O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi



Download 4,01 Mb.
bet4/18
Sana07.07.2022
Hajmi4,01 Mb.
#755501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
termit morfologiyasi

1.2. TERMITLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Termitlarning ijtimoiy hayoti bir necha asrlardan beri ko‘pchilik tabiatshunoslar, sayoxatchilar va biologlarning e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Termitlar oilasi ko‘p jixatlari bilan xasharotlar dunyosidagi eng mukammal ijtimoiy tuzilma xisoblanganligi sababli g‘arb faylasuflarini ham uziga jalb kilmokda.
Quyosh nurlaridan va tadqiqotchilarning ko‘zidan uzoq bo‘lgan hasharotlar qat’iy qoidalarga amal qilishadi va ularning bu qoidalari nafaqat tabiatning tashqi shart—sharoitlaridan, balki oilaning gormonlar va fermentlar yordamida o‘z faoliyatlarini boshqarishidan ham kelib chiqadi.Malikaning ulkan mahsuldorligi va hayratlanarli darajada ko‘p yashashi barcha hasharotlar orasidagi g‘ayritabiiy hodisadir.
Termitlar ichagida yashovchi ko‘p sonli bakteriyalar va yuqori darajadagi ixtisoslashgan xivchinlilar kletchatkani hazm qilishadi va o‘z xo‘jayinlarini uglevodli ozuqa va vitaminlar bilan ta’minlashadi. Oziqlanishning murakkab jarayonlari shu bilan tushuntiriladiki, oilaning ko‘pgina a’zolari
«Termit» so‘zi bilan «termo», yani issiq so‘zlari bir-biriga umuman sinonim bulmasada, ko‘p sonli turlarga ega bo‘lgan ushbu xasharotlar sayyoramizning issiq mintaqalarida, ko‘pincha tropiklarda yashovchilar bo‘lib, ularning qurgan imoratlarini termostatlar bilan tenglashtirish mumkin. Termitlarni yana «oq chumolilar» deb ham atashadi. Lekin sinchiklab tekshiraladigan bo‘lsa, ular o‘rmon, o‘tloq va dalalarning olijanob ximoyachilari bo‘lgan chumolilarga antipod, ya’ni qarama-qarshi bo‘lib qoladi.
Yer yuzida inson qo‘li bilan yaratilgan inshoot va buyumlarga termitlardek kuchli va doimiy zarar еtkazuvchi biror bir hasharot yo‘q. Hozirgi davrda termitlarning 2800 ga yaqin turi ma’lum bo‘lib, ulardan 120 turi zararkunanda sifatida qayd qilingan.
O‘rta Osiyoda termitlarning 4 ta turi aniqlangan bo‘lib, ular xalq xo‘jaligiga jiddiy talofat еtkazadi.
1.3. Tadqiqot materiallari va uslublari
Bitiruv malakaviy ishiga oid ma’lumot va materiallar 2009 - 2010 yillar davomida Xorazm vohasida termitlarni yig‘ish ishlari Xiva shahri (Mevaston va Yangi turmush mahallalari), Urganch tumani (Oq oltin shirkat xo‘jaligi) qishloqlarida, Ellikqal’a tumanlaridan shuningdek Baday to‘qay qo‘riqxonasi amalga oshirildi.
Termit turlari tarkibini aniqlash maqsadida ularni uyalaridan, butalar (cherkez,qandim va h.k.) ildiz tizimidan va daraxtlar (tut, jiyda, to‘rang‘il, qayrag‘och) poyalaridan, shuningdek tosh va qurigan o‘simlikka yopishtirilgan loy ostidan, tuyoqli hayvonlar tezaklari, hamda eski qurilishlardagi yog‘och bo‘laklari ostidan yig‘ildi.
Xorazm vohasida tarqalgan termitlarni morfometrik tahlil qilish maqsadida A.N.Luppova (1958) va (Weinder, 1960) uslublari asosida 5 ta doimiy statsionar uchastkalarning turli joylaridan termitlarning mavjud barcha tabaqa va fazalari yig‘ildi. Yig‘ilgan termitlarning o‘lchamlarini saqlab turish maqsadida ular 70% li etil spirtida saqlandi. Rangi, tanasi, qanoti, boshining katta-kichikligi bilan farq qilishini e’tiborga olib, turli uchastkalardan keltirilgan termitlar tabaqa va fazalarining (har biri 100 tadan) belgilariga xos o‘lchamlari aniqlanib qayd qilindi.
Aholi punktlarida termitlarning “ko‘chib uchish” jarayonini asosan tandirlar atrofi, ariqlar chetlarida kuzatdik. Binolarda esa pechkalar yonida, binoning sharq va janubga qaragan deraza oynalari ostida, omborxonalar yonida, elektr va aloqa yog‘och ustunlari atrofida ham xuddi shunday holat yuzaga kelganiga guvoh bo‘ldik.
“Ko‘chib uchish” termitlar uyasini aniqlashning qulay payti. Shu bois bunday termitlar uyasiga yoki uning yoniga yog‘och yoki metall qoziqlar qoqilib, barcha termit uyalari nomerlanib jurnalga qayd qilindi.
Termitlarning loy suvoqlar hosil qilish xususiyatini hisobga olgan holda o‘simliklar, tuyoqli hayvonlar tezaklari, tashlandiq kog‘ozlar, taxta, faner, aloqa va elektr o‘tqazgich yog‘och ustunlari, qurigan daraxtlar, xashak, o‘tin, yogoch kipiqlari va bo‘laklari, yog‘och panjaralar, turar-joy va nonvoyxona, kabi binolarning ichki va tashqi devorlari, deraza va eshik romlari, to‘sin, ip-gazlama buyumlar ustidan yopishtirilgan loy-tuproq ko‘chirilib, ular ostidagi termitlar yig‘ib chiqildi.
Termitlarning o‘z uyalaridan еr yuziga chiqishini kuzatishni bahor, yoz va kuzda bulutsiz, iliq kunlari ertalab va kechqurun, bulutli kunlari esa kunduzi amalga oshirdik. Aholi punktlaridan tashqarida termitlar yashaydigan uyalarning еr ustki qismini aniqlash uchun еr yuza qismi o‘simlik o‘smagan taqir, yoki tuprog‘i biroz do‘ng bo‘lgan, hajmi 1 m va undan oshiqroq maydonchalarga qarab Turkiston termitining uyasi ekanligini aniqlagan bo‘lsak, katta Kaspiy orti termiti uyasining tashqi qismi esa yaqqol ko‘zga tashlanib, еr yuzidan 60 sm balandlikdagi do‘nglik hosil qilganligi tufayli, uni aniqlash bir muncha oson kechdi. Ularning yuqorida keltirilgan xususiyatlaridan tashqari yirtqich chumolilar to‘dasi faoliyatiga qarab ham termitlar uyalarini o‘rgandik.
Termitlar uyasi va koloniyasi rivojlanishini o‘rganish uchun 2009 yillar davomida (mart oxiri aprel oyi boshlarida) K.Kakaliev (1968) uslubidan foydalanib 100 m2 maydon belgilab olindi. So‘ng bu joy qazilib unga ichi nam tuproq bilan to‘ldirilgan 40 ta qop joylashtirildi (qoplar jezdan tayyorlangan bo‘lib uzunligi 0,5 m. diametri 0,2 m keladi). Qoplar tuproq bilan shunday to‘ldirildiki, qopdagi tuproq zichlangandan so‘ng uning chetlari tuproqdan 15-20 sm baland holda chiqarib qoldirildi. Har bir qopga bir juft qanotli urg‘ochi (♀) va erkak (♂) individlar joylashtirildi.
Individlarning tuproqni kovlab kirishini tezlashtirish uchun tuproq sathi qalam yordamida 5-10 sm chuqurcha qilindi. Urg‘ochi va erkak termitlar joylashib bo‘lgandan so‘ng, qoplarning og‘zi jez to‘r bilan bekitilib ustidan polietilin plyonka tortildi va qop og‘zi ip bilan bog‘landi.

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish