O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti madaniyatshunoslik fanidan ma’ruza matni tuzuvchi: f f. n dos


Iqtisodiy madaniyat quyidagi funksiyalarni bajaradi



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/23
Sana27.06.2022
Hajmi2,91 Mb.
#711504
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Screenshot 2022-04-05 at 16.14.34

Iqtisodiy madaniyat quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Bilish funksiyasi - iqtisod fanlarining holati, fan asoslarining tajribaga tadbiq etish usuli va yo‘llarini
bilib olishga da’vat etadi.
2. Dunyoqarash funksiyasi – asosan, ma’naviy-ruhiy mohiyatdagi dunyoqarash bo‘lib, iqtisodiy g‘oyalar,
qarashlar, tasavvurlar tizimidan iborat.
3. Tarbiyaviy funksiya – iqtisodiy madaniyatni egallash, bilimlar yig‘indisini e’tiqodga aylantirishdagi bosh
manba ehtiyojlar va manfaatlardir. Bilimlar aql-idrok va yurakdan o‘zlashtirilganda e’tiqodga aylanadi.
4. Amaliy funksiya yoki ishlab chiqarish funksiyasi – bunda iqtisodiy madaniyat ma’naviy va amaliy ta’sir
ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Axloqiy madaniyat 
– jamiyat, sotsium, individlar tomonidan axloqiy kamolot me’yorlariga erishish
darajasidir. Kundalik turmushda, kishilar faoliyatida amal qiladigan va o‘zlashtiriladigan axloqiy
qadriyatlar axloqiy kamolat me’yorlari bilan bog‘liqdir. Axloqiy madaniyat tarkibiga axloqiy ong,
axloqiy munosabat va axloqiy faoliyat kiradi.
Axloqiy ong tarixan o‘zgaruvchi axloqiy munosabatlarni anglatib, axloqiylikning sub’ektiv jihatidir.
Voqelikka va inson faoliyatiga qadriyat tarafidan munosabatda bo‘lish axloqiy ongning muhim
xususiyatidir.
Axloqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning alohida ko‘rinishi bo‘lib, axloqiy faoliyatga
bog‘liq holda kishilar o‘rtasida tarkib topadigan o‘zaro bog‘liqlik va aloqalar yig‘indisidir.
Axloqiy faoliyatda inson yoki jamiyatning axloqiy ongi, axloqiy munosabatlari yaxlit namoyon
bo‘lib, axloqiy talablar, fazilatlar insonparvarlik mohiyatini kasb etadi. Axloqiy faoliyat axloqiy
bilimlarni egallash; axloqiy tuyg‘ularni shakllantirish; o‘zini tarbiyalash; mehnat mehr; axloqiy
tarbiyalanganlik va hakozolardan tashkil topgan.
Qadriyatlar
deganda insonlar uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning


manfaatlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmui tushuniladi. Qadriyatlar muayyan
jamiyat yoki sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo‘lgan
tabiat va jamiyat hodisalarning mohiyatidir.
Qadriyatlarning hayotidagi o‘rni va ahamiyati baholash tufayli belgilanadi. Baholash esa
insonlarning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, qiziqishlaridan kelib chiqadi. Ayrim hollarda ehtiyoj
va manfaatlar bir-biriga zid kelishi mumkin. Muayyan ijtimoiy guruh, millat, sinflar uchun oliy
qadriyat hisoblangan hodisalar boshqalar uchun qadriyat bo‘lmasligi mumkin. Tabiat va jamiyat
hodisalarini qadriyat turkumiga kiritish yoki kiritmaslik kishilarning ehtiyojlari, manfaatlari, orzu-
istaklari, maqsadlaridan kelib chiqadi.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va
rivojlanadi. Ular mohiyatiga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Avvalo, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat
hisoblanadi. Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar: yer va yer osti boyliklari boshqa tabiat
ne’matlari katta ahamiyat kasb etadi.
Inson mehnati, aqli bilan yaratilgan moddiy boyliklar moddiy qadriyatlar hisoblanadi. Madaniy-
ma’naviy qadriyatlarga ilmiy-texnikaviy va intellektual imkoniyatlar yaratgan boyliklar mansub.
Shuningdek, jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar: erkinlik, tenglik,
birodarlik kabilar ham o‘rin tutadi. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ichida istiqlol tufayli qo‘lga kiritilgan
barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida ahamiyatga ega.
Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo‘linadi. Milliy
qadriyatlar murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‘lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari,
an’analarini jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha
tomonlarini qamrab oladi. Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odat va
an’analari mushtarak bo‘lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar
majmuasini tashkil etadi.
Umuminsoniy qadriyatlar mazmuni jihatdan chuqur va keng bo‘lib, umumbashariy ahamiyat kasb
etadi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishiga muvofiq
keladi. Milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar bilan qancha ko‘p uyg‘unlashgan bo‘lsa, ularning
taraqqiy etishiga shu qadar keng imkoniyat ochiladi.
Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan
umumbashariy muammolar kiradi. Bular: Yer yuzidan ilm-fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash,
qirg‘in qurollarini to‘xtatish, tabiatni muhofaza qilish va hokazolardir.

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish