O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tdpu termiz filiali Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi



Download 0,75 Mb.
bet2/25
Sana05.09.2021
Hajmi0,75 Mb.
#164814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Azimbek

USLUBIY QO’LLANMA

Ushbu uslubiy qo’llanmada bolalar nutqini o’stirishda tarbiyachidan o’ziga xos bilim va malakani talab qiladi.

Bunda bolalarning xarakter-xususiyatlari, fel-atvorlari, zehni, psixik xususiyatlarini inobatga olib, har biriga alohida individual yondashish hamda bir maqsad va vazifani amalga oshirishni ko’zlab ish ko’rish talab etiladi.

Maktabgacha ta’limda sahnalashtish va ijodiy faoliyatga o’rgatishning ham o’ziga xos usul va uslublari, pedagogik jarayonlari mavjud.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ijodiy faoliyatning ahamiyati yorqin namayon bo’ladi.

Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-tarbiyachilariga ilmiy-amaliy ko’maklashish maqsadida tayyorlandi. Tavsiyalarda metodik aniqlikka, uslubiy soddalikka e’tibor berildi.

Taqrizchi: Sh.O’.Qosimov TDPU Termiz filiali direktor o’rinbosari. Dotts

Tuzuvchi: M.G’.Mamatmo’minova TDPU Termiz filiali maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi.

Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma Nizomiy nomli TDPU Termiz Filialining ilmiy kengashida ko’rib chiqilgan.

KIRISh

Er yuzida ongli mavjudodlar paydo bo’lgandan buyon yosh avlodga g’amxo’rlik qilish va ta’lim-tarbiya berishni o’z oldiga maqsad qilib olganlar.Bu ishni to’g’ri amalga oshirish uchun asrlar davomida turli qarorlar va qonunlar qabul qilinib.ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bugungi kunda malakatimizda ta’lim-tarbiyani zamonaviy talablar darajasiga ko’tarish yo’lida izchil ish olib borilmoqda. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimining bosh maqsadi ijtimoiy-gumanitar fanlarni puxta biladigan, huquqiy savodxonligi yuqori bo’lgan, jahon maydonida o’z bilimi orqali raqobatlasha oladigan, o’zining fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan, Vatani hamda millatiga nisbatan mehr-muhabbat tuyg’ularini namoyon eta olish,jasurlik , mardlik hislatlarini maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarida shakllantirishga yo’naltirilgan.

Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning eng asosiy birinchi bo’g’inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko’ra, inson o’z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 7 yoshgacha bo’lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog’lom va bilimli, etuk kadrlar bo’lib voyaga etishida maktabgacha ta’lim tarbiyasi juda muhim o’rin tutadi.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoev bu tizimga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu masalaga doir bir necha yig’ilish o’tkazildi, tarixiy qarorlar qabul qilinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida 2017 yil 16 avgust kuni bo’lib o’tgan yig’ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to’la qamrab olish bo’yicha muhim vazifalar qo’yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat — O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi - faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-3305-sonli Qarori imzolangan.

Mazkur sohani takomillashtirish maqsadida qabul qilingan dasturda maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo’g’ini sifatida, bu jarayonda maktabgacha ta’lim muassasalarining bolalar huquqiy savodxonligini shakllantirishdagi o’rni hamda, respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi ekanligi ta’kidlangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2707-sonli Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bola huquqlariga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ta’lim sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari 2020 yil 23-sentyabrda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risidagi Qonun”da ham belgilab berildiki 6-7 yoshli bolalarni to’liq maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilish.Bu ham biz pedagoglarning zimmamizga yuklangan ma’suliyatdir.

“Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo’g’in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta o’rni va ahamiyatini e’tiborga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etdik,-deydi Prezident Sh.Mirziyoev- Biz ushbu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin 3-4 yilda bog’chalar qurishimiz, ta’lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko’tarishimiz lozim”.

Demak, Prezident bu sohani alohida nazarda tutadilar.

Buni quyidagi fikrlari ham yana bir bor tasdiqlaydi.

“Halqimizda” ta’lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan hikmatli bir so’z bor. Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga etaklaydi.Shu sababli ta’lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi printsipiga asoslanishi, ya’ni ta’lim bog’chadan boshlanish va butun umr davom e’tishi lozim.” Ana shu nuqtai nazardan olib qaralganda, bola nutqini shakllantirish masalalari uslubiyatchi, mudira va tarbiyachining doimiy diqqat markazida turadi. Chunki bola nutqini o’stirish va shakllantirish tarbiyachining asosiy va ajralmas, tarkibiy qismidir.

Bola nutqini ustirish uchun biz ko’proq badiiy adabiyotga murojat qilishimiz lozim. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalar nutqini shakillantirishga yo’naltirilgandir.

Uslubiyatning asosiy vazifasi ilmiy-pedagogik asosda nutq o’stirishning ancha samarali vositalari, uslub va usullarini ishlab chiqish, ular bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarini qurollantirishdir.Bu usullar bilan qurollangan tarbiyachi,tabiiyki, bolalarda zarur nutqiy ko’nikma va qobiliyatni yuksak muvaffaqiyat bilan rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Shunday qilib, maktabgacha tarbiya tizimida bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish dolzarb masalalardan biri bo’lib, bugungi kunda o’ziga xos muommalariga egadir.Shuning uchun ham biz quyida ilg’or tajribalarga tayangan holda maktabgacha tarbiyada bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish ishlarining hususiyatlarini aniqlash va uni takomillashtirishdir.



I BOB. BOLALARNI IJODIY FAOLIYATGA O’RGATISH MAQSAD VA VAZIFALARI


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish