O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 4,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/179
Sana02.06.2022
Hajmi4,01 Mb.
#630364
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   179
Bog'liq
fayl 1044 20210522

 
Mavzuning bayoni 
 
Reja:
1. Mehnat muhofazasi tushunchasi 
2. Mehnat muhofazasi qonunlari. 
3. О‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar.
4. Mehnatni muhofaza qilish qoidalari, meyor va yо‘riqnomalarni
buzganlik uchun javobgarlik. 
 
Mehnat muhofazasi – ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini, sog‘ligi va xavfsizligini 
ta’minlash uchun yо‘naltirilgan qonunlar majmuasi bо‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, 
gigiyenik va profilaktik tadbirlarni о‘z ichiga qamrab olgan. Har qanday demokratik jamiyatda 
inson huquqlarini himoyalashga qaratilgan qonun asoslari bо‘lishi zarur.
1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi ana shu qonun 


36 
asoslari bо‘lib hizmat qiladi. Konstitutsiyaning IX bobi insonning iqtisodiy va ijtimoiy 
huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
37-moddada “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida 
ishlash va qonunda kо‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”. 
39-moddada “Har kim qariganda mehnat layoqatini yо‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan 
mahrum bо‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish 
huquqiga ega”. 
40-moddada “Har bir inson malakali tibbiy hizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilab 
qо‘yilgan. 
X bobning 43-52- moddalarida inson huquqlari, burchlari va erkinliklari belgilangan. 
Tashkilotlarda mehnat xavfsizligiga doir barcha qaror va hujjatlarni tahlil qilish, kelgusi mehnat 
xavfsizligi darajasini kо‘tarish, ish yuritishda texnika xavfsizligi mashg‘ulotlarini о‘tkazish, 
о‘quv yurtlari о‘qituvchilari, talabalari, xizmatchi va ishchilari о‘rtasida shikastlanishlarni 
oldini olish, davlat standarti masalalari talablariga rioya etish maqsadida 1993 yil 6 mayda 
“Mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risi”dagi qonun qabul qilingan. Bu qonunda jamoat 
shartnomasi, mehnat shartnomasi, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, mehnat intizomi, 
ayollar 
va 
bolalar 
mehnati, 
ijimoiy 
va 
boshqa 
masalalar 
yoritilgan.
Qonunning 1-7 moddalarida umumiy qoidalar, 8-15-moddalarida mehnatni muhofaza qilishni 
ta’minlash, 16-21-moddalarida ishchilarning mehnatini muhofaza qilishga doir huquqlarini 
rо‘yobga chiqarishdagi kafolatlar ifodalangan, 22-29-moddalarida mehnatni muhofaza qilishga 
doir qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik 
nazorati о‘z aksini topgan. 
О‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 1995 yil 21 dekabrda О‘zbekiston Respublikasining 
Mehnat Kodeksini tasdiqladi. Kodeksning VI bobi 73-87-moddalarida ishga qabul qilish va 
dastlabki sinov muddati, 93-113 moddalarida mehnat shartnomalarining bekor qilinishi, 217 
moddada xodimlarni sut , oziq-ovqat, gazli suv, davolash –profilaktika, shaxsiy himoya va 
gigiyena vositalari bilan ta’minlash о‘z aksini topgan.
Mehnat Kodeksida xotin-qizlarning fiziologiyasi va onalikni himoya qilish hisobiga olinib, 
ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Unga kо‘ra, og‘ir va organizm uchun zarar 
bо‘lgan ishlarda ayollarning mehnat qilishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Ular qо‘lda 20 kg gacha, 
zambilg‘altakda 50 kg dan oshmagan yuklarni tashishlari mumkin. Homilador ayollarga davlat 
tomonidan ish haqi tо‘lanadigan ta’til beriladi. Homilador va 8 yoshgacha bolalari bо‘lgan 
ayollarni tunggi, ishdan tashqari, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish va hizmat safariga 
yuborish ta’qiqlanadi.
О‘smirlik davrida hayot muhim uchun funksiyalar, ya’ni tez о‘sish va tananing fizik 
rivojlanishi yuqori bо‘ladi. Bu bilan bir qatorda bо‘g‘im apparati hali nozik bо‘ladi, 
mushaklarni tez charchashi kuzatiladi, nafas olish, qon-tomir va hazm qilish tizimida buzilishlar 
kuzatilib turiladi. Mehnat qonunlariga asosan, 16 yoshga tо‘lmagan о‘smirlar ishga qabul 
qilinmaydi. Ayrim sharoitlarda 15 yoshga tо‘lgan о‘smirlar FZKU ruxsati bilan ishga olinadi. 
16 yoshgacha bо‘lgan о‘smirlar uchun 24 soatlik, 16-18 yoshgacha bо‘lgan о‘smirlar uchun 36 
soatlik ish haftasi belgilangan. О‘smirlar uchun bir kalendar oy miqdorida yilning eng yaxshi 
davrlarida yoki о‘zi hohlagan vaqtda ta’til beriladi. Tunggi ishlarda, ishdan tashqaridagi dam 
olish kunlarida va ularning sog‘ligi uchun zararli moddalar ishlab chiqaradigan ishlarda 
о‘smirlar mehnatidan foydalanish ta’qiqlanadi. 18 yoshga tо‘lmagan о‘smir bolalarga 16 kg 
gacha, qizlarga esa 10 kg gacha og‘irlikda bо‘lgan yuklarni kо‘tariga ruxsat etiladi.
Mehnat muhofazasi bо‘yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat 
tashkilotlariga yuklatilgan: 
О‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
Korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bо‘yicha meyor qoidalariga, sanoat 
sanitariyasi, mehnat gigiyenasi, mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. 
Har bir tarmoq о‘z texnik inspektoriga ega. 
“Sanoatkontexnazorat” agentligi. 


37 
Bug‘ qozonlarining tо‘g‘ri ishlashini bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk kо‘tarish 
mashinalari (kо‘tarma kranlar, liftlar), ekskavatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini 
va portlovchi moddalarni ishlatish, sakrash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati. 
Havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va vibratsiyani yо‘qotish 
sexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.) ishlarini 
nazorat qiladi.
Respublika Ichki ishlar vazirligining yong‘indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.
Yong‘inga qarshi tadbirlarni, о‘t о‘chirish vositalarining holatini, yong‘in haqida xabar berish 
vositalarining ishini nazorat qiladi.
О‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aksionerlik jamiyati. 
Korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyaini va xavfsizlik texnikasi 
qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.
Jamoat nazorati – mehnat qonunlari, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi meyor hamda 
qoidalarining bajarilishini kuzatib boradi. Shuningdek, korxonadagi baxtsiz hodisalarni kelib 
chiqishini, kasb kasalliklarini kamayishini ta’minlovchi chora-tadbirlarni qanday amalga 
oshirilayotganini nazorat qiladi.
Barcha 
ishlab 
chiqarish 
korxonalarida 

pog‘onali nazorat amalga oshiriladi: 
1-pog‘ona: har kuni usta jamoatchi-nazoratchi birgalikdagi sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, 
uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini kо‘radilar.
2-pog‘ona: har xafta sex boshlig‘i katta jamoatchi-nazoratchi bilan birgalikda sexdagi ish 
joylarini 
aylanib 
chiqib, 
uchragan 
kamchiliklarni 
tuzatish 
choralarini 
kо‘radilar.
3-pog‘ona: oyda bir marta korxona bosh muhandisi birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. 
Bu 
nazorat 
bо‘yicha 
korxonada 
qaror 
chiqariladi.
Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi qonunlari 
bajarilishining oliy nazorati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yuklatilgan.
Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik tadbirlarning 
kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni korxona ma’muriyati mahalliy kasaba 
uyushmasi qо‘mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki kо‘p 
yillik rejalardan tashkil topadi. Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan 
yutuqlari , korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi. Ishlarni bajarilishini nazorat 
qilish xavfsizlik ishlari bо‘yicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa 
korxona sexlari bо‘linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag‘ni va moddiy 
ta’minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga kiritiladi. 
Jamoa shartnomasini har yili korxona rahbari ishchi-xizmatchilar nomidan kasaba uyushmasi 
qо‘mitasi bilan tuzadi. Jamoa shaotnomasiga kiritilgan mehnat muhofazasiga doir tadbirlarning 
bajarilishiga ajratilgan mablag‘lar ishlatib bо‘linganligi haqida maxsus dalolatnoma tuzilib, 
unga korxona kasaba uyushmasi qо‘mitasi raisi va korxonaning bosh muhandisi imzo 
chekadilar.
Davlat qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va meyorlarining buzilishi uchun qat’iy 
javobgarlik belgilaydi. Hamma vazirliklar, birlashmalar va sanoat korxonalarida mehnat 
qonunlarining aniq bajarilishini О‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi kuzatadi. Prokuratura 
umumiy nazorat tartibida tekshirish natijalaridan sanoat korxonalari rahbar xodimlarini 
xabardor qiladi va mehnat qilish qoidasi buzilishini tezda bartaraf etishni talab qiladi, rahbar 
xodimlarga ma’muriy chora kо‘rilishini talab qilib, yuqori rahbar xodimlarga murojaat etadi.
Javobgarlik turlari 3 ga bо‘linadi: 
1.
Ma’muriy javobgarlik – uyaltirish, xayfsan e’lon qilish, vaqtincha yoki butunlay past 
darajali ishga о‘tkazish, imtiyozlarni cheklash. 
2.
Jinoiy javobgarlik – О‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual Kodeksiga binoan olib 
boriladi.
Masalan: 
-qoidaning buzilishi baxtsiz hodisaga olib kelsa, bir yilgacha ahloq tuzatish ishlariga yoki 


38 
ozodlikdan mahrum qilish yoki 5 minimal ish haqi miqdorida jarima yoki ishdan bо‘shatish 
choralari qо‘llanadi. 
-korxonadan chiqayotgan chiqindilar tufayli havo va suv havzalarining ifloslanishi uchun 1 
yilgacha ahloq tuzatish ishlariga yoki 5 minimal ish haqi miqdorida jarima tо‘lanadi.
3. Moddiy javobgarlik – qonunsiz ravishda ishdan bо‘shatilgan, majburiy ish qoldirgan, kasbiy 
kasallik tufayli jabrlangan kishiga tо‘lanadigan haqni rahbar lavozimidagi xodimdan qisman 
yoki tо‘liq undirib olish. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
Yormatov 
G‘. 
YO. 
va 
boshqalar. 
Hayot 
faoliyati 
xavfsizligi. 
О‘quv
qо‘llanma. -T.: 2005.
2. 
О‘. Yо‘ldoshev va boshqalar. Mehnatni muxofaza qilish. -T.: Mehnat,
2005.
3. 
Bezopasnost 
jiznedeyatelnosti. 
/Pod.red. 
Mixaylova 
L.A. 
Kiyev 

Xarkov – Minsk, 2007. 301 s.
4. Belov S. V. i dr. " Bezopasnost’ jiznedeyatel’nosti", "Visshaya shkola" , -M.: 1999. 

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish