Muvofiqlash layoqatlarining namoyon bo‘lish
shakllari va baholash mezonlari
Mezon – biron narsani baholash, aniqlash yoki sinflarga ajratish belgisi. Tabiiyki, muvofiqlash layoqatlarining (ML) mezonlari bo‘lib insonning muvofiqlash imkoniyatlari saviyasini o‘lchash, baholash belgilari xizmat qiladi.
Mlni baholash bosh mezonlari sifatida to‘rtta asosiy belgi ajratilgan;
1.Harakat bajarilishining to‘g‘riligi, ya’ni harakat talab qilingan maqsadga olib keladi;
2. Natija tezligi;
3. Harakat va amallarning samaradorligi;
4. Insonga kutilmagan murakkab vaziyatdan chiqishga yordam beradigan harakat topqirligi.
Mazkur mezonlarning sifat va miqdor tomonlari mavjud. Mlning sifat tavsiflarini baholash asosiy mezonlariga, moslik, maqsadga muvofiqlik va tashabbuskorlik, miqdor mezonlariga – aniqlik, tezkorlik, tejamkorlik, harakatlarning turg‘unligi va ko‘p kuch talab qilmasligi kiradi. Amaliyotda ushbu mezonlar bilan bir qatorda boshqalar ham e’tiborga olinadi. Ko‘p hollarda Mlning belgilari alohida emas balki bir-biri bilan yaqin bog‘langan holda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun, Mlni ta’riflashda bir martalik mezonlardan tashqari, ikki yoki undan ko‘p belgilar bo‘yicha Mlning rivojlanish darajasi haqida xulosa qilish mumkin bo‘lgan majmuaviy mezonlar keng qo‘llaniladi. Bunday majmuaviy mezonlar qatorida maqsadli harakat amallarining yoki bu amallar yig‘indisining bajarilish samaradorligi ko‘rsatkichlari ham bor. Masalan, ML, 3 kishi 10 yoki 3 kishi 15 m.ga yugurish, koptokning (qo‘llar, oyoqlar bilan) harakat yo‘nalishini o‘zgartirib yugurishda boshqarish natijalari; yakkakurash va sport o‘yinlarida himoyachi yoki hujumchining harakat amallarini bajarish samaradorligi; to‘satdan o‘zgargan sharoitlarda harakat amallarini qayta muvofiqlash tezligi ko‘rsatkichlari bilan o‘lchanadi. Biroq sanab o‘tilgan Mlni baholash mezonlari, zamonaviy ilmiy ma’lumotlarga binoan, murakkab tuzilishga va o‘ziga xos turlarga ega. Xususan, harakatlar aniqligini nazarda tutganda, qanday aniqlik haqida so‘z ketayotganini aytib o‘tish zarur, chunki aniqlik jarayon yoki final xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Aniqlik final xususiyatga ega bo‘lgan holda, u merganlik bilan bir xil. ML, baholashning aniqligi, harakatning turli ko‘rsatkichlarini o‘lchash, birlashtirish, bilan tavsiflanishi mumkin. Aniqlikning ba’zi ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro moslik yo‘qligi aniqlangan. Harakatlar amplitudasini yaxshi diffensiatsiyalash mumkin, lekin nisbatan yomon qaytarilgan holda, ya’ni berilgan ko‘rsatkichni qaytarish. Bu Mlning boshqa belgilariga ham tegishli.
Harakatlar tejamkorligi Mlning xusuiyatlaridan biri sifatida ortiqcha va keraksiz harakatlarsiz, zarur quvvatni kam sarflash bilan tavsiflanadi. U nafaqat harakatlar texnikasi samaradorligiga, balki shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasiga ham bog‘liq. Tejamkorlik harakat natijasini, unga erishish uchun sarflangan xarajatlarga nisbati bilan aniqlanadi.
♦ harakatning turli o‘lchamlarini differensiatsiyalash layoqati (vaqt, fazoviy, kuch va boshq.);
♦ fazoda mo‘ljal olish layoqati;
♦ muvofiqlash saqlash layoqati;
♦ harakatlarni qushish (kombinatsiyalash) layoqati;
♦ o‘zgaruvchan vaziyatga va vazifaning g‘ayri oddiy qo‘yilishiga ko‘nikish layoqati;
♦ belgilangan sur’atlarda vazifalarni bajara olish layoqati;
♦ harakatlar ta’sirchanligi vaqtini boshqarish layoqati;
♦ harakatning turli belgilarini, ularning bajarilish shart-larini va umuman vaziyatning o‘zgarishini oldindan ko‘ra bilish layoqati;
♦ mushaklarni unumli bo‘shashtira olish layoqati.
Amaliyotda barcha ko‘rsatilgan layoqatlar toza holda emas balki murakkab o‘zaro bog‘liqlikda uchraydi. Harakat amaliyoti turining o‘ziga xosligi ushbu muvofiqlash layoqatlariga turli talablar qo‘yadi. Faoliyatning bir turida ma’lum layoqatlar muhim o‘rin egallasa, boshqasida ikkinchi darajali bo‘ladi.
Mazkur o‘ta muhim layoqatlar sport yo‘nalishlarida ko‘p jihatdan muvaffaqiyatni belgilaydi. Shuning uchun muvofiqlashga tayyorlanish jarayonida ularning rivojlanishiga alohida e’tibor bilan qarash harakatlarni muvofiqlash qobiliyati bir qator ruhiy-fiziologik omillar bilan belgilanishini nazarda tutmoq lozim. Bular:
1. Sensor tizimning funksional holati.
2. Markaziy asab tizimining tana holatini boshqarish va alo-hida qismlarini harakatlantira olish darajasi.
3. Insonning harakatlarni yodda saqlab qolish va ularni qay-tara olish imkoniyati.
Harakat muvofiqliligi ko‘p jihatdan shug‘ullanuvchilar tomonidan harakat vazifalarini tushunishlari va uni hal qilish-ning aniq usulini topa olish qobiliyatlariga bog‘liq.
Turli yosh davrlarida, muvofiqlash layoqatlarining alohida turlarini rivojlanishida notekislik kuzatiladi. 15 –16 yoshga kelib ularning ancha yaxshilanishi kuzatiladi. Bu yoshda yoshlarning rivojlanish darajasi kattalarnikiga yaqinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |