Darsda bo‘lgan talablar.
Jismoniy tarbiya darsi 3 qismdan iborat (tayyorgarlnk, asosiy va yakuniy qismlari) bo‘lib dars oldida qo‘yidagi talablar qo‘yiladi:
a) dars aniq vazifalarga ega bo‘lishi kerak;
b) metodik tuzilish bo‘yicha to‘g‘ri bo‘lishi lozim;
v) o‘quv materiallari, oldingi dars, keyingilari bilan bog‘liq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir;
g) dors mazmuni bo‘yicha o‘quvchilarning yoshiga, jinsiga, jismoniy tayyorgarligiga salomatligiga, mos bo‘lishi zarur;
d) darslar qiziqarli va o‘quvchilarning faol faoliyatini oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak;
ye) dars mazmuni o‘quvchilar salomatliklarini, to‘g‘ri qaddiqomatini saqlash va hartomonlama jismaniy rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
j) boshqa darslar bilan jadvalda to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi lozim;
z) tarbiyaviy xarakterda bo‘lishi shart.
Jismoniy tarbiya darslarining vazifalari. Jismoniy tarbiya darslarida talim, tarbiya va sog‘lomlashtirish vazifalari hal etiladi.
Talimiy deganda biz jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha asosiy tushunchalarni, ularning mohiyatini va qiymatini hamda dasturda mavjud bo‘lgan jismoniy tarbiya jarayonida mashqlarni o‘quvchilarga o‘rgatishini tushunamiz.
Ta’limiy vazifalarni hal qilish uchun ko‘shimcha vaqt talab qilinadi.
Masalan: arqonga tirmashnb chiqishni bir darsda o‘rgatish mumkin emas. Ta’limiy vazifalariga, shuningdek, jismoniy tarbiya va sportga, salomatlikni saqlash, kundalnk rejim, to‘g‘ri nafas olish, chiniqtirish, mashqlarni to‘g‘ri bajarishlari to‘g‘risidagi bilimlar kiradi. Ta’limiy vazifalarni hal etish tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalar bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.
Darsda diqqat, e’tibor, intizom, harakat sifatlari, o‘rtoqlilik, do‘stlik xislatlari, maqsad sari intilish, qiyinchiliklarni yengish kabi sifatlar tarbiyalanadi. Ta’limiy vazifani amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida nazariy bilimlarini shakllantirishga katta e’tibor beriladi.
Sog‘lamlashtirish vazifalari – o‘sayotgan orgaizmlarning garmonini rivojlanishga, sog‘liqni mustaxkamlashga jismoniy tarbiyalarini xar tomonlama tarbiyalashga qaratilgan vazifalar. Yosh xususiyatlarga qarab quyidagi amalga oshiriladi: a) organizmni chiniqtiring, jumladan jismoniy charchash boshqa muxitning boshqa muxitning t-pa ta’siri quyosh radiyatsiyasi kabi faktorlarga qarshi kurashishni oshirish; b) jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash, jumladan:
kichik maktab yoshdagi jismoniy sifatlarni har tomonlama rivojlanishini ta’minlash. Unda ko‘proq koordinatsiyalash va tezkorlik xususiyatlarni ta’minlash;
o‘rta maktab yoshidagi ayrim tezkorlik kuch qobiliyatlariga aerobli xarakter chidamlilikka yordam beruvchi ta’sirlarni kengaytirish, dastur talablariga binoan. “Alpomish va Barchinoy” meyor – talablar majmuasini bajarish.
Katta maktab yoshdagi jismoniy qobiliyatlarini (koordinatsiyalash, tezkorlik, tezkor –kuch, kuch, chidamlilikka) yuqori darajasini ta’minlash, shuningdek qiziqishga bog‘liq holda sportning biror bir turi bo‘yicha mativlarni ta’minlash va umumiy ish qobiliyatlarini rivojlanishi.
v) zarur bo‘lganda: harakat faoliyatlarining turli shartlarida ratsional qaddi qomatni shakllantirish va mustaxkamlash.
Tarbiyaviy vazifalari:
jism, axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasining o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqarilgan vazifalar. Bunday vazifalarning birqanchalik jismoniy tarbiya jarayonida hal etiladi. Ularga jumladan jismoniy tarbiya va sport faoliyatining keraklikcha ta’minlash, etik asoslar bo‘yicha shakllantirish, irodavilik sifatida tarbiyalash, jismoniy tarbiya, tashkilotchisi, instruktor va sport hakami sifatida umumiy faoliyatiga tayyorlash bo‘yicha oshiriladigan vazifalar kiradi.
Yuqorida qayt etilgan vazifalar aqliy, estetik va mehnat tarbiyalar bilan birgalikda hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |