O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi


‘’Navoiy ‘’ romanida to‘qima obrazlarning ijobiy va salbiy bo‘yoqdorligi



Download 66,21 Kb.
bet5/6
Sana09.03.2022
Hajmi66,21 Kb.
#487563
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Lobar kurs 3

2.2 ‘’Navoiy ‘’ romanida to‘qima obrazlarning ijobiy va salbiy bo‘yoqdorligi.

Yozuvchi Oybek romanda Navoiy boshliq ilg`or kuchlar : Sultonmurod , Arslonqul , Zayniddin kabilarning xalq hayotini yaxshilashga intilishini , ilm va san`atni rivojlantirishga qiziqtirishini , taraqqiyotga undashini aks ettiradi. Unda ikki zid kuchning kurashi – gumanizm , adolat , ilm va aqlning zulm ,taassub , manfaatparastlik va shuhratparastlik bilan kurashi tarzida tasvirlanadi. Yurtning birligi xalqning tinchligini ta`minlash , badiiy yodnomalar ijod etishni hamma narsadan yuqori qo`ygan Navoiy ; ilmning bepoyon dovonlarini ochishga intilgan , ilm va do`stlari yo`lida qalbini band qilgan qiz muhabbatini fido etgan Sultonmurod ; zolimlarning jabrini o`z qamchisi bilan savalaydigan , tinimsiz ,do`stlariga kuydi – pishdi xattot Zayniddin – yorqin kuchlar timsolidir . Romanda Zayniddin obrazi quyidagicha tasvirlanadi : “ Hirotlik mullabachcha , o`rta hol oilaga mansub , qaddi – qomati nozik, xushmuomola , xushsuhbat , havoyi tabiatli yigirma – yigirma bir yashar yigit edi . U to`rt- besh yildan buyon tahsil ko`rib ,ba`zi ilmlarda ancha ilgarilagan.Arab va fors tillarini yaxshi egallagan, lekin havoyi tabiatli bo`lishi va hayotda ziynatni , xursandchilikni sevishi orqasida tahsilga ancha qunt qilmaydi. Ko`proq vaqtini san`atlarga bag`ishlaydi. Madrasa ahli orasida u o`zining “ Husnixati “ ya`ni chiroyli yozishi bilan mashhur . Bundan tashqari yaxshi kuylaydi, g`ijjakni go`zal chaladi; keying vaqtlarda otasi bilan orasi buzilib qolgach , faqirlikka tushdi.Bu madrasada va o`zga madrasalardavbo`lgan aslzoda , “ Sohib davlat “ (boy, davlatmand) talabalarning va Hirotdagi bekzoda , vazirzodalarning kechki bazmlariga , yig`inchoqlariga borib kuyi , sozi bilan o`ltirishni qizitib , qornini to`ydirar edi.” 14Asar bilan tanishishimiz mobaynida Zayniddin obraziga xos xususiyatlarni kuzatib boramiz : Ushbu obraz hazilkash gapga chechan , sinchkov kabi xarakterga ega . Buni Sultonmurodning ma`nodor so`zlari : “ Zayniddinning so`zlarida aql ko`proq haqiqat ko`radi” Do`stim Zayniddin har kuni besh karra takrorlaydigan namozda xato qilishi mumkin, lekin, umuman Hirot voqealarining ichini bilishda hech vaqt xato etmaydi.”kabi so`zlari yana bir bor isbotlaydi. Zayniddin obrazi turlicha holatlarda tasvirlanadi: u goh shoirlar , goh xattotlar , goh o`zga xuroson xalqi bilan turli majlislarda vaqt kechirib yurar edi. U darslar bilan juda siyrak mashg`ul bo`lib , xattotlik san`atida mahoratini oshirishga tirishar , musiqa bilan ko`proq shug`ullanar edi. Zayniddin xattotlik san`atida katta iste`dod egasi edi. Zayniddin obrazini qahramon darajasiga ko`tarish mumkin . Chunki , u ham Alisher Navoiy , Sultonmurod , Arslonqul kabi yurt tinchligi , xalq farovonligi , vatanning obodligi va ozodligi yo`lida ular bilan bir safda turib jonbozlik ko`rsatdi va ijobiy qahramon sifatida xalqimizning xotirasiga muhrlandi.


Romanning ijobiy qahramonlaridan biri – Arslonqul dushmaniga nisbatan shaddodligi va botirligini ko`rsata oladigan , shum taqdirning o`yini tufayli azob – uqubat zanjirlariga bog`langan go`zal Dildor va boshqalar – yorqin kuchlar timsolidir . Romandagi talay obrazlarning xarakteri ularning o`zaro munosabatlarida va keskin konfliktlarda ochiladi va tarixiy ilg`or kuchlarning birinchi navbatda , bosh qahramon Navoiy xatti –harakatlarining mohiyatini badiiy gavdalantirishga xizmat qiladi . Oybek bu obraz orqali mehnatkash xalq ongining umumiy o`sishini , Navoiy faoliyatining tarixiy taraqqiyotidagi ilg`or ahamiyatini , bu harakatga xalq ommasi vakillari qatnashganini ko`rsatdi , markaziy davlatni mustahkamlash feodal nizolari va urushlarini tugatishdagina emas, balki xalq taqdirini yaxshilashda ham oldinga tashlangan qadam ekanini ifodalab bermoqchi bo`ldi. Shuning uchun Arslonqul xarakterida o`zbek milliy xarakteri xususiyatlarining qator muhim tomonlarini botirlik , haqiqat yo`lida qattiq turish , sabot , mehnatsevarlik kabi tipik xislatlarini individuallashtirib ko`rsatdi. “Asarning birinchi mas`uliyatli paytida asosiy syujet bilan ma`lum darajada munosabatga kiradigan yordamchi syujet yo`nalishlaridan biri Arslonqul bilan Dildor syujeti yo`nalishidir. Bu yo`nalishning o`ziga xos maqsadi va o`ziga xos konflikti bor . Yozuvchi bu orqali o`sha davrda insonning muhabbat huquqi holidan xabar bermoqchi bo`ladi.Yozuvchi ma`lum darajada maqsadga ham erishadi. Har qanday syujet yo`nalishi romanning asosiy pafosini ochib berishga to`g`ridan – to`g`ri xizmat qilishi kerak .U asarning asosiy syujet yo`nalishi bilan yetarli darajada chirmashib ketsagina talabga javob bera olishi mumkin. Arslonqul va Dildor syujet yo`nalishlari esa, asosiy syujet bilan yetarli darajada chirmashib keta olgan emas. Arslonqul asarning boshida Alisher Navoiy bilan bir ikki marta uchrashadi. Biroq , Alisher Navoiy Arslonqul va Dildor boshiga tushgan og`ir savdo va kulfatlardan bexabar . Uning og`ir kechinmalarini , chuqur va kuchli his va tuyg`ularini kuzatib borgan emas. U Dildor boshiga tushgan kulfatlardan ham anchagina bexabar bo`ladi . Alisher Navoiy obrazini ochishda bu shaxslarning mana shu tomonlari juda muhim edi . Hozirgi shaklida romanni o`qir ekanmiz , yozuvchi o`limga hukm qilingan Dildorni Navoiy tomonidan ozod qilinganini ko`rsatib uning insonparvar va inson muhabbati va huquqini naqadar qimmatlay olganini bir marta ta`kidlab o`tish uchun syujet yo`nalishini asarga kiritgan bo`lsa kerak degan taassurot qoladi. Faqat shuning uchun Arslonqul va Dildor syujet yo`nalishi kabi fojeali bir yo`nalishni butun asar davomida olib borishi zarurmidi? Maqsad, vosita zo`r , effekt oz emasmi ? Alisher Navoiy muhabbat kuychisidir . U Layli va Majnun , Farhod va Shirin kabi ehtirosli muhabbat egalarining obrazini yaratgan buyuk shoirdir. Shunday bir odamning obrazini yaratganda uning muhabbatga munosabatini yana kengroq ishonchli dalillar asosida pishiq qilib ko`rsatsa yaxshi bo`lmasmidi ?”15 Romanda Arslonqul quyidagicha tasvirlanadi: “ Barvasta ,qomat , o`mrovli , sodda o`n sakkiz yashar yigitcha edi . Uning mehnatda chiniqqan qoramtir yuzida , jonli , tiyrak , yirik ko`zlarida bolalarcha ma`sumlik jilvalanardi. U bu qishloqli bo`lib , bolalikdan poda boqqan ,yerdorlarning xirmonini ko`targan , qo`sh haydagan .Uch – to`rt yildan buyon Hirotlik bir torxonning shu atrofdagi yerlarida qarol bo`lib ishlardi.”16 Arslonqul oddiy dehqon oilasidan yetishib chiqqan bo`lsa-da mard , jasur , g`ururi baland yigit edi. U ziyoli , ilmli bo`lmasa-da o`zining jismoniy kuchi , mehnati bilan vatanning obodligi va ravnaqi uchun kurashdi. Arslonqulning Sultonmurodga aytgan so`zlari : “ Men tig`im bilan siz o`z ilmingiz bilan xalqqa , yurtga xizmat qilaylik !” buning yorqin dalilidir . Arslonqul o`z sevgisi yo`lida ham mardonavor kurashadi. Suyuklisi Dildorni o`g`irlab ketishlariga , uzoq yillarning o`tishiga qaramasdan uni unutmaydi, chindildan sevadi, uning uchun o`zga yurtlarda sargardon bo`ladi, ko`plab mashaqqatlarga qaramay , Dildorni o`g`irlab ketgan va xalqqa ham soliqlarni ko`paytirib , jabr- zulm yetkazgan , faqatgina o`z manfaatini o`ylaydigan yovuz dushman To`g`onbekdan o`ch olib uning umriga yakun yasaydi va yurtimizni yovuz niyatli , nobakor kimsalardan xalos etadi. Asarning ijobiy qahramonlaridan biri , Asrlonqulning yori Dildor quyidagicha tasvirlanadi : “ Baland bo`yli , jussakkina , butun andomi o`ziga kelishgan , tiniq oq yuzli, inichka , nafis qoshli , ko`zlarining qora yulduzi yoshlik husnining , kuchining jonli , fusunkor olovi bilan yongan o`n olti , o`n yetti yashar qiz edi.”17 Romanda Dildor oddiy dehqon qizi bo`lsa-da , juda go`zal qiz ekanligi , go`zallarning oftobidir deya ta`riflanadi. “ Tabiat og`ushida mehnatda birga o`sgan qiz va yigit bundan qariyb ikki yil burun bir – birlariga samimiy muhabbat bilan bog`langan edilar . Kampir ham Dildorning otasi ham bu sinalgan yigitni kuyov qilishga hech qanday taraddudsiz rozi bo`lishgan edi.” Ezgulikning kechi yo`q “ degan gapga muvofiq , to`y tomosha uchun hali ma`lum muddat tayin etmagandilar. Bir kuni soliq to`plash uchun qishloqqa kelgan To`g`onbek Dildorni ko`rib : “ Qizlarning sarasi ekan “ deb boshdin oyoq razm solib , go`zal misralar orasida unga ko`proq maqbul bo`lgan bir bayt xotiriga keldi:
Oningkim ol enginda meng yaratdi ,
Sochi birla bo`yini teng yaratdi.
To`g`onbek ichida : “ Shoir go`yo bu suluv uchun ataylab aytgan !”
deydi Haqiqatdan ham , Dildor oddiy tabaqadan chiqqan bo`lsa-da , juda nazokatli , chiroyli va go`zal edi. Unga maftun bo`lgan To`g`onbek uni olib qochib ketib amaldorlarga, podshohga tortiq qiladi. Shunday bo`lishiga qaramay , Dildor o`zining or – nomusini , sha`nini saqlab qolishga , sevgisiga sadoqatli bo`lishga harakat qiladi va shunday yo`l tutadi. Qalbining tozaligi va pokligi tufayli Dildor ko`pgina qiyinchiliklarga qaramay o`z muhabbatiga erishadi va Arslonqul bilan baxtli hayot kechiradilar. Badiuzzamon qo`shinlari otasi Husayn Boyqaroga qarshi yurish qilganida , Arslonqul dushmanni yengish uchun qilich olib jangga otlanadi. Shunda Dildor ayol bo`lishiga qaramasdan erkak askar askarning kiyimini kiyib , qo`liga qilich olib , erkaklardek jasorat bilan jangga otlanishi Dildor obrazini qahramon darajasiga ko`targan . Yozuvchi Oybek romanda har bir obrazning o`ziga xos xususiyatlarini ochib bergan .Kambag`al dehqon qizi Dildor nutqi ham o`ziga xos noziklik bilan farq qiladi . Dildorning nutqida anoyilik va qizg`in kuyunchoqlik bilan birga , zolimni qarg`ash , unga norozilik tuyg`ulari aks etadi . Ana shunday ko`pgina xususiyatlar orqali har bir obrazni yaqqol aks ettiradi.
Romanda salbiy obrazlar ya`ni qora kuchlar sifatida To`g`onbek , Nizomulmulk , Majididdin , va boshqalar aks ettiriladi. “ Xiyonat qonigacha singib ketgan va jinoyatlarin I mohirona ravishda yashira oladigan , fitnachi , ig`vogar vazir Majididdin obrazi quyidagicha tasvirlanadi: “ O`rta yoshli , ko`zlari mug`ombirona yongan , butun vaziyatida kibr – havo , asabiylik , o`zbilarmonlik jilvalangan odam”.18Majididdin mijoz jihatidan asabiy , qiziqqon , ammo ayyor va firibgar bir shaxs , bunday kishilar odatda murakkab odam deyiladi. Navkarlar xalqni talaydi, Husayn Boyqaro esa oyligi oz deb , ularni himoya qiladi, bu tuturuqsizlik Navoiy tomonidan qoralanadi . Majididdin o`ziga nazir etilgan Dildorni podshohga lozim topadi. U xushomadni ham joyiga qo`yadi.Bazm , ichkiliklarni tashkil qiladi , hatto shayxulislom ham mastlikdan behush bo`lib yiqilib qoladi. Pista , bodomlarga oltin , kumush qoplab sochishadi, dabdabalar xaql hisobidan qilinadi. Majididdin dunyoviy ilmlarni sevmaydi , mudarris olim Sultomurodni dunyoviy bilim;arni tashlab , diniy ilm bilan shug`ullanishga taklif etadi. Nizomulmulk Majididdinni fosh etadi . Uning aytishicha , xalqdan kelgan mablag`ning yarmi Majididdinning uyiga tushurilib kelingan To`g`onbek katta yerdorlar zakotini ozaytirish yo`li bilan ulardan ko`p mablag` olishni Majididdinga maslahat beradi; u Mo`min Mirzoni qatl etishda qatnashadi va oxir qochib borib Yodgor Mirzo xizmatiga kiradi , Yodgor Mirzo o`ldirilgach , yana Majididdin huzuriga keladi. Muzaffar Mirzo davlat hisobiga haddan tashqari katta , hashamatli to`y qilib uylanadi.Abdusamad bakovul Navoiyni o`ldirish uchun ko`p dinorga Majididdinga yollanadi. Xullas, barcha yomonliklar , yovuzliklarning boshida Majididdin obrazi turgan ekan.”Navoiy “ romanidagi salbiy obrazlar tashqi jihatdan xunuk , beo`xshov , beso`naqay emas. Bir qarashda ularning zohiriy ko`rinishidan yovuzlik yoxud yomonlikni payqab olish qiyin .Ammo muallif salbiy parsonaj badiiy portretni chizar akan ,ayrim chizgilarda ularning nomaqbul kirdikorlariga ishora qilib o`tadi. Romandagi Majididdin Muhammadning ko`zlari mug`ambirona yonib , butun borlig`ida kibr – havo , asbiylik , o`zbilarmonlik aks etadi . “ Navoiy “ romanida ham , markaziy osiyo adabiy – badiiy jarayonning ushbu bosqichida yaratilgan boshqa tarixiy hamda zamonaviy mavzudagi yirik epic asarlarda ham salbiy qahramon badiiy strukturasida ham psixologik , ham portret tasviri jihatidan ayrim bir evrilish , tadrijlarni kuzatish mumkin . Bu zayldagi evrilish , tadrij salbiy personajni eposdan va Markaziy Osiyo ilk romanlaridan farqli ravishda psixologik jihatdan murakkablahtirish uning ruhiy olamiga chuqurroq kirib boorish , ichki qarama- qarshiliklarini ko`rsatish kabilarda namoyon bo`la boshladi .Bu aslida salbiy shaxs obrazini ijobiylashtirish , zo`rma – zo`raki tarzda unga yaxshi xususiyat va fazilatlarni taqash bo`lmay insonni halokatga , fojealarga olib boruvchi ijtimoiy , siyosiy , iqtisodiy , psixologik omil va manbalarni chuqurroq ko`rsatish ehtimolidan kelib chiqqan ijodiy harakat natijasi edi. Romandagi asosiy salbiy obrazlardan biri bo`lgan Majididdin nafs domiga tushgan , o`z mafaati yo`lida ko`p yovuz ishlarga bosh – qosh bo`ladi.U insonparvar shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy va uning tarafdorlariga qarshi tinimsiz kurash olib borar ekan , fitna , fisq- fujur , tuhmat hatto qotillikdan ham tap tortmaydi. Nopok yo`llar bilan katta boylik , mol- dunyo yig`adi. Ammo roman syujeti oxirida kirdikorlari fosh bo`lib , podshoh Husayn Boyqaro g`azabiga duchoq bo`lgach , bor yo`g`idan ayrilib , yaqin kishilari undan yuz o`giradilar .Shunda Majididdin bir umr Alisher Navoiy singari oliyjanob , buyuk insonga dushmanlik qilganidan pushaymon bo`ladi. “ Umrimdagi eng katta xato - Alisher Navoiyga dushmanligim bo`ldi… Alisher yuragi toza odam edi …”deya qilgan yomon , razil ishlaridan afsuslanadi
Xulosa
Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, bobolarimiz yaratgan boy ma`naviy merosni o`rganish, o`lkamizning haqqoniy tarixini yaratish, o`zining bebaho tafakkur qudrati tufayli madaniy-ma`rifiy va ijtimoiy hayotimizda, xalqimiz ruhiy-ma`naviy olamida o`chmas iz qoldirgan ulug` ajdodlarimizning mo``tabar asarlarini keng ommalashtirish imkoniyati yuzaga keldi. Bugungi kunda ma`naviyatimiz asosi hisoblangan tarixiy qadriyatlar va tarixiy haqiqatlarni tiklash hamda dunyo tsivilizatsiyasining beshigi hisoblangan jonajon O`zbekistonimizning haqiqiy tarixini yaratishga katta ahamiyat berilmoqda. Binobarin, ajdodlarimiz tarixining shonli zarvaraqlaridan xalqni bahramand etishda o`zbek tarixiy romanchiligining ham munosib o`rni bor. O`zbek adiblari yurtimiz tarixining o`ziga xos badiiy komusini yaratish ishtiyoqida qalam tebratib, davr haqiqatlarini badiiy tafakkur qatlamlariga ko`chirishda o`zlarining yuksak ijodiy mahoratlarini namoyish etdilar. O`zining g`oyaviy yuksakligi va badiiy mahorati bilan Oybekning “ Navoiy” romani ulug` vatanimiz xalqlari tomonidan tarixiy romanning yuksak namunasi sifatida e`tirof etildi va juda tez shuhrat qozondi, ko`plab chet tillariga tarjima qilindi, kitobxonlarning sevimli kitobiga aylandi .
Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan “ Navoiy “ romani tarixiy - biografik asargina emas , u o`zbek xalqining XV asrdagi hayoti , ozodligi yo`lida olib borgan uzluksiz kurashlarini keng aks ettiruvchi asardir . Ayni vaqtda roman temuriylar davrini zo`r mahorat bilan aks ettirgan badiiy yodgorlikdir. Oybek “ Navoiy” romanida XV asr o`zbek ijtimoiy , hayotining keng manzarasini , aholining yuqori va quyi tabaqalari turmushini , taraqqiyparvar va buzg`unchi kuchlar kurashini tasvirlab berdi. Asarda katta tarixiy hodisalar xarakterlarga nisbatan tashqi ko`rinish bo`lib qolmay , balki ularning ichki harakatini belgilaydi. Tarixiy jarayonning rivoji bosh qahramon Navoiy xarakterida o`z aksini yopdi . Uning xarakterining o`sishi davlat , madaniy – jamoat arbobi , shoir va mutafakkir sifatidagi faoliyati bilan chambarchas bog`lanib bordi. Oybekka qadar Navoiyga bag`ishlab asarlar yaratilgan. Lekin ular Oybekning “ Navoiy “ romani kabi Alisher Navoiy obrazini to`la aks ettira olmaydi.Biz asar bilan tanishishimiz mobaynida Navoiy obrazi xuddi jonli ko`z oldimizda uning shaxs va siymosi to`liq gavdalanadi. Oybek ijodida Alisher Navoiy siymosi keng o`rin olgan . Yozuvchi u haqida:”Alisherning yoshligi “ qissasi “ Navoiy “ poemasi va “ Navoiy “ romanini yaratish orqali Alisher Navoiy obrazini badiiy gavdalantirdi. Xullas, Oybek “Navoiy “ obrazining mukammalini , ya`ni takomilini yaratib , adabiyotimizni go`zal asarlari bilan boyitdi va ushbu asarlari orqali “ Navoiy “ obrazini insonparvarlik va umumxalq vatanparvarlik timsoli ekanligini isbotlab berdi. Romanda ko`plab qahramonlar tasvirlanadi. Ularning xarakterlari , qilgan ishlari va ko`rinishlaridan kelib chiqib roman qahramonlari ijobiy va salbiy obrazlarga bo`lib o`rganildi. Romanning ijobiy qahramonlari : Navoiy , Sultonmurod , Zayniddin , Arslonqul va Dildor taraqqiyparvar kuchlar sifatida tasvirlanadi. Ular Vatanning ozodligi , yurt tinchligi va xalq farovonligi yo`lida kurashadi. Ularning ushbu yuksak g`oyalarga qarshi kuchlar sifatida Majididdin , To`g`onbek , Nizomulmulk kabi shaxslar salbiy qahramon sifatida tasvirlanadi . Romanni o`qib borishimiz davomida barcha yovuzliklarning boshchisi sifatida Majididdin obrazi , o`zining yovuz niyatlari yo`lida hech narsadan qaytmaydigan , jabr – zulmni xush ko`radigan zulmkor shaxs sifatida To`g`onbek obrazi , o`z manfaati uchun hatto, do`stlarini sotishga ham tayyor munofiq , ikkiyuzlamachi Nizomulmulk obrazlari ilg`or g`oyalarga qarshi kuchlar sifatida aks ettiriladi. Xalqimizning buyuk dahosi Alisher Navoiy asarlarini o`rganishga katta e`tibor berilmoqda va kundan –kun qiziqish ortib bormoqda . Yurtboshimiz Islom Karimov “ Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch “ asarlarida Navoiy haqida quyidagi fikrlarni bildirganlar : “ Inson qalbining quvonch –u qayg`usini , ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan –kam topiladi.Ona tiliga muhabbat , uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg`usi ham bizning ong-u shuurimiz , yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni , ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko`p bahramand etsak , milliy ma`naviyatimizni ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishga shunchalik qudratli ma`rifiy qurolga ega bo`lamiz “ Xulosa qilib aytganda, Oybekning “ Navoiy “ romani o`zining g`oyaviy yuksakligi va insonparvarlik g`oyalari bilan sug`orilganligi bois ajdodlardan avlodlarga qoldirilgan buyuk meros sifatida tarix zarvaraqlarida abadiy muhrlandi.



Download 66,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish