О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana20.04.2022
Hajmi1,04 Mb.
#565422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ozbekiston respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolotlovchi

KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi.
Inson huquqlari muammosi hozirgi zamonning eng 
dolzarb muammolaridan biri bo’lib, davlatning demokratik taraqqiyotini 
ko’rsatuvchi muhim mezon bo’lib xizmat qiladi.
Inson huquqlari va erkinliklari g’oyasi asrlar davomida shakllanib, rivojlanib 
kelmoqda. Bu g’oya rivojiga ko’plab mutafakkirlar o’z hissalarini qo’shganlar. 
Shu ma’noda ham inson huquq va erkinliklari butun insoniyat umumiy ma’naviy-
huquqiy merosining ajralmas tarkibiy qismi va qadriyatidir. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Inson 
huquqlari va demokratiya O’zbekistonning milliy va davlat manfaatlariga, 
xalqning erksevar milliy tafakkur tarzi va ruhiyatiga to’la mos keladi”
1

Davlat mustaqilligiga erishish O’zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot, 
siyosiy, madaniy va ma'naviy yangilanishning ulkan istiqbollarini ochib berdi. 
O’zbekiston Respublikasida rivojlangan fuqarolik jamiyatini shakillantirish, 
huquqiy davlat qurishning asosini respublikaning o’ziga hos xususiyatlari, xalq 
an'analarini hisobga olish va o’z rivojlanish yo’liga qat'iy va izchil amal qilish 
tashkil etadi. 
Inson huquqlarini himoya qilish mustaqillikning asosiy qomusi bo’lmish 
Konstitutsiyaning bosh g’oyasi, O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy 
tizimini tubdan isloh qilishning asosiy yo’nalishi va yakuniy maqsadidir. Inson 
huquqlari va erkinliklari himoya qilishda yangi davr boshlandi. Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti 1995-2004-yillarni kurramizda "Inson huquqlari bo’yicha 
ta'lim o’n yilligi" deb e'lon qildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1996-yil avgust oyida bo’lib o’tgan 
oltinchi sessiyasida respublika Prezidenti I. A. Karimov "Hozirgi bosqichda 
demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari" mavzuida ma'ruza 
qilib, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim va ajralmas qismi bu 
1
Каримов И. А. Ўтмишсиз келажак, ҳамкорликсиз тараққиёт бўлмайди. ЮНЕСКО Ижроия Кенгаши 
сессиясида сўзлаган нутқ, 1996 йил 24 апрель, Париж / Бунёдкорлик йўлидан. Т.4. –Т.: “Ўзбекистон”, 1996. - 
334-б.



inson huquqlari va erkinliklari ekanligini ta'kidladi. Shuningdek, inson huquqlari 
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy boyligi bo’lib, unga bundan keyin 
ham katta e'tibor berish huquq va erkinliklarga rioya etilishi ustidan doimiy 
nazoratni kuchaytirish, buning uchun nazorat olib boruvchi tuzilmalar tizimini 
takomillashtirib, bu borada xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yahshilash 
alohida ko’rsatib o’tildi
1

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon o’tgan qisqa muddat ichida 
taraqqiyot sari, demokratik huquqiy davlat qurish yo’lida dadil qadamlar 
qo’yilmoqda. Barcha sohalarda islohotlar chuqur ildiz otmoqda. Taraqqiyotning bu 
bosqichda qonunchilik va qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosi nazoratini yanada 
takomillashtirish katta ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunga kelib 
mamlakatimizda qonunlarni tayyorlash va qabul qilish, ularni hayotga to’la tadbiq 
etish, amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini huquqiy ta'minlashning samarali 
tizimi yaratilgan bo’lib, u o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Oliy Majlis 
tomonidan qabul qilingan qonunlar inson manfaatlariga xizmat qilmoqda. Ayni 
paytda, mamlakatimizda inson manfaatlarini yanada to’laroq ta'minlash va 
samarali kafolatlash yo’lida yangi qonun hujjatlarini tayyorlashni yanada 
takomillashtirish vazifasi dolzarb bo’lib turibdi. 
O’zbekistonda inson huquq va erkinliklari Konstitutsiya, milliy qonunchilik 
hamda umum e’tirof etilgan xalqaro-huquqiy normalar bilan himoya qilinadi va 
kafolatlanadi. 

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish