O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o `zbekiston respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligi


Qo’ylarni Cho’miltirish qurilmasi



Download 34,91 Mb.
bet39/164
Sana09.03.2022
Hajmi34,91 Mb.
#487275
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   164
Bog'liq
Чорвачиликни Мва А УМК-(охирги)

5. Qo’ylarni Cho’miltirish qurilmasi
Qo’ychilikda qo’ylarning ektoparazitlariga qarshi qo’rashish uchun davolash va profilaktika maqsadida yilda 1-2 marta insektoakaritsid suyuqligi bilan qo’ylarni Cho’miltirish muhim va albatta bajarilishi kerak bo’lgan jarayondir. Qo’ylar har xil usulda cho’miltiriladi: suv vannalarida, suyuqlik bilan bosim ostida yuviladi yoki ikki usulda aralash ishlov beriladi.
Qo’ylarni Cho’miltirish da 1 foizli kreolin va 0,25 foizli gexsoxlorandan foydalaniladi.
OKB (osevaya ko’pochnaya vanna) qurilmasi — statsionar qurilma bo’lib, qo’ylarni o’qiy Cho’miltirish vannasida boshi bilan suvga tushirib Cho’miltirish , hamda profilaktika va davolash ishlarini bajarishga mo’ljallangan qurilma binosi va texnologik jihozlardan tuzilgan.
Qurilma binosida qo’ylar uchun Cho’miltirish oldi qo’rasi_1 (8.4-rasm), ishchi qo’ra- 2, Cho’miltirish vannasi-10, qo’ylar cho’miltirilib chiqqandan so’ng qurish qo’rasining ikkita maydoni- 8, foydalanilgan suyuqlik eritmasini tindirish tarmog’i-9 va texnologik jihozlarni joylashtirish uchun maydon mavjud.
Texnologik jihozlar tarkibiga aravacha - 4, o’qiy suvga botirgich, ishchi suyuqlik tayyorlash uchun aralashtirgich- 6, bug’ tayyorlash qozoni- 7, isitish tizimi, nasos stantsiyasi-3, elektr jihozlari va suv tarmoqlari tizimi kiradi.
Cho’miltirish oldi qo’rasi-1 ning uzunligi 16 m, kirish darvozasi­ning kengligi 15 m va qo’ra oxirida qo’raga kirish ishchi darvozasining kengligi 5 m. Kirish darvozalari ikki tomonlama bo’lib, tashqariga ochiladi. Qo’ra devorlari 1,1 m balanddikda va 0,2 m kenglikda beton plita yoki g’ishtdan terilgan bo’ladi. Poli tuproqdan bo’lib, zichlangan. Cho’miltirish oldi qo’rasidan ishchi qo’raga kirish uchun 5 m kenglikdagi darvoza-2 bo’lib, ular qo’ra tomonga ochiladi. Ishchi qo’raning poli betonlangan. Qo’ra ikki tomonidan ham beton bloklardan terilgan, balandligi 1,2 m va kengligi 0,3 m bo’lgan tusiqlar bilan jihozlangan, to’siqlarga tayanch plastinalari yordamida itaruvchi aravacha-4 uchun po’lat relьs yo’l kiritiladi. Qo’raning chap tomonidan boshi va oxirigacha hodalar qotirilib o’nta po’lat sim tortiladi va unga itaruvchi arava elektr dvigatelining yuritmasini ta’minlash elektr simi qisqichlarda sirpanib yuradi. Aravacha ishchi qo’ra-2 bo’ylab relьsli yo’lda harakatlanadi. Uni mexanik-operator boshqaradi. Aravacha-4 ishchi zo-nadagi qo’ylar partiyasini barmoq — itargichlar yordamida ushlab majburan Cho’miltirish vannasiga so’rib boradi. Aravacha-4 ning yuritmasi transmissiya orqali elektr dvigateldan harakat oladi. Ishchi qo’ra oxiridaimoyalovchi fartuklar osilgan to’siq joylashgan. Fartuklar eritmali vannani qo’ylar vannaga tushirib yuborilguncha bekitib turadi. Qo’raning ishchi uzunligi 21 m, kengligi 5 m. Qo’ra to’siqlarining vannaga yaqin tomonidagi ichki qismlari qo’y bilan to’siq devorlari orasidagi ishqalanishni va shu bilan qo’ylarning vannaga harakatlanish qarshiligini kamaytirish uchun metall varaqlar bilan yopiladi. Ishchi eritmali vanna 10 ning tagi va devorlari germetik betonlangan va ikki tomonidan 20 gradus qiyalikda panduslar qo’yilgan. Panduslar cho’miltirilgan qo’ylarning chiqishi uchun mo’ljallangan. Vannaning uzun­ligi 5 m, kengligi 2,5 m va Chuqur ligi 1,5 m. Vanna pastki qismida bug’ quvuri o’rnatilgan bo’lib, u bilan vannadagi eritmani qizdirish uchun bug’ uzatiladi. Vanna ustidagi devorlarga o’qiy shung’itgich montaj qilingan. U mexanik usulda vannadagi qo’yni boshi bilan eritmaga shung’ishini va vannada kerakli vaqt davomida ushlab turishni ta’minlaydi ushlab turish davomiyligini veterinariya xizmatchisi qo’ylarning yoshi va ularning zararlanganlik darajasi bo’yicha belgilaydi. O’qiy shung’itgich payvandlanib tayyorlangan taxta to’shamali tekis platformadir. Qo’ylarni shung’itishda platformani ko’tarish va tushirish gidroyuritma bilan normal rejimda avtomatik ravishda, avariya rejimida esa qo’lda bajariladi. Ishlov berilgan qo’ylarning vannadan chiqishi uchun ikki tomonlama eshiklar mavjud bo’lib, ular ham avtomatik ravishda ochiladi va yopiladi.
Qo’ylar vannadan ikki tomondagi panduslar orqali betonlangan ikki qurish maydonchasiga, so’ng umumiy qurish qo’rasiga 8 ga o’tadi.
Har bir qo’rish maydonchasining uzunligi 11 m va kengligi 8 m. Ular qo’ylarga ishlov bergandan keyin junidan oqib tushadigan ishchi eritmalarni yig’ishga xizmat qiladi. Eritmalar tirqishli to’rdan o’tib tindirgich- 9 da tindiriladi va quvur orqali qaytadan vannaxonaga tushadi. Qo’ylar tindirgich 9 qo’rasidan darvoza orqali tashqariga chiqariladi.
Qo’ylarning harakatlanishi bo’yicha vanna-10 chap tomondan OKB qurilmasining texnologik jihozlarini o’rnatish maydonchasi joylash­gan. Unda ishchi qorishma aralashtirgichi va vannadagi qorishmani qizdirish uchun bug’ qozoni joylashtirilgan. Qozon yoqilgi nasosi va forsunka bilan jihozlangan. Suv qozonga suv xavzasidan nasos stantsiyasi yordamida uzatiladi.
Itaruvchi aravacha 4 qo’ylarni ushlash va vanna 10 ga uzatish uchun mo’ljallangan.
Aravacha-4 ishchi qo’rada relьs yo’lida ilgarilanma (ish holati) va qaytma (salt) yo’nalishlarda magnitli reversli qo’shgich yordamida harakatlanadi. Avariya holatlari sodir bo’lganda aravachani to’xtatishni paketli o’chirgich ta’minlaydi, aravachani ishga tushirish va to’xtatishni esa operator o’z ish joyidan boshqaradi. Hamma jihozlar aravacha ustiga montaj qilingan, yon tomonlariga esa ikkitadan yetaklovchi g’iddiraklar o’rnatilgan. Aravachaning ishchi qo’ra to’siqlariga joylashtirilgan R-15 yoki R-18 relьslarida to’g’ri harakatlanishini ta’minlash uchun g’ildiraklarning har biri qobirg’alar (rebro) bilan jihozlangan. Yetaklovchi g’ildiraklar bir qatorli radial podshipniklarda aylanadi. G’ildiraklarning vtulkalari maxsus rostlovchi halqa bilan qisilgan, ular kerak bo’lganda g’ildiraklar oralig’idagi masofani o’zgartirish imqonini beradi.
Etaklovchi g’ildiraklar jufti asosiy harakatni yuritma qismi orqali oladi. Yuritma qismi turt zanjirli mufta, podshipniklardagi transmissiya vallaridan va yuritma yulduzchalaridan tuzilgan. Aylanma harakat vtulka-rolikli zanjir, RM-250 reduktori, reduktor muftasi, ikki pog’onali o’zatmalar qutisi va o’zatmalar qutisining muftasi orqali uzatiladi. Hamma mexanizmlar va itaruvchi aravacha yetaklovchi g’ildiraklarining yuritmasi 3 kVt quvvatli va 25 s-1 aylanma harakatga ega bo’lgan rotorli A-02-32-4 elektr dvigateli yordamida amalga oshiriladi.
Aravacha ramasi oldida itaruvchi sektsiya joylashgan. U 62 ta trubkali itaruvchi barmoqlardan tuzilgan. Barmoqlar yuqori qismi bilan tayanch podshipniklarda umumiy o’qga joylashtirilgan. Barmoqlar o’qga nisbatan 180° ga burilishi mumkin. Barmoqlar pastki qismining uchlari rezina bilan qoplangan va ular qo’ylarning tuyoqlari qisilib qolishi va barmoqlarning qo’ylarga qattiq tegishining oldini oladi. Barmoqlar pastki qismining ishchi qo’ra poli ustida o’rnatilish balandligi rostlovchi vintlar bilan rostlanadi. Itaruvchi aravacha barmoqlari ustida operator o’rindig’i, ximoya tenti, magnitli reversiv ishga qo’shgich va uzatmalar qutisi dastasi o’rnatilgan taxtali to’shama joylashgan. Ishga qo’shgich aravachani oldinga va orqaga harakatlanishi, uzatmalar qutisi esa aravachaning ishchi (0,2 m/s) va

salt (0,5 m/s) yurishlarini ta’minlaydi. Rama orqasida ballast solingan yashik osilgan bo’lib, u aravachaning massasini ko’paytiradi va qo’ylarning dezinfektsiya suyuqligi to’ldirilgan vannaga harakatlanish qarshiligi ortganda qo’shimcha tiklovchi moment hosil qiladi. Aravachaning relьsda harakatlanishini vanna va ishchi qo’raga kirish darvozasi oldidagi tayanchlar chegaralaydi.
Po’lat uchburchaklardan payvandlanib tayyorlangan platforma 12 ning pastki tomonida qayin yoki eman taxtachalaridan tayyorlangan to’shama bor. Platforma fermaning markaziy qismi fundament tayanchlariga qurilgan ikkita yon va bir markaziy tortqilar yordamida rama bilan sharnirli ulangan. Yon tortqilar ramaga ikkita gidrotsilindr orqali ulangan. Platforma gidrotsilindr va tortqichlar yordamida vertikal ravishda 1,2 m yuqoriga va pastga harakatlanadi. Bunday harakatlanishda platformaning o’zi gorizontal holatda bo’ladi, shu bilan birga uning tagi vannadagi ishchi qorishmaga nisbatan doimo parallel qoladi.
Platformaning gidrotsilindr yordamida harakatlanishi yuritish mexanizmi 13 vositasida bajariladi. Cho’miltirish vannasining o’ng tomonida joylashgan platformaga harakat balka 5 orqali beriladi. Yuritish mexanizmi-13 2,2 kVt quvvatli AOL-32-6 elektr dvigateli, NSH-16 gidronasosi, R-75-VZ zolotnikli gidrotaqsimlagich, moy baki, quvurlvr va avariya ventilidan tuzilgan. Moy yuritish msexanizmi-13 dan platformani ko’tarish va tushirish gidrotsilindriga ramadagi moy quvurlari va yuqori bosimli shlanglar yordamida uzatiladi.
Sho’ng’itish platformasida pasangi ham bo’lib, u ramaga boltlar bilan qattiq qotirilgan ikki yon kronshteyndagi ballast yashikdan tuzilgan. Posangi yuritish mexanizmi va gidrosistemani tasodifiy avariya holatidan himoya lash uchun mo’ljallangan. Qo’ylar platforma yordamida qorishmaga boshlari bilan sho’nqitilgan momentda yuritish mexanizmi yoki gidrotsilindr ishlamay qolsa operator avariya holati uchun mo’ljallangan ventilni ochadi. Gidrosistemada bosim pasayadi va platforma posangi ta’sirida o’zi yuqoriga ko’tariladi hamda vannadagi qo’ylarni qutqaradi.
Cho’miltirish vannasiga kirish oldida to’siq o’rnatilgan bo’lib, unga rezinali tasmalardan tayyorlangan fartuklar osib qo’yilgan. Ular vannani qo’ylardan yashirib turadi hamda qo’ylarni uzatish vaqtida itaruvchi aravachaga va ishchi qo’ra maydoniniga qorishma sachrashidan saqlaydi . Platformaning vanna yon devorlariga qaragan yon tomonlarida Cho’miltirish dan so’ng chiqarishga mo’ljallangan chiqish eshiklari o’rnatilgan. Eshiklar platformaning yuritish mexanizmidan harakatga keltiriladigan gidrotsilindr yordamida ochilib yopiladi.OKB qurilmasi qo’yidagicha ishlaydi. Ish boshlanishidan oldin motorist ko’chma elektr stantsiyani ishga tushiradi, nasos stantsiyasining nasosini qo’shib Cho’miltirish vannasini suv bilan to’ldiradi. So’ng qozonga o’t yoqiladi va uning bug’i bilan vanna 10 dagi suvni isitadi. Veterinar-texnik bilan birgalikda aralashtirgichda geksoxloran kreolinli emultsiya tayyorlaydi va vannaga qo’yadi. Shu vaqt ichida operatorlar Sho’ng’itish platformasi 12 va itaruvchi aravacha 4 qismlarini moylaydi, uzellar va mexanizmlardagi birikmalarni qotiradi hamda ularning ishonchli ishlashini ta’minlash uchun sinchiklab tekshiradi. So’ng ular itaruvchi aravachani vanna oldiga keltirib, sho’ng’itgich platformasini eng yuqorigi holatida joylashtiradi.
Cho’ponlar qo’ylar otarini Cho’miltirish oldi qo’rasi-1 ga haydab kirgizadi, so’ng qo’ylarning bir qismini ishchi qo’ra- 2 ga haydaydi va ikkala qo’ra eshiklarini yopadi. Itaruvchi aravacha 4 operatori uni orqaga salt yo’rishga qo’shib, qo’ra bo’ylab harakatlantiradi. Bu vaqtda aravacha barmoqlari gorizontal holatga burilgan bo’ladi va qo’ylarning orqalarida erkin sirpanadi. Aravacha qaytish masofasiga keltirilgandan so’ng operator uni oldingi (ishchi) yurish holatiga qo’shadi. Aravachaning barmoqlari pastga tushadi va ular aravacha oldinga, ishchi qo’ra bo’ylab harakatlanishida qo’ylar guruxini qamrab oladi. Shu tarzda operator aravachaning harakatlanishi hisobiga qo’ylarni vannaga haydab keladi va qorishmaga itarib yuboradi. So’ng u aravachani orqa yo’rishga qo’shadi va aravacha bilan navbatdagi qo’ylar guruxiga ketadi. Shu paytda o’qiy sho’ng’itgich operatori yuritma 13 mexanizmining elektr dvigatelini ishga tushiradi va gidrotsilindrlarning zolotnikli taqsimlagichini boshqarib qisqa vaqtga platforma 12 ni vannadagi eng pastki holatiga tushiradi. Natijada vannadagi qo’ylar boshlari bilan dezinfektsiyalovchi qorishmaga sho’ng’iydi. So’ng operator gidrosistema yordamida platformani ko’tarib, qo’ylarni kerakli vaqtgacha vannada ushlab turadi, so’ngra gidrotsilindr yordamida vanna eshiklarini ochadi.
Qo’ylar o’zlari vanna 10 dan suzib chiqishadi va pandus (qiya yo’l) bo’ylab ushlab turish qo’rasining maydoniga ko’tariladi. U yerda junlaridan suvlari oqib tushishi uchun ma’lum vaqt ushlab turiladi, so’ng chiqish eshigi orqali tashqariga chiqariladi.
Qo’ra 8 maydoniga tushgan qorishmalar qiyalik bo’ylab tindirgichlarga 9 oqib tushadi va tindirish yo’li bilan tozalanib, quvurlar orqali qayta foydalanish uchun vannaga tushadi.
Kerak bo’lgan hollarda motorist va veterinar-texnik vannaga yana suv qo’shadi, uni isitadi hamda emultsiya tayyorlab vannaga qo’shadi.
Cho’miltirish tugagandan so’ng hamma ishchi-xizmatchilar qo’ra va maydonlarni go’ng va iflosliklardan tozalaydi, axlatlarni yig’ishtiradi va vannadan ishlatilgan qorishmani to’kib oladi.
OKB qurilmasining ish unumi — soatiga 1200 qo’yni tashkil qiladi.



Download 34,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish