Mavzuning bayoni
Reja:
1. Yong‘inni о‘chirish moddalari va ularning xossalari.
2. Yong‘inga qarshi suv ta’minoti.
1.
Yong‘in-maxsus joydan boshqa joyda yonuvchi, moddiy zarar keltiruvchi va nazorat
qilib bо‘lmaydigan yonish jarayonidir.
Yong‘inning odam va hayvonlarga ta’sir qiluvchi xavfli va zararli omillari: ochiq yong‘in,
atrof-muhit va narsalarning yuqori harorati, toksik moddalarni yonishi, tutun, havo tarkibida
kislorod konsentratsiyasining kamayishi, qurilish konstruksiyalarining qо‘layotgan qismlari;
portlashdagi tо‘lqin zarbi, otilayotgan qismlar va zararli moddalar hisoblanadi.
Yuqorida qayd qilingan omillarning xavfliligi yong‘inni davom etish vaqtiga (Tyo) bog‘liq
bо‘ladi va quyidagi formula bо‘yicha aniqlanadi.
Tyo=N/ , (1.)
bu yerda N-yonuvchi modda miqdori, kg/m3; -moddani yonish tezligi kg/m3soat. Agar binoda
har xil qattiq va suyuq moddalar bо‘lsa hamda bino maydonining deraza maydoniga nisbati
4:10 atrofida bо‘lsa yong‘inni davom etish vaqti.
65
Tyo=Sr/6S0 (g1/n1+g2/n2+...+gn /nn) (2.)
formula bо‘yicha topiladi.
bu yerda g1..gn-har bir yonuvchi modda miqdori (kg/m2); n1…nn-moddalarning yonish
tezligini hisobga oluvchi koeffitsiyent (qabul qilinadi:benzin uchun-15, rezina, organik shisha
uchun-35, avtomobil shinalari uchun- 40, yog‘ochlar uchun-65 va boshqalar).
Yong‘inni о‘chirishdan kо‘ra uning oldini olish osondir. Shu sababli korxonalar, ishlab
chiqarish uchastkalari rahbarlari yong‘in chiqish sabablarini bilishi va uni oldini olish bо‘yicha
tegishli tadbirlarni amalga oshirishi kerak.
2. Yong‘inni о‘chirish moddalari va ularning xossalari
Yong‘inni о‘chirishning keng tarqalgan moddalari: suv, suv bug‘i, uglekislota, namlangan
materiallar kimyoviy va havo-mexanik kо‘pik, poroshokli tarkiblar, brom etil birikmalar, inert
gazlar va boshqalar hisoblanadi.
Yong‘inni о‘chiruvchi moddalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
-yong‘inni tо‘xtatish usuli bо‘yicha-sovutuvchi (suv va qattiq uglekislota); -elektr
о‘tkazuvchanligi bо‘yicha-elektr о‘tkazuvchi (suv, suv bug‘i va kо‘pik), elektr о‘tkazmaydigan
(gazlar va poroshoklar);
-toksikligi bо‘yicha - toksik bо‘lmagan (suv, kо‘pik va poroshoklar), kam toksik (uglekislota va
azot), toksik bо‘lgan brometil, freonlar;
Is gazi yoki uglerod ikki oksidi rangsiz gaz bо‘lib havodan 1,5 marta og‘ir. U yonish zonasiga
kislorodni kirishini oldini oladi ya’ni yong‘inni kisloroddan izolyatsiya qiladi. Kimyoviy kо‘pik
yonish zonasida kislorod miqdorini 14 % gacha kamaytiradi, yonayotgan moddiy yuzini
qoplaydi, sovutadi va yong‘inni tо‘xtatadi.
Kо‘pikning karraligi - kо‘pik hajmini u olingan butun suyuqlik hajmiga nisbatidir 5 dan 100
karralikkacha ega bо‘lgan kо‘piklar kam va о‘rtacha kо‘pik karraligiga, 100 dan ortiqlari esa
yuqori karralikka kiradi.
Inert gazlar (azot, argon, geliy) gazli payvandlash ishlarida idishlarni, balonlarni tо‘lgazishda
kо‘llaniladi.
Yong‘inga qarshi suv ta’minoti
Yong‘inga qarshi suv zahirasi yilning istalgan vaqtida kerakli bosimda 3 soat yong‘inni
о‘chirishga yetadigan bо‘lishi kerak. Ishlab chiqarish korxonasida har biri 100 m3 va undan
ortiq sig‘imli suv hovzasi bо‘lishi kerak. Bitta suv hovzasining xizmat kо‘rsatadigan radiusi
yong‘in vaqtida suv uzatish uchun avtonasos va avtoidishlardan foydalanganda 200 m, uzatma
nasoslardan foydalanganda 100 m, bir о‘nli pritsep motopompalaridan foydalanganda 150 m
gateng qabul qilinadi. Bitta idishda 100 m3 sig‘imgacha bо‘lgan suv zahirasi dahlsiz saqlanadi.
Tashqi va ichki yong‘inlarni о‘chirishda suv sarfi (m3/soat) quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Qyo=3,6 g Tyo nyo , ()
bu yerda g-tashqi va ichki yong‘inlarni о‘chirishda solishtirma suv sarfi jadvaldan qabul
qilinadi; Tyo-yong‘in vaqti (3 soat qabul qilinadi yoki formula bо‘yicha aniqlanadi).
nyo-bir vaqtdagi yong‘in soni (qurilish maydoni va mahalliy sharoitga bog‘liq ravishda 1...3
qabul qilinadi).
Yong‘in hovzasidagi daxlsiz suv zahirasi (m3)
, (4.)
formula bо‘yicha aniqlanadi:
66
Qt-texnologik maqsaddagi suv sarfi, m3/soat; Qx-xо‘jalik maqsaddagi suv sarfi, m3/soat;
Suv hovzasidan suvni olish uchun nasosga sо‘ruvchi 160...200 mm diametrdagi quvur
biriktiriladi. Suvni va suv-kо‘pikli suyuqlikni uzatish uchun bosimga ishlashga mо‘ljallangan
quvurlar kо‘llaniladi.
Butun oqimi yoki purkalgan suvli kо‘pikli va poroshokli oqimni hosil bо‘lishiga RS-50 va RS-
70 yong‘in stvollarini, SVP havoli-kо‘pikli stvolini yoki olib yuriladigan (PLS-N-20) bosim
quvuriga biriktirilgan lafet stvollarini kо‘llanilishi bilan erishish mumkin.
Yong‘in stvolidan suvni oqimi tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, (5.)
bu yerda N-stvoldagi suv bosimi, m; g=9,8 m/s2.
Havoning qarshiligi hisobga olinganda suvli oqimni uzatishning nazariy uzoqligi
, (6.)
tenglamadan aniqlanadi.
bu yerda a~30...35°-stvolni kiyalik burchagi. Bitta stvol orqali sarflangan suv miqdori
quyidagiga aniqlanadi.
Qcn = , (7.)
bu yerda -purkash diametriga bog‘liq suv sarfi koeffitsiyenti (0,5...0,9); S-stvol teshigining
kesimi maydoni, m2,
Do'stlaringiz bilan baham: |