O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti


IV. Davlat dasturini amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash



Download 31,75 Kb.
bet5/7
Sana14.05.2020
Hajmi31,75 Kb.
#51387
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Akramov Umar KBXT

IV. Davlat dasturini amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash

1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlash iqtisodiyotning normal mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani barpo etish qismi bo‘yicha budjet mablag‘lari hisobidan, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida olingan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar berishda paydo bo‘ladigan budjetning, kredit, sug‘urta muassasalari va korxonalarining yo‘qotishlarini kompensatsiya qilishga, kreditlarga kafolat berishga va tadbirkorlar faoliyatini sug‘urta qilishga da’vat etilgan Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes-fond) tashkil etildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ham bilvosita (imtiyozli soliq solish) mablag‘ bilan ta’minlash yo‘li bilan respublika va mahalliy budjetlarning mablag‘larini, jamoat jamg‘armalari mablag‘larini jalb etish, tijorat banklari tomonidan kredit investitsiyasi berish, chet el va tadbirkorlik sarmoyasini investitsiya jarayoniga jalb etish, shuningdek xususiy xayr-ehson va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, vodoprovodlar, kanalizatsiya tizimlari va inshootlari, gaz va elektr ta’minoti tarmoqlari, yo‘llar qurilishi, hududlarni obodonlashtirish, shuningdek ijtimoiy infrastrukturani ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport obyektlarini, mehnat kuchlari ortiqcha bo‘lgan qishloqlarda esa uy-joy qurish uchun zarur bo‘lgan qishloq, joylarda muhandislik va ishlab chiqarish infrastrukturasi obyektlari qurilishini mablag‘ bilan ta’minlash ushbu obyektlarni rivojlantirishning tegishli davlat dasturlari doirasida ustun darajada tegishli budjetlar va budjetdan tashqari fondlar hisobidan, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan olinadigan mablag‘larning 20 foizini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltirish hisobidan amalga oshiriladi. Maqsadli davlat markazlashtirilgan sarmoya qo‘yilmalarini qishloqda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik infrastrukturasini rivojlantirishga taqsimlash davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlariga yuklanadi.

Meliorativ, gidrotexnika, elektr energetikasi inshootlari va tarmoqlari qurilishi, yerlarga suv chiqarish, ekologik va eroziyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish, kimyoviy melioratsiya, ko‘p yillik ko‘chatlar ekish, qayta ishlash sanoati korxonalari qurilishi va ularni texnika bilan qayta jihozlash, dehqon (fermer) xo‘jaliklari, jamoa korxonalari va boshqa korxonalarni rivojlantirishga ko‘maklashish, qishloq joylarda ishlab chiqarish infrastrukturasini shakllantirish tegishli davlat dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Qishloq joylarda ijtimoiy-madaniy va sport maqsadlaridagi barcha muassasalarga, shu jumladan nogironlar va mehnat faxriylari uylari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari xarajatlari, shuningdek jismoniy tarbiya-sport tadbirlari o‘tkazishga sarflanadigan xarajatlar ustun darajada budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadi.

Soliq solish tartibi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini soliq to‘lashdan ozod qilish, ularni to‘lashni kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash soliq qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq krediti berish tizimi joriy etiladi, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan mulkdan va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni tartibga soluvchi soliqlar joriy etiladi.

2. Ulush qo‘shib qatnashish shartlarida va kredit berish shaklida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar ustun darajada infrastrukturani rivojlantirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Biznes-fondga davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida olingan mablag‘larning 50 foizi beriladi.

3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, kredit tashkilotlariga tegishli farq Biznes-fond mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilingan holda, imtiyozli foizli stavkalar bo‘yicha kredit berilishi mumkin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli shartlarda kredit beruvchi kredit tashkilotlari imtiyozlardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanadilar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan banklarga to‘lanadigan kreditlar to‘lanmasligi tavakkalchiligini majburiy sug‘urta qilish tizimi joriy etiladi.

4. Tadbirkorlik sarmoyasini investitsiya jarayoniga jalb etish maqsadida kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari ularga moliyaviy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan ko‘rsatib o‘tilgan jamiyatlar qatnashchilarining vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini jamlash uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro kredit berish jamiyatini tuzadilar, manbalari haqida deklaratsiya to‘ldirilmaydigan xususiy mablag‘larga asoslangan agroinvestitsiya firmalari tashkil etiladi.

Kichik va xususiy tadbirkorlikning xususiylashtirilgan korxonalari va subyektlari asosiy ishlab chiqarish fondlarini tezlikda yangilash uchun asosiy fondlarning tegishli turlari uchun belgilangan normadan ikki baravar ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratmalarni ishlab chiqarish chiqimlariga tegishli deb hisoblagan holda asosiy ishlab chiqarish fondlarini jadal amortizatsiya qilish qo‘llaniladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini jadal amortizatsiya qilish mexanizmini qo‘llash bilan bir qatorda amortizatsiya ajratmasi sifatida, uch yildan ortiq xizmat qilgan asosiy fondlarning dastlabki qiymatining 50 foizigacha hisobdan chiqarib tashlashning qo‘shimcha tizimi joriy etiladi.

5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ilgari xususiylashtirilgan korxonalari va subyektlarining to‘lovga qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyatlariga baho berishga asoslangan hamda ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini davom ettirishga qaratilgan qarzdorlarning qarzni to‘lay olmasligi sanatsiyasi tizimi shakllantiriladi. Qarzni to‘lay olmaydigan qarzdorlarning mol-mulkini xususiylashtirish hamda umumiy ishlab chiqarish tuzilmasi tarkibida haqiqiy bankrotlarni aniqlash maqsadida ishlab chiqarish obyektlarini maydalashtirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.

Qarzdorlarning mol-mulkini kreditorlarga berish yo‘li bilan to‘lovlarni tartibga solish imkoniyatini ta’minlovchi maxsus qimmatli qog‘ozlar joriy etiladi. Xususiylashtirishga va iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishga prinsipial yangi yondashuvlar amalga oshiriladi. Bunda yomon ishlovchi korxonalarning mol-mulki yangi bozor sharoitlarida ishlashga moslashgan yuqori samarali korxonalarga o‘tadi. Qisman bankrot bo‘lish tartibi yuritiladi.


Download 31,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish