O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus Ta`lim Vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika Universiteti Boshlang`ich ta`lim fakulteti


Boshlangich sinf o`quvchilarning milliy iftixor ruhida tarbiyalashda Amir Temur o'gitlarining tutgan o'rni



Download 367,74 Kb.
bet3/5
Sana13.07.2022
Hajmi367,74 Kb.
#790356
1   2   3   4   5
2.Boshlangich sinf o`quvchilarning milliy iftixor ruhida tarbiyalashda Amir Temur o'gitlarining tutgan o'rni
“Temur tuzuklari”da do'stlik, vafodorlik, imon va e'tiqod, kasb –hunar va boshqa insoniy fazilatlarga rioya qilish to'g'risida fikr yuritiladi, fuqarolarning shariat qonun –qoidalariga buysunish lozimligi aytib o'tiladi, qozilarning qonunlarga to'la amal qilish, tartibbuzarlarni ayamay jazolash, sipohlar va askarlarni saqlash va ularga oziq –ovqat, maosh to'lash qoidasi, vazirlar va ularning vazifalari, amirlar, sipohlar va ularni taqdirlash tartiblari, ularning bir –biriga muomalasi va turli boshqa masalalar bo'yicha mufassal ma'lumot beriladi. “Temur tuzuklari” eski o'zbek tilida yozilgan va boshqa tillarga tarjima qilingan. «Kuch-adolatdadir»degan shiori Amir Temur ma'naviyatini belgilovchi bosh mezon, uning butun umr bo'yi amal qilgan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmunini mujassamlashgan. Amir Temurning ma'naviy-ma'rifiy qarashlariuning o'z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o'gitlari «Temur tuzuklari»da mujassamlashgan. Bu bebaho tarixiy asarda, hokimlar va vazirlarning vazifalari, o'z ishiga munosabati, aholi turli qatlami, raiyatning haq-huquqlarini himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi hayoti ma'naviy-axloqiy qonun-qoidalarda o'z ifodasini topgan. Sohibqironning «Temur tuzuklari»danquyidagi satrlarni mamnuniyat bilan o'qish mumkin: «Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to'g'ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin».«Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o'rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o'rniga boshqasiga jabr-zulm o'tkazmadim». Amir Temur kechirimli bo'lish inson uchun eng yaxshi fazilat sanaydi:«Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko'tarib, ishimga ko'p ziyon yetkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o'chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo'l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu-qo'rquv bo'lsa, unut bo'lardi».«Menga hasad qilib, o'ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg'a-in'omlar berib, muruvvatu ehson ko'rsatdimki, bu yaxshiliklarni ko'rib, hijolat teriga g'arq bo'ldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan do'stlarim oldimga panoh tilab kelganlarida, ularni o'zimning taxtu davlatimga sherik qilib, hech qachon ulardan mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ayamadim».«Hech kimdan o'ch olish payida bo'lmadim. Tuzumni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim...». «Agar dushmaning bosh urib panohingga kelsa, rahm qilib yaxshilik va muruvvat ko'rsat».Amir Temurning do'stlik haqidagi pandu-nasihatlari ham ibratlidir:«Sodiq va vafodor do'st ulkim, o'z do'stidan ranjimaydi, do'stning dushmanini o'z dushmani deb biladi. Agar kerak bo'lsa, do'sti uchun jonini ham ayamaydi».Amir Temurning umr bo'yi obodonchilik, qurilish ishlariga katta ahamiyat berganligi, kambag'alparvarligini uning quyidagi o'gitlaridan ham bilish mumkin: «Kimki biron sahroni obod qilsa yoki koriz qursa, yoki biror bog' ko'kartirsa, yohud biror harob bo'lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, uchinchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig'sinlar». «Katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar, ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar...». Amir Temurning quyidagi so'zlari asarlar osha xalqimizning asl farzandlarini el-yurt, Vatan haqida qayg'urishga chorlab keldi: «Millatning dardlariga darmon bo'lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qo'riqlang, yo'qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo'lsa».Bu jumlalar Amir Temurning ma'naviyati naqadar yuksak bo'lganligini bildirib turibdi.Xalqimizning milliy g'ururini milliy ongini yuksaltirish uchun qariyb unutilgan tariximizni qayta tiklash lozim. Amir Temur esa ana shu ko'xna tarixning buyuk cho'qqisidir. Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishida yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. “Mana, Amir Temur bobomiz bilan hammamiz faxrlanamiz. Lekin, xolisona aytaylik, ulugʻ Sohibqironning “Tuzuklar”ini qancha askar oʻqigan? Yoki buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida hamma ham yetarli bilimga egami? Vaholanki, bu ajdodlarimizning gʻalabalari, strategiya va taktikalarini dunyodagi koʻplab harbiy maktab va akademiyalarda bugun ham oʻrganishadi”, - dedi prezident.Amir Temurning hurmatini jayiga qo'yish farzandlarimizni kelgusi avlodni ulug' ajdodlarimizning nomi va me'rosi bilan faxrlanishga o'rgatish, ularni ana shu buyuk an'analarning munosib davomchilari qilib tarbiyalash milliy g'ururni yuksaltirish uchun kerak.Amir Temur qadriyati bizga demokratik huquqiy qudratli O'zbekiston davlatini barpo etish uchun, “O'zbekiston kelajagi buyuk davlat” degan g'oyani ro'yobga chiqarish uchun kerak. Yangi asoslarini qayta tiklayotgan bir paytda Amir Temur o'zbek xalqiga tog'dek tayanch bo'lib xizmat qiladi. Amir Temur qadriyati mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egallashi, kelgusi avlodlarga ozod va obod vatan qoldirish uchun kerak.Sohibqiron davlatining majburlov funksiyasini tashkil etishdan asosiy maqsadi ommani qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, jinoyatlarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarga muqarrar ravishda jazo tayinlash, davlat va jamiyatning tinchligi hamda xotirjamligini saqlash bo‘lgan. Bu davrda huquqbuzarlik va jinoyatlarni ochishda haqiqatni aniqlash muhim ahamiyat kasb etgan. Amir Temur o‘z tuzuklarida bu haqda alohida to‘xtaladi: "Buyurdimki, g‘arazgo‘y, tuhmatchi va nafsi buzuq kishilarning tuhmat so‘zlari bilan katta va kichik shaharlar aholisidan hech kimni jazolamasinlar. Faqat birovning gunohi to‘rt kishining guvohlik berishi bilan isbotlansa, gunohiga yarasha jazolansin". Davlatning majburlov kuchini saqlab turishda sudlar katta ahamiyat kasb etgan. Sudlar ixtisoslashgan bo‘lib, ularning uch xil turi mavjud edi. Birinchisi, lashkar qozisi. Bu qozilik harbiy masalalarga oid jinoyat va jazo masalalarini ko‘rgan. Ikkinchisi, shariat qozisi bo‘lib, u shariat bilan bog‘liq jinoyat va nizolarni ko‘rib chiqqan. Uchinchi qozilik dunyoviy-fuqarolik va davlatga tegishli bo‘lgan masalalarni – o‘g‘irlik, moliyaviy va ma’muriy sohalarga oid ishlarni ko‘rgan.Ushbu qoziliklarning har birining aniq va alohida vazifalari izchil belgilangan. Sudlar faoliyati haqidagi barcha ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri devonga – shaxsan Sohibqironga uzluksiz hisobot berib turgan va sud-huquq tizimi qat’iy qonuniylik va adolat tamoyiliga asoslangan.Adolat va qonun ustuvorligi tamoyili nafaqat mamlakatda, xalqaro munosabatlarda ham bosh mezon bo‘lgan. Bu haqda Sharofiddin Ali Yazdiy shunday ma’lumot keltiradi: "Viloyatlarni zolimlarning eliklaridin qutqarib, adlu ehson bila orosta qildi. Va aning adlidin andoq bo‘ldikim, agar birov bir tabak oltun yo kumush boshiga qo‘yub yalg‘uz sahroda Botardin Xovarg‘acha borgay, hech kishi anga tik boqa olmas erdi. Ammo ul holda ko‘b yerlarni talab asiru toroj qildi zarurat jihatidankim, agar andoq qilmasa erdi, olam nizom topmas erdi". Shuningdek, davlatda o‘g‘irlik, zo‘ravonlik, sharob ichish, zino va boshqa jinoyatlar uchun eng og‘ir jazolar tayinlangan. Akademik I.Mo‘minov bu haqda shunday ta’kidlaydi: "Sohibqiron yozishmalaridan anglanishicha, saltanatda vaqti-vaqti bilan so‘roq va taftishlar o‘tkazib turilgan. O‘z amalini suiiste’mol qilish, poraxo‘rlik, ichkilikbozlik, maishiy buzuqlik og‘ir gunoh hisoblanib, bunga yo‘l qo‘ygan kishilar qattiq jazolangan".Amir Temur va temuriylar davridagi majburlov apparatining tarbiyaviy kuchi shundaki, jazolar xalqdan yashirincha emas, ochiqchasiga, xalq gavjum bo‘lgan maydonlarda ijro etilgan.Sohibqiron bir so‘zida shunday deydi: "Adolat va insof bilan Tangri bandalarini o‘zimdan rozi etdim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm-shafqat bilan, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Fuqaro va qo‘l ostimdagilarga rahmdillik qildim, sipohiylarga in’omlar ulashdim. Zolimga qarshi mazlum dodiga yetdim". Hozirgi zamon pedagogika fani oldida turgan muhim muammolardan biri-o’qituvchi va uning pedagogik maxorati muammosi hisoblanadi. Chunki, o’qituvchida barcha pedagogik g’oyalar mujassamlangan bo’lishi, uning faoliyati orqali bu g’oyalar amalga oshishi va hayotga tatbiq etilishi muximdir. O’qituvchining ko’p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, axloqli qilib tarbiyalash, ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o’qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog’liq: bolalarni o’qitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o’tkazish, ota-onalar o’rtasida pedagogik targ’ibot ishlarini olib boorish va hokazo. Bularning hammasi o’qituvchidan chuqur bilimga ega bo’lishni, o’z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi. O’zbekiston Respublikasi oliy ta'lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari quyidagicha belgilangan: …"mutaxassis o’z faoliyati, sohasidan qat'iy nazar, ijodiy jamoalarda ishlay olish qobiliyatiga, menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo’lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo’jalik, ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak". Hozirgi zamon o’qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri – o’z kasbiga sadoqatliligi, g’oyaviy e'tiqodliligi, o’z kasbini sevishi o’qituvchini boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Chunki maktabda ta'lim-tarbiya ishining yuqori saviyada olib borilishi faqat o’qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarligiga bog’liq. O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o’zi o’qitayotgan predmetlarni chuqur bilishi, uning metodikasini o’zlashtirib olgan bo’lishi zarur. Predmetni va uning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib o’quvchilarga yetkaza olishi bolalarning shu predmetga bo’lgan qiziqishini oshiradi, o’qituvchining obro’sini oshiradi. O’quvchilar o`qituvchining o’z bilimlarini bolalarga yetkaza olishi imkoniyatlarini qadrlabgina qolmay, balki uning fidoyiligini ham taqdirlashadi. O’qituvchi kasbiga xos bo’lgan muhim talablardan biri – bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilishdan iboratdir. Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi, ularni Vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan insongina haqiqiy o’qituvchi bo’la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, o’qituvchilik kasbiga loqayd inson haqiqiy o’qituvchi bo’la olmaydi. "Boshlang’ich ta'lim konsepsiyasi"da boshlang’ich sinf o’qituvchisining qiyofasi quyidagicha ta'riflanadi: "…eng muhimi, bolalarda o’qish, o’rganishga chinakam havas, ishtiyoq uyg’otuvchi, e'tiqod hosil qiluvchi ustoz sifatida alohida o’rin tutadi". Bu konsepsiyada boshlang’ich sinf o’qituvchisiga qo’yiladigan quyidagi talablar ham keltiriladi: "…O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat ekaniga ishonadigan milliy iftixor tuyg’usiga ega bo’lishi; - bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiya qila olishi; - nutqi ravon, xalq tili boyligi, ifoda usuli va tasvir vositalarini, adabiy til uslubi va me'yorini to’la egallagan bo’lishi" zarur. O’qituvchilik kasbiga xos bo’lgan bunday fazilatlarni undagi pedagogik odob shakllantiradi. Pedagogik odob o’qituvchining yuksak kasbiy fazilatidir. U o’qituvchining sabotli bo’lish, o’z hissiyotini idora qila olishi, bolalarga pedagogik ta'sir o’tkazish vosita va me'yorlarini belgilashi va aniqlashiga yordam beradigan fazilat hisoblanadi. Yuksak pedagogik odobga ega bo’lgan o’qituvchigina sinfda mo'tadil psixologik iqlim o’rnata oladi, bolalar qalbiga tez yo’l topa oladi. Biz o`qituvchi pedagoglarga konsepsiyada qo`yligan talablardan biri: “Bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlari-miz asosida tarbiya qila olishi” degan talabiga asolangan xolda buyuk mutafakkir olimimiz a A.Temurning «Tuzukot»asarida ilgari surilgan g`oylardan foydalanishda o`qituvchi yuqorida qayd etilgan kasb malakalarga ega bo`lishini takidlagan holda o`qituvchi asardagi g`oyalarni o`quvchilar ongiga singdirishda quydagilarga etibor qaratish lozimligini takidlaymiz. Masalan: sindan tashqari o`qish darslari orqali amalgam oshirish. Kichik maktab yoshdagi qiziquvchanligi va taqlidchanligi bilan ajralib turadi. Ular bu yoshda ko`p narsalarni bilishga, ularda ilgari surilgan g`oyalarga amal qilishga harakat qiladilar. Shuning uchun sindan tashqari o`qishga tafsiya etiladigan badiiy asarlar, baquvvat bo`lishi lozim. Dunyoda necha millat, necha xalq bo`lsa, hammasining o`ziga xos turmush tarzi, o`tmish hayoti va kelajagi bilan chambarchas bog`liq an'analari, qadriyatlari mavjuddir. O`zbek xalqining ham urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari, ta'lim-tarbiya, madaniyat an'analari, qadriyatlari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib taqaladi. Barg ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va kelajak avlod kishilarining ularni chuqur bilishi ma'naviyatining mag`zi to`qligi omildir. Bu – hamisha, hamma avlod tomonida e'tirof etilgan haqiqatdir.


Download 367,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish