O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
«Tasdiqlayman»
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
___________ N.X.Raxmankulova
“_____” ____________ 2021-yil
“MAKTABGACHA PEDAGOGIKA”
fanidan
SILLABUS (ishchi dastur)
I-kurs
Bilim sohasi:
|
100000 – Ta’lim
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 – Ta’lim
|
Ta’lim yo`nalishi:
|
60110200 – Maktabgacha ta’lim
|
№
|
Mashg’ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Semestr
|
I
|
II
|
1
|
Ma’ruza
|
60
|
30
|
30
|
2
|
Amaliy
|
90
|
30
|
60
|
3
|
Mustaqil ta`lim
|
150
|
60
|
90
|
4
|
Kurs ishi
|
|
|
+
|
5
|
Auditoriya soati
|
150
|
60
|
90
|
6
|
Umumiy soat
|
300
|
|
|
Toshkent – 2021
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 20__ yil “___” _________________ dagi “___”-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha pedagogika” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchilar
N.M.Kayumova
|
Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsenti.
|
K.A.Sabirova
Taqrizchilar:
Sh.S.Shodmonova
|
Nizomiy nomidagi TDPU tayanch doktoranti
Nizomiy nomli TDPU p.f.d.v.b.prof
|
A.Sh.Muxsiyeva
|
Nizomiy nomli TDPU p.f.n. dotsent
|
Nizomiy nomidagi TDPUning “Maktabgacha ta’lim” fakulteti dekani v.v.b.:
2021 yil “___” ___________________________________G.U.Raxmonova
(imzo)
Nizomiy nomidagi TDPUning “Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi”
kafedrasi mudiri: 2021 yil “___” ____________________________________M.N.Agzamova
(imzo)
Fanning ishchi o’quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universiteti Kengashining 20__ yil “___” _________________ dagi “___”-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Professor-o’qituvchi: Kayumova Nargiza Mirziyatovna.
Ish joyi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Bog’lanish uchun telefon nomeri: (+99890) 977-71-78
E-mail: Nargiz@mail.ru
Tayanch doktorant: Sabirova Kamola Abdunabixodjayevna.
Ish joyi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Bog’lanish uchun telefon nomeri: (+99897) 743-13-02
E-mail: Kamola1302@gmail.ru
Prerekvizitlar:
Mazkur fanni o’zlashtirgunga qadar talabalar quyidagi fanlarni o’zlashtirgan bo’lishlari shart: “Umumiy pedagogika”, “Bolalar psixologiyasi”,”Art terapiya”
Postrekvizitlar:
Fan tugallanganidan so’ng, talabalar quyidagi modular bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi lozim: “Umumiy pedagogika”, “Bolalar psixologiyasi”
Fanni o’rganishning zaruriyati.
Bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talaba maktabgacha pedagogika nazariyasi va amaliyoti, fanning o`ziga xos xususiyatlari, ta’limiy-tarbiyaviy jihatlari, tarbiyachining kasbiy faoliyati va unga qo`yiladigan talablar; yosh fuqaroni tarbiyalash ishining murakkabligi, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tarbiyasi va rivojlanishi, maktabgacha pedagogikada ilmiy-tadqiqot metodlari maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalashda yangi pedagogiktexnologiyalar, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, maktabgacha pedagogika tarixi, maktabgacha ta’limtashkilotlarini tashkil etish va unga rahbarlik qilish, O`zbekiston Res’ublikasida maktabgacha ta’lim tashkilotlaritizimini tashkil etishning zamonaviy usullari haqida bilim, tegishli ko`nikma va malakalarni hosil qilishdan iboratdir.
Fanning maqsadi – Talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashni tashkil etish va amalga oshirishga tayyorlash, tarbiyachilik madaniyatni tarkib toptirish.
Fanning vazifalari “Maktabgacha pedagogika” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- maktabgacha ta’limning ta’lim tizimida tutgan o`rni, maktabgacha ta’lim bo`yicha kasbiy faoliyatning umumiy tamoyillari, maktabgacha pedagogikaning pedagogika nazariyasi va tarixi fani bilan uzviyligi,maktabgacha pedagogikaning rivojlanish tamoyillari to`g`risida,maktabgacha pedagogika tarixi, O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimini bilishi kerak;
- maktabgacha pedagogikaning nazariy va amaliy bilimlarini egallash,maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiya berish, maktabgacha pedagogikadan o`z kasbiy faoliyatini rejalashtirish bo`yicha ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak;
- maktabgacha ta’limning asosiy tamoyillari, maktabgacha ta’lim pedagogikasiga qo`yiladigan asosiy talablar, maktabgacha ta’limning mazmuni, ilmiy-tadqiqot metodlari,maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish, maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalash, maktabgacha ta’limning uzviyligi va uzluksizligi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va oilada tarbiya jarayonini tashkil etish malakalariga ega bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |