanganlik darajasi, bug’harorati va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. 1 kg somonga 0,30–0,35 kg bug’sarflanadi. Jarayonning yakunida somondan donning yaxshi hidi chiqadi. Sifatli ishlov berilgan somon sariq yashil tusga kirib undan ohak hidi chiqmaydi, yengil uziladi. Somon issiq holatida boshka ozuqalar (silos, konsentrat) bilan aralashtiriladi. Agar somon faqat konsentratlar bilan aralashtirilsa, u 60...65 °C haroratgacha sovitilib, so’ng chiqariladi. 500–600 kg somonga bir vaqtda ishlov berish imqoniyatiga ega qurilma 200 bosh qoramoli bo‘lgan ferma uchun yetarli hisoblanadi.
Ohak va kaustik soda (NaON) aralashmasi yordamida somonga ishlov berish. Bu usulda 1 tonna somonga 15–20 kg so‘ndirilmagan ohak (45–60 kg so‘ndirilgan) va 15–20 kg kaustik soda aralashtiriladi. Ohak va ishqor 1–1,2 m3 hajmli idishdagi suvda eritiladi. Bu eritmaga yana 15 kg miqdordagi mochevinani ham qo‘shish mumkin. Tayyorlash texnologiyasi qo’yidagicha: maydalangan somonni qalinligi 0,5 metrdan qilib eritma bilan aralashtirilib zichlab taxlanadi. Eritmani sochishda dezinfeksiya qurilmalari yoki Suyuq go’ng yig‘gichlardan foydalanish mumkin. Eritma bilan ishlov berilgan somon bakteriYalar ta’sirida qiziy boshlaydi. 4–5 kunda uning harorati 45...50 °C ga ko‘tariladi. Bir necha kun mobaynida ishqor to‘laligicha neytrallashadi va sirka kislotasi hosil bo‘ladi. Somon pH 5,5–6,0 gacha achiydi.
Tajribada somonni organiq tarkibi 69–72 foiz va to‘qimalar 77–82 foizgacha hazm bo‘lishga erishilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |