76
ravishda safarbar bo‘lgani milliy ma’naviyatning yuksalib borayotganidan dalolat
beradi. Aql-idrokli, fahm-farosatli har bir odam insoniyat, tabiat, hayvonot, qushlar
olamidan, xullas, barcha narsadan o‘ziga tegishli saboq oladi. O‘zbeklar tarixdan
dono, zukko, ma’naviy jihatdan yuksak xalqdir. Binobarin, xalqimiz bosib o‘tilgan
islohotlar jarayonida iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, bozor iqtisodiyoti va
boshqa sohalar bo‘yicha tegishli ma’naviy saboqlar
olganligi aniq va ravshan
haqiqatdir. Darhaqiqat, faqat ma’naviy erkin ozod xalq teran va komil tafakkur
tufayli har sohada katta yutuqlarga erishishi mumkin. Islohotlar jarayonida
erishilgan muayyan muvaffaqiyatlar ma’naviyat ozodligi va erkinligining tantanasi
tufaylidir.
Shuning uchun o‘zbek xalqining milliy ma’naviyatini
yuksaltirish masalasi
davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masala qilib qo‘yildi. Shu savollarga aniq javob
topish va bu sohadagi masalalarni tadbiq etish islohotlar jarayonida muhim va
dolzarb muammodir. O‘zbekistonda mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan
«ma’naviyat» so‘zi bilan aloqadorlikda bo‘lgan «ma’naviy taraqqiyot», «ma’naviy
borliq», «ma’naviyatsizlik», «ma’naviy uyg‘onish», «ma’naviy poklanish»,
«mustaqillikning ma’naviy asoslari» kabi so‘z va so‘z birikmalari tez-tez ishlatila
boshladi. Garchi «ma’naviyat»
atamasi rasmiy hujjatlar, ilmiy adabiyotlar,
matbuotda ko‘proq ishlatilayotgan bo‘lsada, ilmiy tushuncha sifatida etarli
darajada tadqiq qilinmagan va ochib berilmagan. Yaqin o‘tmishda turli xil falsafiy
lug‘atlarda bu so‘zga hatto joy ham topilmagan. Moskvada 1983 yil nashr qilingan
«Falsafiy ensiklopediya slovari»da ham bu haqda so‘z yuritilmagan. Ayni paytda
ma’naviyat va undan kelib chiqqan birikmalardan
foydalanish doirasining
kengayishi uning lug‘aviy va atama sifatida mazmunining tez boyib borishiga
imkon yaratdi. Bu ma’naviyatni mustaqil ilmiy tushuncha sifatida va uning
«ma’naviyat», «ong», «tafakkur», «dunyoqarash» kabi tushunchalar bilan o‘zaro
aloqasi shuningdek, badiiy, siyosiy, ahloqiy qadriyatlar tizimidagi o‘rnini
o‘rganish va ular o‘zaro munosabatlarini tahlil qilishni taqozo qiladi. Ma’lumki,
ma’naviyat so‘zi rus tiliga «duxovnost» deb tarjima qilinadi. Lekin ma’naviyat rus
tilidagi «duxovnost»ga
nisbatan kengroq, ko‘p qirrali mazmunga ega. Uning
77
tushuncha sifatida qator tarixiy davrlar mobaynida shakllanishiga islom falsafasi,
kalom ilmi, so‘ngroq tasavvuf o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Sovet davrida «ma’naviyat» -
«duxovnost» so‘zlari moddiy ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan
ahloqiy, diniy normalar, e’tiqod,
qarashlar va amaliyotni, inson va jamiyatning
aqliy faoliyati natijalarini ifodalash uchun ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: