“Bir xil shakllarni bitta rang bilan bо„ya”. Bolaga 7-10 ta geometrik
shakllar (uchburchak, doira, kvadrat va h.k.) tasvirlangan blank taqdim etiladi.
Bolaga doira, kvadrat va boshqalar kо„rsatiladi, undan sо„ng doiralarni – sariq
rangga, kvadratlarni – qizil rangga, uchburchaklarni – yashil rangga va h.k.
bо„yash kerakligini eslab qolish aytiladi. Vazifani rang, shakllar sonini kо„paytirish
hisobiga murakkablashtirish mumkin. Yana shakllar ichiga harflar va raqamlarni
yozib namunalar sonini kо„paytirish mumkin (shakllarni hajmi jihatidan turli -
katta va kichkina qilib ham taqdim etish mumkin).
91
Do'stlaringiz bilan baham: |