"Erkin fuqaro ma'naviyatini, ozod shaxsni shakilantirish masalasi
oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir.Boshqacha aytganda, biz о 'z haq-
huquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir
bo'layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni
zamonda, shaxsiy manfaatlarini mam-lakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un
holda ko'radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz
kerak»'.
Prezidentimizning
Islom
Karimovning
Milliy-Ma‘naviy
tiklanish
konsepsiyаsida ilgari surilgan g‗oyalar bugungi kunda milliy ma‘naviyatni
rivojlantirish davlat siyosatida ustuvor vazifa sifatida belgilanishga xizmat qilib
kelmokda.
Islom Karimov o‗z asarlarida mamlakatimizda milliy ma‘naviyatni tiklash
va rivojlantirish davlat siyosatida ustuvor vazifa ekanligiga e‘tiborni qaratib,
quyidagi konseptual g‗oyani ilgari suradi. U shunday yozadi: «Oldin odamlarga
moddiy boylik berish, so‗ngra ma‘naviyat to‗g‗risida o‗ylash kerak deydiganlar
haq bo‗lmasa kerak. Ma‘naviyat — insonning, xalqning, jamiyat, davlatning kuch-
qudratidir. U yo‗q joyda hech qachon baxt-saodat bo‗lmaydi...».
Bu kabi savollarning son-sanog‗i yo‗q. Mana shularning o‗zi ham milliy
ma‘naviyatimizning naqadar toptalganligini ta‘kidlovchi misollardir.
Bunday imkoniyatlarni qo‗lga kiritishimizda xalqimiziing sevimli farzandi,
ulkan davlat va siyosat arbobi, yetuk olim, vatanparvar va millatparvar inson
otamiz Islom Karimovning yetakchilik va rahbarlik roli asosiy rol o‗ynadi.
Mustaqillik yillari Qur‘oni Karim o‗zbek tiliga tarjima qilinib, ko‗p nusxada
chop etildi. Imom al-Buxoriyning to‗rt jildlik hadislarini chop etish tugallandi. Xoja
Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar» to‗plami chop etildi.Ko‗plab Qur‘oni Karim
sharhlariga oid kitoblar ham chop etilganligini va ulardan xalqimiz bahramand
bo‗layotganligining guvohi bo‗lib turibmiz.
Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon hayit kunlari Diniy
qadriyatlarimizning bayrami sifatida nishonlanmoqda. Navro‗z umumxalq bayrami
sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam o‗rin oldi.Har yili 3000 dan ortiq
vatandoshlarimiz muborak haj safarlarini ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari
ko‗plab masjid va madrasalar ta‘mirlandi.
Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi. Amir
Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug‗bekning esa 600 yilligi keng
nishonlandi va shu munosabat bilan yurtimizda beqiyos ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar
amalga oshirildi.
Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz kurashchilari Abdulla Qodiriy,
Cho‗lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Behbudiy va boshqalarning nomi tiklandi, asarlari
chop etildi, ular tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlandi.
Qatag‗on yillarida millatimiz mustaqilligini ta‘minlash yo‗lida qurbon
bo‗lgan xalqimizning ana shu sevikli farzandlarining muborak nomlarini
abadiylashtirish maqsadida Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida Shahidlar
hiyoboni barpo ztildi.
Uzoq tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra ma‘naviyatimizdan guvohlik
beruvchi Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik to‗ylari 1997 yidda katta
tantanalar bilan nishonlandi.
2000 yili esa ilohiyot ilmining darg‗asi Abu Mansur al-Moturidiyning
muborak yubileyi muvaffaqiyatli ravishda nishonlandi. 2001 yilda esa yana bir
ulkan merosimiz hisoblangai «Avesto»ning 2700 yilligi va 2002 yilda Termiz
shahrining 2500 yilligi nishonlandi.
Bugungi kunda mamlakatimizning eng iqtidorli 2000 dan ortiq yoshlari
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning oliy o‗quv yurtlarida ta‘lim olmoqdalar.
«Mahalla», «Kamolot». «Sog‗lom avlod uchun», «Nuroniy», «Ulug‗bek»,
keldi.
Demak, ma‘naviyat insonning insoniylik mohiyatini belgilovchi o‘zak
tomiri, insonni mustaqil shaxs sifatida qiyofalanishining bosh manbai desak,
ma‘naviyatiga bevosita aloqador bo‘lib qoladi. Masalan, xalqimiz 1300 yil ilgari
islom dinini qabul qilgan bo‘lsa, demak, bu e‘tiqodning asos manbalari bo‘lmish
Qur‘oni karim va Hadisi shariflarsiz milliy ma‘naviyatimizni tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Imomi A‘zam, Imom G‘azzoliy, Ibn al-Arabiyning ma‘naviy merosi
haqida ham shunday deyish mumkin.
Aslida milliy ma‘naviyat nazariyasini yaratish uchun qaysi manbalarga
tayanish, uning asoslarini qaerlardan qidirish kerakligi Prezident asarlarida
avvalboshidanoq aniq ko‘rsatib berilgan edi va yangi kitobda yana birma-bir sanab
chiqilgan. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk ajdodlarimiz merosidir.
1
Karimov I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q.. 9-bet.
yanglishmas ekanmiz. Millat ma‘naviyati esa o‘tmishda, bugun va kelajakdagi
tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz»1.
«Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma‘naviyati orqali bilamiz,
mumkin. Shu bilan birga ajdodlarimiz yana qaysi manbani o‘z ma‘naviyatlarini
«Umid», «Ustoz» kabi jamg‗armalar ham Prezidentimiz tashabbusi bilan vujudga
shakllantirishga asos qilib olgan bo‘lsalar, o‘sha manbalar ham millat
ushbu millatga aloqador barcha shaxslar ma‘naviyatining majmuidan iborat, deyish
jihatidan juda katta vazifalar turibdi. Biz millatimiz tarixi va merosini chuqur
Shuning bilan bir qatorda milliy-ma‘naviy tiklanish borasida ko‗lami
o‗rganishimiz lozim bo‗ladi. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek,
Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan meros – milliy ma‘naviyatimiz
nazariyasini shakllantirish uchun butun kerakli unsur va tarkiblarni yaratib qo‘yipti,
faqat uni xolis nazar bilan astoydil qidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki
yillaridan boshlab muntazam davom etib kelayotgan qutlug‘ an‘ana – ulug‘
bobolarimiz, dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o‘z muqaddas
mulki deb tan olgan ma‘naviy meros sohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon
miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala – milliy
ma‘naviyatimiz sarchashmalariga butun xalqimiz va, birinchi navbatda, yosh avlod
e‘tiborini jalb etish maqsadini ko‘zda tutadi.
Demak, milliy ma‘naviyatni biz qandaydir o‘zga yurtlarda yaratilgan falsafiy
qarashlardan, sobiq Sho‘rolar davrida bizga tiqishtirilgan uydirma mafkuralardan
keltirib chiqarishga urinmay, o‘z xalqimiz va millatimizning azaliy qadriyatlariga
murojaat
Milliy ma'naviyatda - milliy manfaat ham muhim rol o'ynaydi. Sobiq
Sho'rolar davrida milliy manfaatni millatchilikka yo'yganlar va milliy manfaat
yuzasidan harakat qilgan kishilarni, rahbarlar va yozuvchilarni millatchi deb
badnom
etganlar.
O'zbek xalqi uchun umuminsoniy ma'naviyat bilan birga milliy ma'naviyat va uning
boyliklari ham g'oyat qimmatlidir. Bularga o'zbek xalqining o'zi yaratgan, boyitgan,
saqlab kelayotgan, avloddan-avlodga o'tib, boyib, sayqal topib, rivojlanib
borayotgan milliy-ma'naviy boyliklar, ajdodlardan qolgan axloqiy an'ana,
marosimlar, axloqiy pand-nasihatlar va hokazolar kiradi.
O'rta Osiyolik mutafakkirlarning ilmiy merosida, manbalarda o'zbeklarda
qadrlangan, o'zbekona axloq, odobga oid ma'naviy fazilatlar haqida ko'plab
qimmatli fikr, ma'lumotlar mavjuddir.Zahiriddin Muhammad Bobur o'zining
«Boburnoma» asarida o'zbeklarga xos bo'lgan ko'plab ma'naviy-axloqiy sifatlarni
tasvirlaydi. Bular iymon va e'tiqodlilik, andishalilik, oilaga muhabbat, bolajonlik,
halollik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, farzandlarning ota-onalariga, aka-uka,
opa-singil, qarindosh-urug'lariga mehribonligi, diniy qadriyatlarga rioya qilish,
savodxonlik, sahovatlilik, xushfe'llik, shirinso'zlik, mardlik, odillik, hayolilik,
sahiylik, odamiylik, oq ko'ngillilik, mehnatsevarlik va boshqalardir.
O'rta Osiyoga sayohatga kelgan German Vamberi «Buxoro yoxud
Mavorounnahr tarixi» asarida Oltin O'rdadagi o'zbeklarning musulmoncha
tarbiyalanganini, savdo-sotiqda og'ir vazminligini, oq ko'ngillilik va samimiyligini,
kamgapligini,
sadoqatliligini,
dovyurakligini,
shinavandligini,
oilaviy
munosabatlarda pokligini, mulohazaliligi, andisha bilan to'g'ri so'zlashishini, ota-
onaga hurmati va e'tiqodi kuchliligini, birinchi bo'lib o'tirmaslik va birinchi bo'lib
so'zlashmasligini, mug'ombirlikni bilmasligini, dinga e'tiqodi kuchli bo'lib, bu
jihatdan anatoliyali turklarga
o'xshashligini ko'rsatgan.
O'zbek xalqining hozirgi milliy ma'naviyati va qadriyatlari o'tmish milliy
ma'naviyatining davomi bo'lib ularga do'stlik, o'rtoqlik, mehmondo'stlik,
odamgarchilik, insonparvarlik, axloqiy teranlik, tadbirkorlik, fazilatlilik, saxiylik,
xushmuomalalilik, jamoa ichida o'zini tuta bilishlik, hayolilik, sizlab muomala
qilish, ozodalik, xushchaqchaqlik, xushfe'llik, mardlik, samimiylik, lutfi karamlilik,
ro'zg'orparvarlik, shirinso'zlik, tashabbuskorlik, ona-yurt va xalqiga muhabbatlilik,
insoflilik, diyonatlilik, rostgo'ylik, halollik, oru-nomuslilik, to'g'rilik, rejalilik,
poklik, sabr-andishalik, vazminlik, hojatbarorlik, ota-ona va kattalarni hurmat qilish,
mehnatsevarlik, o'tmishga hurmat, insoflilik, iymonlilik, milliy g'urur, mustaqillikni
qadrlash, vatanparvarlik, millatparvarlik va boshqa milliy, ma'naviy - axloqiy
fazilatlar kiradi.
Millat, xalq bor ekan uning ma'naviy dunyosida milliy jihatlar doim saqlanib
qoladi. O'zbeklarning milliy ma'naviyati, erkak va ayollarning o'ziga xos sharqona
axloqiy fazilatlari, ota-ona, farzandlar, qo'ni-qo'shnilar, mahalla-ko'y aloqalari,
halollik, iymon, vijdon bilan bog'liq ma'naviyati faqat o'tmish sadosi emas, balki
hozirgi kun uchun ham xosdir.
O'zga millatlarning ma'naviy qadriyatlari qanchalik ta'sir ko'rsatmasin
kattalarga, ota-onaga hurmat, kamtarlik, halollik, iymon, mehnatsevarlik,
mehmondo'stlik singari milliy ma'naviy fazilatlarimiz barqarordir.Chunki bu
ma'naviy xislatlar avloddan-avlodga o'tib qon-qonimizga singib ketgan. Ayollarimiz
qanchalik zamonaviylashmasinlar, ular hayo, ibo, nomus bobida, oila, qarindosh-
urug'larga nisbatan munosabat bobida sharqona, o'zbekona fazilatlarni tark
etmaydilar. Millat bor ekan, uning ma'naviyati saqlanib qoladi va rivojlanaveradi
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ota-onani, yoshi ulug'larni va kichiklarning
izzatini o'z o'rniga qo'yish, hurmat qilish ham milliy ma'naviyatimizga kiradi. Bu
yo'l istiqlol va istiqbol muammolarini o'tmishning boy tajribasi bilan bog'lashga
yaqindan yordam beradi.
Odatda kishilar ko'pincha ikki ishda katta xatoga yo'l qo'yadilar.Birinchisi -
yoshlarni hali yosh deb, ularga ishonmaganida, ikkinchisi - keksalarni qariya deb
chetga surib qo'yganida. Yoshlarda kelajakka intilish bilan bog'liq bo'lgan katta
tashabbus, kuch va g'ayrat bo'ladi. Keksalar esa hayot yo'lida ko'p issiq va sovuq
kunlarni boshdan kechirib, boy tajriba orttirgani uchun ularda uzoqni o'ylab,
bosiqlik bilan ish qilish, yetti o'lchab bir kesish singari ma'naviy boylik va yetuk
tafakkur salohiyati bor. O'zbeklarning «qari bilganni pari bilmas», degan hikmatida
ko'p ma'no bor. Yoshlarning tashabbusi, kuchi, g'ayrati keksalarning boy hayotiy
tajribasi bilan bog'langandagina yaxshi ijobiy samara beradi. Keksa avlodning
bilimi, hayot tajribasi yoshlar uchun ma'naviy kamolot va ibrat maktabidir. Keksa
avlodning hayot tajribasini mensimaslik hamma davrlarda ham jamiyat uchun
falokatli oqibatlarga olib kelgan. Chunonchi, 1920-30 yillarda hali hayotda biror
og'ir saboqni ko'rmagan, baland-pastni bilmagan 15-17 yoshlik komsomollar ko'plab
ishbilarmon, mehnatsevar dehqonlarni quloq qilish, molu-mulkini musodara etib,
uzoq yerlarga badarg'a qilish vazifasini o'z zimmasiga olgani xam katta iqtisodiy,
ijtimoiy, ma'naviy bo'xronlarga sabab bo'ldi. Hozir ham keksalarning qadriga
yetmaydigan, ularni mensimaydigan yoshlar oz emas.Bu o'zbek milliy
ma'naviyatidagi salbiy bir hol, ko'rinish.Uning oldini olish zarur.Sovet totalitar
tuzumi sharoitida ma'naviy-axloqiy fazilatlarning milliy jihatlari, an'analarini inkor
etish yoki kamsitish kuchaydi.Ularni ma'naviy qoloqlik ifodasi sifatida talqin etildi.
Sharq xalqlarining, jumladan o'zbek xalqining ming yillik ma'naviy boyliklarini
o'zida mujassamlashtirgan hadislar, shariat hukmlari diniy xurofat sifatida qoralandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |