O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi bo’lim



Download 168,33 Kb.
Sana22.11.2019
Hajmi168,33 Kb.
#26743
Bog'liq
15864 4


4

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


SIRTQI BO’LIM
O’ZBEKISTON TARIXI kafedrasi
O‘ZBEKISTON TARIXI fanidan

sessiya oralig‘i vazifalari


Тopshiriq №4


TOSHKENT-2019

O‘ZBEKISTON TARIXI fanidan sessiya oralig’i vazifalarini bajarish yuzasidan metodik tavsiyalar.
O‘zbekiston tarixi” fani bo‘yicha sessiya oralig‘i vazifalari varianti jami 5 ta topshiriqdan iborat. Topshiriqlar 76-96 varoqlik umumiy daftarga qo‘lyozma shaklda tayyorlanadi.

1-TOPSHIRIQ bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalangan holda berilgan mavzu rejasida ko‘rsatilgan savollarga yozma tarzda javob beriladi. Har bir reja to‘liq va batafsil yoritilishi kerak. Mavzuning rejasini yoritish bo‘yicha qo‘shimcha uslubiy ko‘rsatmalar topshiriq ichida berilgan.

2-TOPSHIRIQ bo‘yicha berilgan tarixiy tushunchalarga izoh yoziladi. Har bir tarixiy tushunchaning ta’rifi odatda bitta abzatsda, qisqa va lo‘nda bayon etilishi maqsadga muvofiq. Masalan:

Paleolit (yunoncha “paleos” – qadimgi, “litos” – tosh) – qadimgi tosh davri. Paleolit davri insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan tarixiy davr bo’lib 2,5-mln. Yildan 12-ming yillikkacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Paleolit davri o’z navbatida ilk paleolit (2,5-mln. – 100-mingginchi yilliklar), o’rta paleolit (100-40-ming yilliklar) va so’nggi (yuqori) paleolit (40-12-ming yilliklar) bosqichlariga bo’linadi.



3-TOPSHIRIQda Vatanimiz tarixida muhim rol o‘ynagan sulolalarga yozma javob beriladi. Topshiriqni bajarish jarayonida har bir sulolaning mavjud bo‘lgan davri, hukmronlik qilgan hududlari, sulola vakillari, poytaxti va shaharlari, ichki va tashqi siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.

4-TOPSHIRIQ ikki qismdan iborat. Dastlab, O‘zbekiston tarixining ma’lum bir davri yuzasidan 30 ta test savollariga javob yoziladi. Testning kaliti quyidagi shaklda beriladi:




To‘g‘ri javob



To‘g‘ri javob



To‘g‘ri javob

1.

A

11.




21.




2.

B

12.




22.




3.

C

13.




23.




4.

D

14.




24.




5.




15.




25.




6.




16.




26.




7.




17.




27.




8.




18.




28.




9.




19.




29.




10.




20.




30.



Topshiriqning ikkinchi qismida berilgan mavzu yuzasidan individual tarzda 30 ta test savoli tuziladi. Topshiriq baholanayotganda tuzilgan test savollarining murakkablik darajasi va mantiqiy izchilligiga e’tibor beriladi.



5-TOPSHIRIQda Vatanimiz tarixida muhim o‘rin tutgan 5 ta tarixiy shaxs haqida yozma javob tayyorlanadi. Mazkur tarixiy shaxslar haqida ma’lumot yozayotganda ularning yashagan davri, hayot yo‘li (biografiyasi), ijodiy merosi, Vatanimiz tarixi va qolaversa umuminsoniyat tarixida tutgan o‘rniga batafsil, holisona baho berish lozim bo‘ladi.


Topshiriqlar bo‘yicha baholar taqsimoti




Topshiriqlar

Ajratilgan baho

1.

1-topshiriq (Mavzu konspekti)

5

2.

2-topshiriq (tarixiy tushunchalar izohi)

5

3.

3-topshiriq (sulolalar haqida ma’lumot)

5

4.

4-topshiriq (Test topshiriqlari)

5

5.

5-topshiriq (tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati)

5


14-17 – “3” baho

18-21 – “4” baho

22-25 – “5” baho

5 ta topshiriqdan jami 13 va undan past natija qoniqarsiz hisoblanib, yakuniy nazorat (imtixon)ga qo‘yilmaydi.



1- TOPSHIRIQ.
Quyidagi mavzu va uning rejalariga yozma javob bering
MAVZU: Ilk oʻrta asrlar davrida oʻzbek davlatchiligi.
Reja:


  1. Yer egaligi munosabatlarining shakllanishi.

  2. Xioniylar, Kidariylar, Eftaliylar davlati.

  3. Turk xoqonligi.

  4. Arablar istilosi va hukmronligi davrida Oʻrta Osiyo xalqlari.


Adabiyotlar.


  1. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. –Т., “Шарқ”, 1998.

  2. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. –Т., “Шарқ”, 2000. –Б. 64-150.

  3. Вамбери Ҳ. Бухоро ёҳуд Мовароуннаҳр тарихи. –Т., “Ғофур Ғулом”, 1990. –Б. 9-17.

  4. Ражабов Қ., Қандов Б., Шоймардонов И. Ўзбекистон тарихининг муҳим саналари. Тўлдирилган бешинчи нашри. –Т., “Ўзбекистон”, 2012. –Б. 44-57.

  5. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. Birinchi kitob (qayta ishlangan ikkinchi nashri). –T., “Sharq”, 2010. –B. 107-164.

  6. Shamsutdinov R., Maxmudov X. Oʻzbekiston tarixi / Oliy oʻquv yurtlarining notarix fakultetlari uchun oʻquv qoʻllanma. –T., “Sharq”, 2013.

  7. Эшов Б.Ж., Одилов А.А. Ўзбекистон тарихи / Олий ўқув юртлари талабалари учун дарслик. I-жилд (энг қадимги даврдан XIX аср ўрталаригача). –Т., “Янги аср авлоди”, 2014. –Б. 223-264.

  8. Ўзбекистон давлатчилиги тарихи: (Очерклар) / Маъсул муҳаррирлар: Д.А. Алимова, Э.В. Ртвеладзе. –Т., “Шарқ”, 2001.

  9. Qodirov B., Matyaqubov X. Oʻzbekiston tarixidan mavzular boʻyicha izohli lugʻat. –T., 2015. –B. 37-45.


1.Yer egaligi munosabatlarining shakllanishi.
Rejani yoritishdan oldin oʻrta asrlar davri, uning bosqichlari (ilk oʻrta asrlar, rivojlangan oʻrta asrlar va soʻnggi oʻtra asrlar) qaysi asrlarni oʻz ichiga olishini aniqlashtirib oling. Yer egaligi (feodal) munosabatlarining vujudga kelish sabablarini qadimgi dunyo tarixidan olgan bilimlaringiz asosida tushuntirinig. Sharqdagi yer egaligi munosabatlarining Garb (Yevropa) mamlakatlaridagi feodal munosabatlardan farqli tomonlarini koʻrsatib bering. “Dehqon” tarixiy atamasining ilk oʻrta asrlar va rivojlangan oʻrta asrlar jamiyati ijtimoiy tuzumida tutgan oʻrnini va farqli tomonlarini koʻrsatib oʻting. Bu davrda yangi yerlarning oʻzlashtirilishi va sugʻorma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilikning yanada rivoj topishiga turtki boʻlgan tarixiy shart-sharoitlarga e’tibor qarating.
2.Xioniylar, Kidariylar, Eftaliylar davlati.
Oʻrta Osiyoning qadimgi tarixiy oʻlkalariga (Sugʻdiyona, Baqtriya, Choch, Fargʻona) shimoldan koʻchmanchi turkiy tilli chorvador qabilalarning kirib kelish yonalishlari, ular kelib oʻrnashgan tarixiy oʻlkalarda tashkil topgan ilk oʻrta asr davlatlarining siyosiy tarixiga oid ma’lumotlarni korsarilgan adabiyotlardan foydalanib bayon eting. Xioniylar, kidariylar (toxarlar) va eftaliylar davlatining oʻzaro va qoʻshni davlatlar (Sosoniylar davlati va Vizantiya imperiyasi) bilan boʻlgan munosabatlarini yoriting.

3.Turk hoqonligi.
Turk hoqonligining tashkil topish hududi, turk hoqonlarining Sirdayoning quyi oqimi, Orolboʻyi, Oʻrta Osiyoning oʻtroq dehqonchilikka asoslangan madaniy vohalari (Sugʻd, Choch, Iloq, Fargʻona, Tohariston)ni egallashi, turklarning Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) boʻylab Shimoliy Kavkaz orqali Qrim yarim oroli va Shimoliy Qora dengiz boʻylariga qadar choʻzilgan ulkan hoqonlik tashkil etish bosqichlarini yoriting. Turk hoqonligining Garbiy va Sharqiy turk hoqonligiga boʻlinib ketishi hamda Vataninmiz tarixi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan Gʻarbiy turk hoqonligining boshqaruv tizimi, xalq qoʻzgʻolonlari (Obruy), diniy e’tiqodlar, koʻchmanchi va oʻtroq aholi oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlarning oʻziga xos tomonlariga e’tibor qarating. Turk hoqonlari Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilikka asoslangan madaniy oʻlkalar boshqaruvini nima sababdan mahalliy hukmdorlar (ixshidlar, malikshohlar, buxorxudotlar, xorazmshoxlar, afshinlar) ixtiyorida qoldirganliklarini tarixiy misollar bilan asoslab bering. Rejani yoritishda adabiyotlar roʻyxatida keltirilgan tarixchi olim Nasimxon Raxmonninh Turk hoqonligi asaridan foydalanish mumkin.
4.Arablar istilosi va hukmronligi davrida Oʻrta Osiyo xalqlari.
Arabiston yarim orolida Arab xalifaligining tashkil topishi, Arab xalifaligidagi sulolalar (“Sahih xalifalar”, Ummaviylar va Abbosiylar), ularning istilochilik yurushlari, Eronning egallanishi, “Xoroson” tarixiy geografik atamasinig paydo boʻlishi, Xuroson noibi Qutayba ibn Muslimning Amudaryo (Jayxun)dan shimoldagi hududlar (Movarounnahr)ni zabt etish bosqichlari, arablarga qarshi ozodlik kurashlari va xalq qoʻzgʻolonlari (Gʻurak, Davashtich, Abu Muslim, Sharik ibn Shayx Almaxriy, Muqanna, Rofi ibn Lays), arablar istilochilik yirishlarining oqibatlari, soliqlar, boshqaruv tizimi, islom dining targʻiboti va yangi dinning Movarounnahrda keng yoyilishi tarixiy shart-sharoitlarini yoriting.

2-TOPSHIRIQ.
Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh bering
Davlat suvereniteti. Saylov. Referendum. 1991-yil 29-dekabr referendumi. Davlat bayrogʻi. Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Konstitutsiya. Konstitutsiyaviy tamoyillar. Milliy valyuta. Taraqqiyotning «Oʻzbek modeli». Huquqiy davlat. Fuqarolik jamiyati. Siyosiy partiyalar. Jamoat birlashmalari. Nodavlat tashkilotlari.
3-TOPSHIRIQ.
Quyidagi sulolalar haqida ma’lumot bering.
1.G‘aznaviylar sulolasi

2.Saljuqiylar sulolasi

3.Xorazmshoxlar sulolasi

4.Temuriylar sulolasi

5.Shayboniylar sulolasi
4-TOPSHIRIQ.
Quyidagi TEST larni yeching:
1.Odamlarning biron bir o’simlik yoki hayvon bilan o’zaro qarindoshlik

aloqasiga ishonishi ...

A) Totemizm B) Sehirgarlik

C) Animizm D) Fetishizm


2.Inson sun’iy olov hosil qilishni qachon o’rgangan?

A) Ilk paleolit davrida

B) Neolit davrida

C) O’rta paleolit davrida

D) Mezolit davrida
3.Antropogenez jarayoni qaysi davrga kelib o’z nihoyasiga yetdi?

A) So’nggi paleolitda

B) Mezolit davrida

C) O’rta paleolitda

D) Neolit-eneolitda
4.Tosh davri bosqichlari to’g’ri ketma- ketlikda joylashtirilgan qatorni toping

A) Paleolit, Mezolit, Eneolit, Neolit

B) Paleolit, Eneolit, Mezolit, Neolit

C) Paleolit, Mezolit, Neolit, Eneolit

D) Paleolit, Neolit, Mezolit, Bronza
5.Kaltaminor va Joytun madaniyatlari qaysi davrga tegishli?

A) So’nggi paleolit B) Neolit

C) Mezolit D) Eneolit
6.Ilk paleolitning so’nggi davrida qanday jarayon odamlarni yangicha turmush

sharoitiga moslashishga undagan edi?

A) metallning kashf etilishi

B) Buyuk muzlashning boshlanishi

C) ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tilishi

D) Buyuk muzlikning chekinishi


7.Mezolit davridan so’ng ...

A) muzliklar davri boshlandi

B) neolit davri boshlandi

C) muzliklar davri tugadi

D) eneolit davri boshlandi
8.Quyidagilardan qaysi biri so’nggi

paleolitda sodir bo’lgan?

A) mikrolitlar yasay boshlandi

B) odamlar tabiiy olovdan foydalana boshladi

C) to’qimachilik kashf etildi

D) odamlarning urug’ jamoalarga ajralib

chiqishi boshlandi
9.Tarix fanida odamning kelib chiqishi va

rivojlanishi qaysi ma’lumotlarga

asoslanib o’rganiladi?

A) arxeologiya va etnografiya

B) arxeologiya va antropologiya

C) antropologiya va lingvistika

D) antropologiya va etnografiya
10.Vatanimiz hududida ilk paleolit davri

qaysi ming yilliklarni qamrab olgan?

A) mil.avv. 40-12 ming yilliklarni

B) mil.avv. 200-40 ming yilliklarni

C) mil.avv. 200-50 ming yilliklarni

D) mil.avv. 1 mln.-100 ming yilliklarni


11.Eng qadimgi odamlar faoliyatida qaysi

davrga kelib urug’ jamoasiga o’tish uchun

shart-sharoit vujudga kelgan?

A) Temir davrida

B) Qadimgi odamlar paydo bo’lganda

C) Bronza davrida

D) Ibtidoiy to’da davrining oxirlariga kelib

12.Ibtidoiy jamoa tuzumining qaysi

davrida kamon va o’q-yoy ixtiro

qilingan?

A) Eneolitda B) Ilk paleolitda

C) Mezolitda D) So’nggi paleolitda


13. Mochay, Qo’shilish, Obishir yodgorliklari qaysi davrga oid?

A) So’nggi paleolit B) Neolit

C) Mezolit D) Eneolit
14.Neolit davrida odamlar qanday

kashfiyotni amalga oshirganlar?

A) bronza kashf etildi

B) sopol idishlar yasash kashf etildi

C) dafn tartiblari vujudga keldi

D) o’q-y-yoy kashf etildi


15.O’zbekiston tarixining eng qadimgi bo’limini aniqlang

A) ibtidoiy san’at tarixi

B) ishlab chiqarish xo’jaliklari tarixi

C) ma’naviy madaniyat tarixi

D) moddiy madaniyat tarixi

E) ibtidoiy, diniy tasavvurlar tarixi


16.Inson, uning kelib chiqishi va rivojlanishini o’rganuvchi fanni

aniqlang


A) etnografiya B) antropologiya

C) arxeologiya D) epigrafika


17.Tarixning qaysi davrida neandertal turidagi odamlar O’rta Osiyo hududida

keng tarqalgan?

A) ilk paleolitda

B) mezolit davrida

C) o’rta paleolitda D) neolit davrida
18.Tarixning qaysi davrida zamonaviy qiyofadagi odamlar paydo bo’lgan?

A) o’rta paleolitda

B) mezolit davrida

C) so’nggi paleolitda

D) ilk paleolitda
19.Selungur g’ori qaerda joylashgan?

A) Chirchiq vohasida

B) Boysun tog’ida

C) Farg’ona vodiysida

D) Toshkent viloyatida
20.Qanday xo’jalik o’zlashtiruvchi xo’jalik

deyiladi?

A) boshoqli o’simliklar o’stirish

B) ovchilik, termachilik

C) mevalar terish, bog’dorchilik

D) Chorvachilik, xunarmandchilik


21.O’rta paleolit davriga oid

manzilgohni aniqlang

A) Selungur B) Teshiktosh

C) Zamonbobo D) Machay


22.Tarixning qaysi davrida qoyatosh

suratlari paydo bo’lgan?

A) mezolit davrida B) ilk paleolitda

C) o’rta paleolitda

D) so’nggi paleolitda
23.O’zbekistonning qaysi hududidan dunyoga

mashhur qoyatosh suratlari topilgan?

A) Qashqadaryodan B) Surxondaryodan

C) Samarqanddan D) Toshkentdan


24.Eng qadimgi odamlar hayotida

o’zlashtirma xo’jalik qachongacha davom

etadi?

A) neolit davrigacha



B) bronza davrigacha

C) temir davrigacha

D) so’nggi paleolitgacha
25.Tarixning qaysi davrida kulolchilik,

tikuvchilik va to’qimachilik paydo

bo’lgan?

A) o’rta tosh asrida

B) yangi tosh asrida

C) mis tosh asrida

D) bronza davrida
26.Quyida keltirilgan tarixiy davrlardan

qaysi biri boshqalarga nisbatan uzoq

muddat davom etgan?

A) bronza davri B) mis-tosh davri

C) o’rta tosh davri D) neolit
27.Odamlarning eng qadimgi mashg’uloti ...

A) Chorvachilik va termachilik edi

B) dehqonchilik va ovchilik edi

C) termachilik va ovchilik edi

D) ovchilik va baliqchilik edi
28.Ilk paleolitning so’nggi davrlarida ...

A) Kroman’on odami shakllandi

B) Kamon ixtiro qilindi

C) Matriarxat davri boshlandi

D) Buyuk muzlash boshlandi
29.Turmush va mehnat umumiyligi negizida

birlashgan qadimgi odamlar jamoasi bu ...

A) urug’ jamoasi B) qo’shnichilik jamoasi

C) ibtidoiy to’da D) qabila ittifoqi


30.Qaysi davrdan boshlab odamlar

ibtidoiy to’da tarzida yashamay qo’ydilar?

A) o’rta tosh asridan

B) yangi tosh asridan

C) so’nggi paleolitdan

D) o’rta paleolitdan


Quyudagi mavzu bo’yicha 30 ta test savollari tuzing.
MAVZU: Turkistonda Sovet hokimiyatining o’rnatilishi va unga qarshi qurolli harakatlar.
5-TOPSHIRIQ.
Quyidagi tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot bering.
1.Xoshim ibn Hakim

2.Najmiddin Qubro

3.Jaloliddin Manguberdi

4.Temur Malik



5.Maxmud Torobiy
Download 168,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish