O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o `zbekiston respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligi



Download 34,91 Mb.
bet11/164
Sana09.03.2022
Hajmi34,91 Mb.
#487275
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   164
Bog'liq
Чорвачиликни Мва А УМК-(охирги)

C12A bug’lagich aralashtirgich (54chizma) tuzilishi S2 kabi, lekin ayrim konstruktiv va parametrlari farqlanadi.
Bug’‘lagicharalashtirgich sig‘imi 12 m3, ozuqalar aralashti­rishda ish unumi 10 t/s va bug’‘lashda – 5 t/s tashkil etadi. Qa­notli aralashtirgich elementlar C2 kabi birbiriga qarab ayl­anib aralashtiradi. Bug’‘lash uchun bug’sarfi 250–300 kg.Bir kg ozuqaga bug’sarfi 0,28 kgni tashkil etadi. Massasi 6100 kg. O‘lchamlari 4215x2880x2400 mm.90
Nazorat savollari
1.Dag’al ozuqa maydalash mashinalari haqida ma’lumot bering?.
2. Qirqish nazariyasi asoslarini aytib o’ting?
3. Ozuqalarga ishlov berish yo‘nalishlari ma’lumot bering?
4-MAVZU; Chorvachilik fermalarining turlari va umumiy tuzilishi


REJA:
1. Ferma, kompleks va fermer xo’jaliklari fermalarining tasnifi va bosh rejada joylashishi.
2. Bino va qurilmalar.
3. Parrandachilik fabrikalari.
Chorvachilik fermasi - qishloq xo’jalik mollarini boqib aholi uchun chorvachilik mahsulotlari (go’sht, sut, tuxum va boshq.), yengil sanoat uchun homashyo (jun, teri, qoraqo’l va boshq.) yetkazib beradigan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining bir tarmog’idir.
Fermalar mahsulot yetishtirish yo’nalishi bo’yicha naslchilik va mahsulot (tovar) yetishtirish turlariga bo’linadi. Naslchilik fermalari mollarning zotini yaxshi lash, mahsuldorligini oshirish, yangi-yangi zotlarni yaratish bilan shug’ullanadi. Mahsulot yetishtirish fermalari ixtisoslashtirilgan (qoramolchilikda -sut va go’sht tayyorlash, cho’chqachilikda - burdoqiga boqish va reproduktsiyalash, parrandachilikda - go’sht va tuxum yetishtirish, qo’ychilikda go’sht-jun-sut, go’sht-jun tayyorlash va qorako’lchilik) va umumiy yo’nalishlarga bo’linadi.
Chorvachilik kompleksi - bu ishlab chiqarish texnologiyasi asosida ishni ilmiy tashkil qilish, hamda kompleks mexanizatsiyalash bazasida yuqori darajada kontsentratsiyalashgan va ixtisoslashgan ishlab chiqarish bo’lib, elektrlashtirish, avtomatlashtirish va texnologik jarayonlarni uzluksiz tashkil qilish asosida yuqori sifatli Chorvachilik mahsulotlarini yil davomida bir me’yorda ishlab chiqarishga mo’ljallangan Qishloq xo’jalik chorvachiligi korxonasidir. Parrandachi­likda bunday komplekslar parrandachilik fabrikasi deb ataladi.
Chorvachilik mahsulotining turi bo’yicha komplekslar - sut, go’sht, tuxum yetishtirishga; ishlab chiqarish strukturasi bo’yicha - mahsulotning bir-ikki turini ishlab chiqarishga; ishlab chiqarish tsikli tugallangan yoki mahsulotni ma’lum bir bosqichgacha yetkazuvchi (reproduktorlik, yosh buzoqlarni o’sgarish, bo’rdoqiga boqish) va texnologik jarayonlarning ma’lum qisminigina bajarishga ixtisoslashgan bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda chiqarilgan "Fermer xo’jaligi to’g’risidagi" qonuni [1], yangi fermer xo’jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyatini qayta tashkil etish va tugatishning huquq iy asoslarini, jumladan huquq va majburiyatlarini belgilaydi, hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarini tartibga soladi.
Fermer xo’jaliklari uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi bi­lan shug’ullanuvchi fermer xo’jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan va yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ektlardir. Ularni tashkil qilish uchun 30 bosh shartli moli bo’lishi kerak va shunga mos ravishda sug’oriladigan yerlardan 0,3-0,45 ga, lalmikor yerlardan 2 ga gacha yer ajratiladi.
Fermalar, komplekslar va fermer xo’jaliklardagi fermalarning o’lchamlari poda bosh soni va tarkibi bilan belgilanadi.
Ferma, kompleks va fermer xo’jaliklarining qo’rishda namunaviy loyihalar bo’yicha tabiat-iqlim, geologik va tipografiya sharoitlari hisobga olinadi.
1.1-rasmda 400 bosh sog’in sigirga mo’ljallangan qoramolchilik fermasining bosh rejasi ko’rsatilgan [2].

1.1-rasm. 400 bosh sog’in sigirga mo’ljallangan sut-tovar fermasi bosh


rejasi: 1-bir yoshdan katta buzoqlar uchun xona; 2-200 boshga mo’ljallangan sigirxona; 3-buzoqxona, tug’ruq bo’limi bilan; 4-avtotarozi; 5-ozuqa sexi; 6-ozuqa omborlari; 7-vetpunkt: 8-sutxona; 9-suyuqlik yig’gich; 10-go’ng saqlagich; 11-bosimli suv minorasi.

Qurilish uchun yomg’ir va suvlarning oqishi ta’minlangan, tekis yoki janub tomonga qiya (10° gacha) bo’lgan yer maydonlari tanlanadi. Ferma va komplekslar shamolning yo’nalishi aholi yashash uylari tomonidan bo’lgan va bu uylardan uzoqligi 200 m dan kam bo’lmagan masofadagi maydonlarda joylashtiriladi. Yer rel’efiga qo’ra ferma aholi yashash sektoridan pastroqda, ferma territoriyasining o’zidagi asosiy xonalar esa (go’ng saqlagichlardan tashqari) yordamchi xonalardan pastroqda joylashtirila­di. Mollarni yayratish maydonchalari fermaning janub tomoniga joy­lashtiriladi.


Ferma va komplekslardagi imoratlar asosiy (sigirxona, buzoqxona, cho’chqaxona, qo’yxona, parrandaxona va boshq.) va yordamchi (ozuqa sexi, go’ng saqlagich va boshq.) binolarga bo’linadi.
Xonalarning oraliq masofalari qurilish me’yorlari va qoidalari (SNIP-stroitel’nie normi pravila) hamda sanitariya me’yorlari ko’rsatkichlariga mos holda qabul qilinadi. Yer maydonining me’yori sig’imi bosh sigir uchun - 200 m2, ona cho’chqa uchun - 280 m2, bo’rdoqi cho’chqa uchun -30 m2, qo’y uchun - 20 m2 gacha belgilangan.
Ishlab chiqarish binolari, yashash uylari va komplekslar oralig’ida sanitariya-ximoya zonasi ko’zda tutiladi. Uning kengligi mollarning bosh soniga qarab qoramolchilik fermalarida 100, 150 va 200 m. ni, cho’chqachilik fermalarida - 200, 250 va 500 m. ni tashkil qiladi. Sanitariya-himoya zonasi obodonlashtirilgan va ko’kalamzorlashtirilgan bo’lishi kerak.

Download 34,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish