O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 3,13 Mb.
bet120/176
Sana24.04.2022
Hajmi3,13 Mb.
#579418
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   176
Bog'liq
УМК 601 11200 ЖМН ва М 1 курс22222

Nazorat uchun savollar
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiya naza- riyasi nimalarni o‘rganadi?
2.Jismoniy tarbiya nazariyasi qaysi fanlar bilan bog‘liq?
3.Bolalar asab tizimi yakka xususiyatlarini bilish nima uchun zaru. 2–3 yoshli bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari nimada? 4 yoshli bolalar bilan qanday jismoniy mashqlar o‘tkaziladi?
10 Mavzu: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darsining asosiy shakllari. Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va mazmuni
Reja:
1Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darsining asosiy shakllari Jismoniy tarbiya dasturi.
2.Maktabda jismoniy tarbiya darsiga bo‘lgan asosiy talablar va jismoniy tarbiya vazifalari.
3/Maktabda jismoniy tarbiya darsining tuznlishn va ularni o‘tkazish metodikasining ayrim xususnyatlari (1-4,5-9,10-11 sinflar).
Tayanch iboralar. Umumiy o‘rta ta’lim, jismoniy tarbiya darsi,

O‘quvchilarni jismoniy jihatdan nazariy bilimlar bilan qurollantirish, ularni bu boradagi jismoniy harakat ko‘nikma va malakalar bilan oshno qilish, mazkur fanning asosiy vazifalaridir. O‘quvchilar sog‘ligini yaxshilash, ularni jismoniy rivojlantirish, bolalarga jismoniy chiniqish va sport bo‘yicha bilim berish maktabdagi jismoniy tarbiya darslarida, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Bu vazifalarni bajarish, bolalar sog‘ligini asrash, ularni har tomonlama gormonik rivojlantirish, barkamol avlodni tarbiyalash eng kichik yoshdan bog‘chadan boshlab, uzluksiz ta’lim tizimi asosida boshlang‘ich sinflararo davom etilishi lozim.
Jismoniy mashqlar kishi organizmini sog‘lomlashtirishda g‘oyat katta ahamiyatga ega. Buni yaxshi tushungan holda biz uzoq o‘tmishda yashab ijod qilgan, jismoniy mashqlarni ilmiy asoslagan buyuk mutaffakkir Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosiga murojaat qildik. Darhaqiqat, uning fikrlari, mulohazalari, maslahatlari hozirgi zamonda ham katta ahamiyatga ega va bulardan o‘qitish jarayonida keng foydalanilsa ayni muddao bo‘lar edi.42
Abu Ali ibn Sino tib ilmiga va odam ornganizmini sog‘lomlashtirish masalalariga juda erta qiziqdi, o‘z zamonasining mashhur tabiblari bo‘lmish Abul Mansur Qamariy va Abu Sahl Masihiy rahbarligida bu ilmlarni o‘rgana boshladi va 16 yoshga yetganda taniqli tabiblar qatoridan joy oldi. Abu Ali ibn Sinoning jismoniy tarbiya sohasidagi fikrlari g‘oyat katta ahamiyatga egadir. U odam organizmini sog‘lomlashtirishning asosiy vositasi deb badantarbiya harakatlarini bilgan. «Sog‘liqni saqlashning asosiy tadbiri badantarbiya bo‘lib… mo‘tadil ravishda va o‘z vaqtida badan tarbiya bilan shug‘ullanuvchi odam buzilgan xiltlar tufayli keluvchi kasalliklarning va mijoz hamda ilgari o‘tgan kasalliklarning davosiga muxtoj bo‘lmaydi».! Uning bu fikrlari, ayniqsa hozir texnika rivojlanib odamlarning jismoniy harakatlari chegaralangan va buning natijasida ko‘pdan-ko‘p kasalliklar kelib chiqayotgan vaqtda jismoniy tarbiya darslarini nazariy qismida o‘quvchilar shu ma’lumotlar bilan tanishtirilib borilsa, juda ham foydali bo‘lardi.
Maktabda doimiy o‘tkazilayotgan haftada 2 soatli jismoniy tarbiya darslari o‘quvchilarda haftali harakatga bo‘lgan ehtiyojiga javob bera olmaydi. U 2 soatli darslar faqat 11% javob berar ekan. O‘quvchilarni harakat talablarini qoniqtirish uchun darsdan tashqari turli sport tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazish lozim. (Kun tartibida jismoniy tarbiya, maktabda sport to‘garaklari, sport musobaqalar, sport bayramlari va boshqalar).
Jismoniy tarbiya dasturi. Umumta’lim maktablarda jismoniy tarbiya bo‘yicha tuzilgan dars turlari shu davrgacha bir necha marta o‘zgarib kelgan va davr, zamon talabiga binoan har 3-5 yilda o‘zgarib turadi. Shu jumladan 1984 yili yangi original majmua dasturi ishlab chiqildi.
Albatta hamma yangi ishlab chiqilgan dasturlar qandaydir oldinga siljishga olib keladi. Bizning jumhuriyatimizda, ham bunday siljishlar ro‘y berdi (uslublar o‘zgarishi, dars sifatini o‘zgarishi va h.k) lekin o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi pastligicha qolaveradi. Demak, bu original dastur ham o‘zini oqlamadi, ya’ni jumhuriyatimizga mos kelmadi.
Boshqacha aytganda O‘zbekiston iqlim sharoiti, iqtisod va ijtimoiy, urf odat, an’anaviy bo‘lib qolgan o‘yinlar, musobaqalar boshqa mashqlar hisobga olinmagan.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni o‘quvchilar ongiga yetkazish, shakllantirish uchun kam etibor berilgan.
Shuning uchun ham maktab o‘quvchilari o‘z ustida mustaqil ishlay olmaydilar.
Shu dasturlarni tahlil qilish asosida 1993-1994 o‘quv yilida mustaqil O‘zbekisgonda umumtalim maktablari uchun jismoniy tarbiya bo‘yicha birinchi marta o‘zining dasturini ishlab chikdilar.
Bu dastur oldingilariga qaraganda butunlay o‘zgargan (mazmuni bo‘yicha, meyorlar va talablar, yangi bo‘limlar, soatlar setkasi, hajmi va to‘laligi va h.k), shu borada ishonchimiz komilki, 6olalar jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi oshib boradi.
Dasturning uqtirish xatida yoshiga, jinsiga qarab qanday vazifalarni yechish, har bir dastur bo‘limlariga tushuncha berish, sharoiti bor yoki bo‘lsa, qaysi dastur bo‘limini o‘tish va almashish (suzish: gimnastika, basketbol yoki qo‘l to‘pi), qanday o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi ustidan nazorat olib borish, dastur talablariga meyorlarga javob berish qanday berish uchun tayyorlash va h.k berilgan.
Bu dasturni ishlab chiqishda ko‘p olimlar, nazariyachilar, o‘qituvchi amaliyotchilar va boshqalar qatnashdi.
Ushbu dasturni ishla6 chiqish O‘zbekiston Davlat jismoniy institutining ilmiy prorektori professor F.N.Nasriddinov rahbarligida olib borildi. Bu ishlab chiqilgan dastur bir o‘quv yilida sinovdan o‘tdi va muhokama asosida ko‘rsatilgan takliflar bo‘yicha o‘zgarishlar kiritildi hamda Vazirlar Mahkasamasi tomonidan tasdiqlanib mustaqil dastur bo‘lib kuchga kirdi. Dasturda 1-4, 5-9: 10-11 sinflar uchun har bir bo‘limlariga belgilangan vaqtlari ham ko‘rsatilgan.
2008 yilda boshqa mualliflar tomonidan ana bir yangi dastur ishlab chiqildi. (konkurent sifatida). Ular sinovdan o‘tgach vaqt va o‘quv ish tajribalari asosida optimal variant olinadi. Jismoniy tarbiya dasturi bu qonun ya’ni unda ko‘rsatilgan bo‘limlar va materiallar o‘tilishi shart.

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish