Dunyo aholisining geografik va antropologik klassifikatsiyasi
Har bir fan tarm o g i uning asosiy tadqiqot predmeti to ‘g‘-
risidagi maium otlarni yigish va ularni tizimlashtirish hamda
klassifikatsiyalashdan boshlanadi. Lekin, klassifikatsiyalash bar
cha uchun umumiy va turli maqsadlarni o ‘zida qamrab olgan
b o im o g i hamda uning tabiatiga ko‘ra klassifikatsiya qilinayot-
gan obyektining tuzilishini to iiq aks ettirgan holda mavjud
prinsiplar (tamoyillar) va dasturlarga mos kelm ogi zarur.
Odatda, klassifikatsiyalash natijasida qator yangi qonunlar va
qonuniyatlar, nazariyalar va konsepsiyalar yaratiladi. Bu m a’no
da etnologiya fani ham mazkur qoidalardan mustasno emas.
\Dunyo xalqlari ham m aiu m bir shaklda etnik tasniflashni talab
qiladi. Dunyo xalqlari geografik joylashuvi, antropologik tuzilishi,
til mansublik guruhi hamda xo‘jalik an’analariga ko‘ra tasniflanadi.
XIX asr oxirida nimis olimlari (L. Frobenius, F. Grebner va
boshqalar) va keyinchalik amerikalik antropologlar (K. Uissler, A.
Kryober) dunyo mintaqalarini madaniy rivojlanish «madaniy
mintaqalar», rayonlariga boiish usulini ishlab chiqqanlar. Sobiq
SSSR etnografiyasida ushbu ilmiy an’ana «xo‘jalik madaniy tip -
lari» «tarixiy-madaniy viloyatlar» kategoriyalarida o‘z aksini top-
gan. Bu borada mashhur rus etnograflari V.G. Bogoraz, S.P. Tolstov,
M.G. Levin, N.N. Cheboksarovning ishlarini alohida ko‘rsatib
o ‘tish joizdir. To‘g‘ri, bugungi kunda bunday tasniflanish ayrim
G ‘arb olimlari tomonidan jiddiy tanqid ostiga olinishiga qaramay ha-
nuzgacha ilm olamida butkul o‘z mavqeini yo‘qotgan deb bo'lmaydi.
Geografik klassifikatsiya xalqlarning bevosita yashayotgan
mintaqalari bilan b o g iiq tarzda yaratiladi. Geografik tasniflash
natijasida turli xalqlar yashagan hudud shartli ravishda geografik
regionlar nomi bilan ataladi. Xuddi shunday tarzda « 0 ‘rta Osiyo
xalqlari», «Sharqiy Yevropa xalqlari» kabi nomlar paydo bo‘lgan.
Bunday shaklda xalqlarni tasniflash faqatgina geografik tasniflash
uslublari etnik prinsiplar bilan m a’lum m a’n o d am o s kelgan
taqdirdagina bajariladi. Xalqlarni bunday holda tasniflash prin-
siplari, garchi fanda keng qo‘llanilishiga qaramay, xalqlarning
kelib chiqishi, ularning shakllanishi, xo‘jalik yuritish an ’analari,
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti muammolariga to ‘la javob bermaydi.
Biroq, bu usul xalqlarni turli hududlar bo‘yicha umumlashtirish
va etnoslami turli hududlar bo‘yicha taqsimlagan holda tasniflash
imkonini beradi. Shu boisdan ham bunday tasniflash yordamchi
xususiyat kasb etadi. U xalqlarni guruhlashtirishdagi boshqa
m e’yorlar bilan mos kelgandagina, ya’ni boshqachasiga, katta-
katta mintaqalar misolidagina qo'llaniladi. Xalqlarni tasniflash ichki
viloyatlardan voz kechishni talab qiladi.
Dunyodagi barcha mamlakatlar tomonidan qabul qilingan
yagona geografik tasniflash mavjud emas. Bu borada eng sodda
bo‘linish sifatida Avstraliya va Okeaniya xalqlari, Osiyo xalqlari,
Amerika xalqlari, Afrika xalqlari, Yevropa xalqlari deb b o ‘li-
nishni keltirishimiz mumkin.
Xo‘jalik madaniy tiplar — jahon xalqlarining ibtidoiy jamiyat
davri (qadimgi tosh, bronza va tem ir asrlari)dagi ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyoti, turlicha tabiiy sharoitda joylashishi va
moslashishi ular hayotida turli ti pdagi xo‘jalik-madaniyatlami
vujudga keltirgan edi. Xo‘jalik-madaniy tip lar dastaw al muay-
yan jamiyatda ustuvor ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lib, har xil
bir tarixiy davrda kishilarning tevarak-atrofdagi muhit bilan
aloqa xarakterini belgilaydi.
Kishilarning mashgculoti va ishlab chiqarish qurollari, turar
joylari va uy-ro‘zg‘or jihozlari, taomlari va kiyim-kechaklari,
transport vositalari va boshqa tiplari asosida, muayyan jamiyat-
ning ijtimoiy tuzum ini ham aniqlash mumkin. M a ’naviy
madaniyat xususiyatlari, xalqning asosan, urf-odatlari, tasviriy
san’ati, e’tiqodi va folklorida yorqin namoyon b o ‘ladi. Xo‘jalik-
madaniyti planning birligi va o‘zaro bog‘liqligi muayyan ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyoti va bir-biriga yaqin geografik muhit bilan
bog‘liq bo‘lib, o ‘zgaruvchan xarakterga ega.
Eng qadimgi davrlarda paydo bo‘lgan etnoslarning xo‘jalik-
madaniy tip i issiq tropik va subtropik iqlimli o ‘lkalardagi
ovchilik, termachilik va sohillardagi baliqchilikdir. Namli tropik
va subtropik joylarda ikkinchi madaniy-xo'jalik tipi, ichki issiq
iqlimdagi qo‘l mehnatli dehqonchiligi tarqalgan bo‘lib, bunga
qisman ovchilik-terimchilik va baliqchilik xo‘jaliklari yordamchi
hisoblangan. Iqtisodiyot va texnika taraqqiyotida yangi sifat yaratgan
uchinchi m adaniy-xo‘jalik tip i motiga dehqonchiligi bilan
chorvachilik qo'shilishi natijasida paydo bo‘lgan.
Keyingi davrdagi fan-texnika taraqqiyoti butun jahondagi
an ’anaviy xo‘jalikmadaniy tiplarga jiddiy o ‘zgartirishlar kiritdi.
Yevropa va Amerikadagi eng rivojlangan mamlakatlarda aholining
ko£pchiligi industrial sohaga jalb etildi, an ’anaga aylanib qolgan
qishloq xo'jaligi o ‘rniga yuksak taraqqiy etgan tovar dehqonchiligi
va intensiv chorvachilik, plantatsiyali qishloq xo‘jaligi paydo
bo‘ladi. XX—XXI asrning boshlarida an ’anaviy xo‘jalik-madaniy
tiplar barham topaboshladi va saqlanib qolgan belgilari yangi
mazmun bilan boyimoqda.
Xalqlarni antropologik klassifikatsiyalash. Vatanimizda va
xorijda e’tirof etilgan ilmiy an’anaga ko‘ra antropologiya fan sifatida
insoniyatning kelib chiqish tarixi, uning evolutsiyasi, irqlarning
kelib chiqishini hamda turli xalqlarning morfologik va jismoniy
xususiyatlarini o ‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |