№1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
“O’ZBEKISTON TARIXI” kafedrasi
O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI fanidan
sessiya oralig‘i vazifalari
Variant №1
TOSHKENT-2020
TOPSHIRIQLARNI BAJARISH TARTIBI:
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo‘yicha sessiya oralig‘i vazifalari varianti jami 5 ta topshiriqdan iborat.
Barcha topshiriqlarning javobi elektron shaklda, Microsoft Word dasturida tayyorlanadi va platformaga yuklanadi. Matn shrifti “Times New Roman”, 14 o’lchamda, kirill yoki lotin alfavitida, qatorlar oralig’i 1–1,15 intervalda bо‘lishi lozim.
Har bir topshiriqqa yozilgan javobning hajmi 1 betdan kam, 2 betdan ko’p bо‘lmasligi zarur.
ESLATMA:
Topshiriqlarni bajarish jarayonida internet yoki elektron shakldagi boshqa manbalardan foydalanish mumkin. Ammo, shundayligicha ko‘chirib olinib tahrir qilinmasdan platformaga yuklab qo‘yilgan ishlar baholanmaydi. Javoblarda aniq tarixiy fakt, sana va albatta shaxsiy fikr-mulohazalar bo‘lishi talab etiladi.
Baholash mezonlari:
Yuqorida ko’rsatilgan talablar doirasida bajarilgan har bir topshiriq 10 ballik tizimda baholanadi.
1-TOPSHIRIQ
|
10 ball
|
2-TOPSHIRIQ
|
10 ball
|
3-TOPSHIRIQ
|
10 ball
|
4-TOPSHIRIQ
|
10 ball
|
5-TOPSHIRIQ
|
10 ball
|
JAMI:
|
50 ball
|
Topshiriqni bajarmagan talaba YAKUNIY NAZORAT (imtixon)ga qo’yilmaydi. Yakuniy nazorat 50 ballik tizimda og’zaki, yozma ish yoki TEST shaklida o’tkaziladi (Yakuniy nazoratni o’tkazish shakli va tartibi pandemiya sharoitidan kelib chiqqan xolda universitet o’quv bo’limi tomonidan hal qilinadi).
100 ballik tizim doirasida 60 dan past natija ko’rsatgan talaba “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan qarzdor hisoblanadi.
1-TOPSHIRIQ:
O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqilikka erishish ostonasida” asarining qisqacha mazmunini yoriting.
2-TOPSHIRIQ:
Quyidagi mavzu bo’yisha 20 ta test savollari tuzing (to’g’ri javobni D variantga joylashtiring).
MAVZU: O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
3-TOPSHIRIQ:
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sanoatning rivojlanishini o‘zingiz yashab turgan hudud (shahar, tuman yoki viloyat) misolida yoriting.
4-TOPSHIRIQ:
O‘zbekistonda Ijro etuvchi xokimiyat tizimidagi islohotlar haqida ma’lumot yozing.
5-TOPSHIRIQ:
Ma’naviyat va ma’rifat deganda Siz nimani tushunasiz? Bu borada O‘zbekistonda qanday ishlar amalga oshirildi? O‘z hududingiz (tuman, shahar yoki viloyat) misolida yoriting.
Do'stlaringiz bilan baham: |