O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Jismoniy madaniyat nazariyasiga kirish



Download 3,13 Mb.
bet7/176
Sana24.04.2022
Hajmi3,13 Mb.
#579418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   176
Bog'liq
УМК 601 11200 ЖМН ва М 1 курс22222

Jismoniy madaniyat nazariyasiga kirish. Bu qismda nazariyaning apparati, uning predmeti va tadqiqot uslublarini tashkil etuvchi tushunchalar ifodalangan, asosiy ijtimoiy funksiyalari va jismoniy madaniyat shakllariga tizimli xarakteristika berilgan, jamiyatda uning rivojlanish oqimlari kuzatilib umumlashtirilgan.

  • Jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari. Bu bo‘limning mazmuni jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fanda asosiy oqim bo‘lib qoladi. Bu yerda jismoniy tarbiyaning asosiy belgilari va qonun qoidalari ta’lim va tarbiyaviy maqsadlaridan jismoniy madaniyat foydalaniladigan jarayoni, bunda hal etiladigan asosiy vazifalar, ularni hal qilish uchun qo‘llaniladigan vositalar va uslublar, mashg‘ulotlarning tuzilish usullari va shu kabilar sifatida ko‘rib chiqiladi.

  • Jismoniy madaniyatdan foydalanishning tipik yo‘nalishlari va shakllarining tasnifi. Bu bo‘limda jismoniy madaniyat jamiyatda, inson hayoti tarkibida, ayniqsa, hayotiy faoliyatining asosiy sohalarida foydalanuvchi turli yig‘ilishlar va unga mos shakllarining xususiyatlari o‘rganiladi. Aniqrog‘i bu bo‘limda jismoniy madaniyat umumiy ta’lim hamda kasb-amaliy tayyorlash tizimda mehnatni ilmiy tashkil etish tizimidagi va kundalik turmushdagi xususiyatlarini o‘rganib boradi. Shuningdek, sport jismoniy madaniyatning asosiy komponentlaridan biri hamda sport faoliyatining maxsus shakli sifatida (sport trenirovkasi, musobaqalar) tahlil qilinadi.

  • Jismoniy madaniyatdan inson hayotining turli davrlarda foydalanishning ilmiy amaliy asoslari. Mazkur bo‘limda jismoniy madaniyatni maqsadga muvofiq ravishda qo‘llash masalasi “yosh jihatidan” ko‘riladi. Shu bilan birga insonning faoliyat davomida shart-sharoitlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlari xarakterlanadi.

    Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi kursi jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislarni kasb ta’limotining bazasiga kiruvchi kengaytirilgan bilimlar majmuasini o‘z ichiga oladi. U bo‘lg‘usi jismoniy madaniyat sohasidagi mutaxassisga kasb faoliyati mazmunini to‘liq tushunishga imkoniyat yaratadi, dunyo qarashini kengaytiradi, jismoniy madaniyat sohasidagi boshqa ishchilarini umumiy ishlari bilan bog‘laydi va shu bilan birga mutaxassis egallashi zarur bo‘lgan keng kasbga yo‘naltirilgan dunyo qarashni shakllantirishga yordam beradi.
    U yoki bu kasb egalari o‘zaro muloqot davomida o‘z kasbi va hunariga oid ma’lum tushunchalar va iboralardan foydalanadilar. Fanning ma’lum sohasini o‘rganish va uni o‘zlashtirish ana shu yetakchi tushunchalarning mazmuniga bog‘liq. Ularning mazmuni vahajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining ko‘pdan-ko‘p hodisalari va masalalarini to‘g‘ri tushunib olish qiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi fanini muvaffaqiyatli egallash murakkablashadi.
    Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatida qo‘llaniladigan yetakchi tushunchalarga quyidagilar kiradi: jismoniy rivojlanish, jismonan tayyorgarlik, jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat, sporti, jismoniy kamolot, jismoniy madaniyat xarakati. Nima uchun yuqorida sanab o‘tilgan tushunchalar asosiy tushunchalar deyiladiyu, boshqalari, masalan, jismoniy mashq, jismoniy sifatlar, jismoniy bilimlar tushunchalari asosiy tushuncha deb hisoblanmaydi? Tegishli faoliyatni to‘g‘ri aks ettiradigan barcha tushunchalar o‘z ahamiyati jihatidan birdek muhimdir, bular to‘g‘risida darslikning tegishli boblarida to‘xtalamiz. Biz esa inson jismi tarbiyasining asosiy, eng muhim sifatlari umumlashtirilib ko‘rsatilgan tushunchalariga to‘xtaldik xolos.

    Download 3,13 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   176




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish