O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Maqsadli o‘quv faoliyati konsepsiyasi



Download 3,13 Mb.
bet44/176
Sana24.04.2022
Hajmi3,13 Mb.
#579418
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   176
Bog'liq
УМК 601 11200 ЖМН ва М 1 курс22222

Maqsadli o‘quv faoliyati konsepsiyasi. Unga muvofiq o‘quv faoliyati ta’lim maqsadlarini ta’lim oluvchilarning shaxsiy maqsadlari sifatida amalga oshirishga yo‘naltirilishi lozim. Bunday faoliyat oluvchining o‘zida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar ko‘rinishidagi natijaga olib keladi, ya’ni ta’lim oluvchining ijodiy shaxsini shakllantirishga bo‘lgan ob’ektiv yo‘nalish sub’ektiv yo‘nalishga mos keladi. Maqsadli o‘quv faoliyatining tarkibi: o‘quv – bilish motivlari, o‘quv vazifalari, o‘quv amallari.
Universal didaktik konsepsiya. U o‘quv jarayoni mohiyatini aks ettiradi: ta’lim, pedagog nuqtai nazaridan, ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatini tashkil qilishning funksional didaktik tizimidir.
Muammoli o‘qitish nazariyasi. U muammoli vaziyatlar tizimi yordamida turli darajada mustaqillikka va ijodiyotga ega o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishga imkon beradi.
Bu nazariya va konsepsiyalarga qo‘shimcha ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishda va amlaga oshirishda pedagogik tizimlar nazariyasi hamda pedagogik o‘yinlar nazariyasi qo‘llanildi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining asosiy bilim va ko‘nikmalari
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bilimlari tuzilmasi ijtimoiy-siyosiy, psixologik-pedagogik, tibbiy-biologik va maxsus bilimlardan tashkil topadi.
Ijtimoiy - siyosiy bilimlar o‘qituvchi dunyoqarashining nazariy asosi, uning kasbiy va maxsus bilimlarining metodologik bazasi hisoblanadi.
Psixologik - pedagogik bilimlar o‘qituvchining kasbiy tayyorgarlik darajasini belgilab beradi. O‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va sog‘lomlashtirish muvaffaqiyati shunga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik faoliyat ob’ekti - o‘quvchi shaxsining o‘ziga xosligi shundan iboratki, u pedagogik ta’sirlarga to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmaydi, balki psixikaning rivojlanishi qoidalariga asosan rivojlanadi. Shuning uchun o‘quvchi psixikasini o‘rganish orqali to‘g‘ri pedagogik vositalar va metodlarni tanlab olish mumkin bo‘ladi. O‘quvchi psixikasini bilish o‘quv materialini, o‘qitish va tarbiyalash metodlarini tanlab olish uchun mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi. O‘qitishni individuallashtirish uchun o‘qituvchi yaxshi psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak.
O‘quvchilar psixologiyasini o‘rganish o‘ziga ham tanqidiy nazar bilan qarashga, kuchni, kerakli fazilatlarni o‘zida mustaqil tarbiyalashga qaratishga undaydi. Bolalar psixologiyasini yaxshi bilmay turib, pedagogik mahoratga erishib bo‘lmaydi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi sport psixologiyasi sohasida ham o‘ta bilimdon bo‘lishi lozim. Tajribali o‘qituvchilar psixologiyani eng “ishchan” fan deb atashadi. Pedagogik mahorat oshib borgan sari o‘qituvchilarning barcha bilimlari psixologik ko‘rinishga ega bo‘lib boradi.
Tibbiy - biologik siklga xos fanlar - anatomiya, biomexanika, kimyo, fiziologiya, gigiena, tibbiy nazorat va davolovchi jismoniy tarbiyani bilish jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bilimlari tuzilmasining o‘ziga xos xususiyatini tashkil etadi.
Pedagog kasbi o‘qituvchining umumta’lim tayyorgarligiga ham yuqori
talablar qo‘yadi. Umumiy ta’lim pedagog madaniyati darajasini aniqlab beradi va kasbiy hamda maxsus bilimlarni sifatli o‘zlashtirish uchun intellektual asos bo‘lib xizmat qiladi. Aniqlanishicha, mehnat samaradorligi xodimlarning kasbiy tayyorgarligi bilan bir qatorda ularning umumiy madaniyatiga bog‘liq. Mukammal umumilmiy asos mutaxassislar bilimlarining uzoq saqlanishini ta’minlaydi, ularga yangi ijtimoiy muhitga osonroq ko‘nikishlariga yordam beradi, individual ish uslubini tezroq egallab olishlariga ko‘maklashadi.
Pedagogik mahorat darajasi faqat bilimlar bilangina aniqlanmaydi. Agar o‘qituvchi bilimlaridan amaliyotda foydalana olsagina, ular kor qilishi mumkin. U yoki bu bilimlarni bilish va amaliyotda qo‘llab ko‘rish bir xil ma’no kasb etmaydi. Pedagogik mahorat ilmiy bilimlar va yuqori darajada rivojlangan ko‘nikmalar, avvalam bor, kasbiy ko‘nikmalar yig‘indisidir. Ko‘nikmalar sifati va darajasi ko‘p jihatdan ularning ilmiy nazariya talablariga qay darajada tayanishiga bog‘liq. O‘z fanini, biologiya va bolalar psixologiyasini bilish hamda mos ravishda ulardan amalda foydalana olish jismoniy tarbiya - pedagogik ish faoliyati ustalari uchun xosdir.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy bilimlari mazmuni maxsus harakat va shaxsan pedagogik ko‘nikmalardan iborat. Birinchisiga kamida maktab dasturidagi jismoniy mashqlar texnikasini egallagan bo‘lish ko‘nikmasi kiradi. Bu ko‘nikmalarni pedagogik texnikaga kiritish mumkin, uning yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarga bilim beradi (mashqni namoyish qilish, yordam berish, ehtiyotlash).
O‘qituvchining pedagogik texnikasi xilma-xildir. Ko‘pgina tajribali o‘qituvchilar uchun qanday turish, qanday o‘tirish, stuldan qanday turish, ovozni qanday balandlatish, qanday jilmayish, qanday qarash kerakligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu narsani hech kim o‘rgatmagan, biroq buni o‘rganish mumkin va zarur, busiz yaxshi tarbiyachi bo‘lish qiyin.
Pedagogik texnikaning o‘ta muhim elementi - bu ifodali nutqdir. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘quvchilarga ko‘pincha buyruqlar, farmoyishlar beradi.
O‘quvchilarning jismoniy tarbiyasini rejalashtirishda uning ikki tomoni mavjud - pedagogik va texnik. Birinchisi jismoniy tarbiya fanini tanlash va uning mazmuni kompozitsiyasi bilan, o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini loyihalash hamda tuzish bilan bog‘liq. Ikkinchisi esa loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun moddiy-sport bazasini tayyorlash bilan bog‘liq. Loyihalash xususiyatiga ega pedagogik ko‘nikmalarda bashorat qilish ko‘nikmasi juda muhim hisoblanadi. U o‘qituvchiga o‘quvchilarni kutayotgan qiyinchiliklarni oldindan ko‘zlay bilishga va shu orqali ularning oldini olishga imkon yaratadi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi uchun o‘z vaqtini rejalashtira olish ham muhim hisoblanadi: ish vaqti cheklanmagan boshqa kasb bo‘lmasa kerak. O‘qituvchi o‘z vaqtini to‘g‘ri rejalashtira olgandagina sportchi o‘quvchilarga o‘quv va trenirovka mashg‘ulotlarini oqilona taqsimlashga yordam bera oladi.
Pedagogik mahorat tadqiqot qilish ko‘nikmalarisiz rivojlanishi mumkin emas. Bunday ko‘nikmalar asosini butun o‘quv-tarbiyaviy ishlar jarayonini tashkil qilish, shuningdek, uni ijodiy takomillashtirish tashkil etadi. Agar o‘qituvchi o‘z faoliyatini chuqur tahlil qilmasa, to‘planib borayotgan tajriba vaqt o‘tishi bilan ma’lum bir kasbiy xatoliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Agar yosh pedagog tahlil qilib bormasa, u oliy o‘quv yurtida o‘zlashtirilgan ilmiy qoidalarni tez unutib yuboradi, o‘zgalar metodlariga moslashib qoladi va shaxsiy, individual ish uslubini hosil qilishga qodir bo‘lmay qoladi.
Jismoniy tarbiya - pedagogik amaliyotni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, yosh o‘qituvchilar ko‘proq o‘quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirishga, tashkil etishga, o‘quvchilarni o‘qitish va jismoniy tarbiyalashga e’tibor qaratadilar hamda o‘zlarida sog‘lomlashtiruvchi tadbirlarni o‘tkazish va o‘quvchilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalash ko‘nikmasini ham shakllantiradilar. Tajribali o‘qituvchilar shaxsan pedagogik ko‘nikmalarni afzal biladilar, maxsus harakatlarga umumiy pedagogik muammolarni hal etish uchun material sifatida qaraydilar.
Pedagogik faoliyatda ba’zan kasbning majburiy tarkibiy qismi bo‘lmagan turli xil ko‘nikmalar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi ko‘pincha turli xil yig‘inlar, bayramlarni tashkil etishi va o‘tkazishiga, turistik sayohatlarga rahbarlik qilishiga, sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarida ishlashiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda rasm chiza olish, suratga tushirish, musiqa anjomlarini chalish, raqs tushish, ustachilik qila olish qobiliyati muhimdir. Ayniqsa, qishloq o‘qituvchisi universal ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim, chunki qishloqda o‘quvchilarni tarbiyalash jarayoni umumta’lim maktabining ishiga bog‘liq. Bu ko‘nikmalar pedagogning individual ish uslubini shakllantirishda jiddiy to‘ldirish bo‘lib xizmat qiladi.
Nazariy bilimlar va ularga asoslangan pedagogik ko‘nikmalar - bu o‘qituvchi kasbining asosiy, ob’ektiv mazmunidir.
Akmeologiya fan sifatida yetuk insonlarning kasb mahorati cho‘qqilariga ko‘tarilish jarayonidagi ijodiy salohiyatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini izlab topishga yo‘naltirilgan. (N.V.Kuzmina). Shuning uchun aytish mumkinki, kasbiy tayyorgarlik, kadrlarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan pedagogik texnologiyalar akmeologik texnologiyalar (AT) hisoblanadi. Har xil sohalarda mutaxassislar tayyorlashning akmeologik texnologiyalari, umumiy xususiyatlarga ega bo‘la turib, ma’lum bir farqlarga ham ega. Pedagogik kadrlar tayyorlash tizimi uchun – bu pedagoglar tayyorlash va ularning kasbiy mahoratini oshirishning akmeologik texnologiyalari.
Didaktik o‘yinlarni akmeologik texnologiyalar shakli sifatida qarash mumkin. Bunda o‘quv yurtlarida pedagoglarning kasbiy tayyorlashga yo‘naltirilgan didaktik o‘yinlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Bu didaktik o‘yinlar pedagoglarning malakasini oshirishga, ta’lim tizimi muammolarini hal qilish yo‘llarini ijodiy izlashga yo‘naltirilgan.
Pedagogik jarayonni texnologiyalashtirish (jumladan, didaktik o‘yinlar yordamida) variantlari har xil bo‘lishi mumkin. Mavjud tajribani tahlil qilish asosida texnologiyalarni tasniflashga quyidagicha yondashish taklif etiladi.

  1. Texnologik tizimlar (yirik texnologik tuzilmalar) - ushbu holda butun pedagogik jarayon yaxlit jarayon sifatida barcha tarkibiy qismlari bilan birga texnologik yondashuv bilan qamrab olinadi.

  2. Texnologik zanjirlar (o‘rtacha texnologik tuzilmalar) – ushbu holda pedagogik tizimning tarkibiy qismlaridan qaysidir bir qismi shu jarayonning ma’lum bir mazmunini yoki qandaydir siklini o‘rganish davri davomida texnologik yondashuv bilan qamrab olinadi. Masalan, ta’lim vositalari kabi tarkibiy qismi tanlab olinishi va ularni ma’lum bir didiaktik konsepsiya asosida qo‘llash kompleksi ishlab chiqilishi mumkin. Bunday texnologik zanjirni bu sirtqi bo‘limning 4 – bosqich talabalari bilan o‘tkazilgan pedagogikaning “Didaktika” bo‘limi bo‘yicha mashg‘ulotlarda qo‘lladik. Bunda ko‘rgazmali qurollardan va barcha mavzular bo‘yicha texnik vositalardan foydalandik.

  3. Texnologik zvenolar (kichik texnologik tuzilmalar) - ushbu holda pedagogik jarayonning qaysidir bir qismi texnologik yondashuv bilan qamrab olinadi. Bu texnologik tuzilma nisbatan mustaqil yoki texnologik tizimning bo‘g‘ini bo‘lishi mumkin. Texnologiyalashtirish tamoyiliga asosan tashkil qilingan o‘quv mashg‘uloti bunga misol bo‘la oladi. Buni biz sirtqi bo‘limning 4-bosqichida didaktik o‘yinlar shaklida seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida amalga oshirdik.

  4. Texnologik mikrotuzilmalar – bu texnologik zveno elementi. Texnologik mikrotuzilma zvenoning qandaydir bir qismini qamrab olishi mumkin. Masalan, o‘quv mashg‘ulotida ma’lum bir tarzda tashkil qilingan nazorat. Bunday yondashuv biz tomonimizdan pedagogikaning uchta asosiy bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, didaktika, tarbiya nazariyasi asoslari bo‘yicha yakuniy nazorat o‘tkazishda amalga oshiriladi. Shu maqsadda tezkor teskari aloqani o‘rnatishga imkon beruvchi testlar tizimi ishlab chiqilgan.

Texnologik yondashuv asosida ta’lim jarayonini turlicha tuzish har qanday pedagog uchun cheklanmagan ijodiy imkoniyatlarni ochib beradi.
Pedagogik tizimning ishlash samaradorligi ko‘rsatkichlaridan biri, bizningcha, alohida o‘quv mashg‘ulotlarining va ta’lim texnologiyalarining samaradorlik koeffitsienti (yoki samaradorlik darajasi) bo‘lishi mumkin. Agar funksional vazifalarni hal etishning baholash mezonlari ishlab chiqilsa, samaradorlik koeffitsientini hosil qilish mumkin.
Bunday mezonlar tizimi biz tomonimizdan ta’limdagi ikkita o‘zaro bog‘liq faoliyat turlari - o‘qituvchi (pedagog) va o‘quvchilar faoliyatlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan. Pedagogning ta’lim berish faoliyatini baholash mezonlari pedagogik bazisga taalluqli bo‘lgan tarkiblar va ularning elementlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash bilan bog‘liq.
Ularga quyidagilar kiradi:

  1. Mazmunni egallash va uning didaktik tashkil qilinishi.

  2. Pedagogning ta’lim berish faoliyatini tashkil qilish.

  3. O‘quv mashg‘ulotining tuzilmaviy – kompozitsion tuzilishi.

  4. Ta’limda o‘quvchilar faoliyatini baholash mezonlari mazmunli, protsessual va shaxsiy elementlarni aks ettiradi.

Bu kichik tizim quyidagi mezonlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Fanga, o‘quv faoliyatiga nisbatan qiziqishning mavjudligi.

  2. O‘quv ishida mazmunli- protsessual xususiyatga ega bilim, ko‘nikma, malaklarning namoyon bo‘lishi.

  3. Bilish faolligi va mustaqillik, izlanuvchan faoliyatga intilish.

  4. Jamoaviy ishni amalga oshira olish ko‘nikmasi.

  5. Uyushqoqlik, intizom, qat’iyatlilik va o‘quv faoliyati natijalari uchun mas’uliyat.

Ilm-fan va texnika rivojining yuksak sur’ati moddiy ishlab chiqarish jarayonini nazariy (g‘oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmun kasb etishini ta’minladi. Xizmat ko‘rsatish sohalarining paydo bo‘lishi, yangicha turmush tarzi kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining ortib borishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ehtiyojlarning yangilanib hamda ortib borishi o‘z navbatida ularni qisqa muddatda va sifatli qondirilishini ta’min etuvchi faoliyatning yo‘lga qo‘yilishini taqozo etdi. Ijtimoiy zarurat mahsuli bo‘lgan texnologiya sohasi va uning takomillashib borishi qisqa vaqt oralig‘ida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini berdi. Moddiy ishlab chiqarish, xom-ashyoni qayta ishlash sohalari (qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar)da mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga nisbatan texnologik yondoshuv an’anasi yuzaga keldi.

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish