O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/76
Sana06.05.2020
Hajmi1,13 Mb.
#49242
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76
Bog'liq
nutqi toliq rivojlanmagan bolalarning nutqiy xotirasini logopedik ish tizimida shakllantirish

“Kvartira” о„yini. 
Maqsad – og„zaki materialni mantiqiy va polisensor ifodalamoq. 
Material: qо„g„irchoq xonasining maketi va о„yinchoq mebel jihozlari. 
a) Pedagog  mebel  jihozlarini  aytadi,  bola  sо„zlarni  eslab  qolishi  va  mebel 
jihozlarini о„z joyiga qо„yishi kerak. 
b) Bolaga bir nechta geometrik shakllar beriladi va qaysi shakl qanday mebel 
jihozini  bildirishi  haqida  oldindan  kelishib  olinadi.  Bundan  sо„ng  pedagog 
sо„zlarni  aytadi,  bola  esa  qog„oz  varog„iga  shakllarni  joylashtirib,  “mebellarni 
qо„yib chiqadi”. 
Vazifa  bajarib  bо„lingach,  bola  sо„zlarni  qayta  takrorlashi  muhim  bо„lib, 
shuningdek ularni 30 daqiqadan sо„ng qaytarish taklif etiladi. 
Maktabgacha yoshda bola о„zining aqliy faolligini boshqarishdan kо„ra tashqi 
stimullar  va  tashqi  regulyatorlarga    kо„proq  quloq  soladi.  Intellektual  faollikning 
ichki  boshqaruv  mexanizmlarini  –  о„z-о„zini  boshqarishni  rivojlantirish  zarur. 
Eslab  qolish  va  qayta  takrorlash  jarayonlarini  boshqarish  qobiliyatlarini  eslab 
qolinayotgan axborotni qayta ishlashni boshqarish deb ta‟riflash mumkin. Xotirani 
boshqarish asosida analiz va sintez, taqqoslash, umumlashtirish, abstraksiya singari 
aqliy  operatsiyalar  yotadi.  Xotirani  fikrlash  operatsiyalari  va  nutq  nisbatan 
rivojlangan  holatda  mnestik  jarayonlar  tizimida  eslab qolinayotgan  ma‟lumotlarni 
qayta  ishlash  usullari  paydo  bо„lgan  hollarda  boshqarish  mumkin.  Shuni  alohida 
ta‟kidlash  joizki,  eslab  qolish  maqsadida  materialni  qayta  ishlashning  mazkur 
yо„llari  va  usullari  avval  tashqi  va  undan  sо„ng  esa  ichki  tomondan  amalga 
oshirilishi kerak. 
Demak,  eslab  qolinayotgan  materialni  qayta  ishlash  usullarining  mavjudligi, 
bolaning  xotirasini  boshqarish  qobiliyatining  asosini  tashkil  etadi.  Biroq,  eslab 
qolinayotgan materialni qayta ishlash usullari ishga tushirish mexanizmiga muhtoj 


74 
 
bо„ladi.  Xotira  jarayonlarini  boshqarish  uchun  taxminan  bunday  funksiyani 
quyidagi  harakatlar  bajaradi:  maqsad  qо„yish  mahorati;  harakatlarni  rejalashtirish 
mahorati;  qaror  qabul  qilish  mahorati;  eslab  qolish  va  qayta  takrorlash  jarayonini 
nazorat  qilish  mahorati;  olingan  natijani  baholash  mahorati;  kelgusida  bо„lishi 
mumkin bо„lgan voqealarni oldindan kо„ra bilish mahorati. 
Mazkur harakatlar о„zaro birlikda xotiraning boshqaruvchilik mexanizmlarini 
tashkil etadi. Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalarda о„z-о„zini boshqarish qobiliyati 
yetarlicha  rivojlanmagan,  kо„pincha  bu  rejalashtirilgan  nutqning  boshqaruvchi, 
rejalashtiruvchi  funksiyasining  rivojlanmaganligi  natijasida  kuzatiladi.  Amaliy, 
produktiv  va  tajriba-sinov  tayanch  faoliyati  о„z-о„zini  boshqarish  samaradorligini 
oshiruvchi sharoitni ta‟minlaydi. 
Biz  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalar  xotirasini  rivojlantirish  maqsadida 
logopedik mashg„ulotlarda qо„llanilishi mumkin bо„lgan ba‟zi о„yin va mashqlarni 
tanlab oldik. Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalarda о„z о„zini boshqarish qobiliyati 
kо„pincha 
nutqning 
boshqaruvchi, 
rejalashtiruvchi 
funksiyasining 
rivojlanmaganligi bois, yetarlicha shakllanmagan bо„ladi. 
Bola  nutqi  va  xotirasini  rivojlantirish  uchun  predmet-amaliy  faoliyatni 
og„zaki    ifodalashning    ahamiyati.  Amaliy  faoliyatni  og„zaki  ifodalashning  roli 
kо„pgina  tadqiqotlarda  kо„rib  chiqilgan  (L.S.Vigotskiy,  N.I.Jinkin,  R.YE.Levina, 
V.I.Lubovskiy,  A.R.Luriya,  D.B.Elkonin).  Ularda  idrok,  diqqat,  xotira  va 
umumlashtirish jarayoniga og„zaki ifodalashning ijobiy ta‟siri о„rnatilgan. 
YE.O.Smirnova  nutqning  ahamiyatini  bola  tomonidan  о„z  faoliyatini 
rejalashtirish  vositasi  sifatida  ta‟kidlaydi.  Kо„pgina  tadqiqotlarda  faoliyatni 
boshqarishda rejalashtirishning roli kо„rsatiladi. 
V.I.Lubovskiy tadqiqotlarida rivojlanishida turli nuqsonlari bо„lgan bolalarda 
harakatlarni og„zaki boshqarishning yetarli emasligi (sustligi) kо„rsatiladi. Bolalar 
uchun  bajarilishi  kutilayotgan  harakatlarni  rejalashtirishdagi  qiyinchiliklar 
xarakterlidir.  Bolalarga  kо„rsatmaga  kо„ra  harakatlarni  bajargandan  kо„ra 
bajarilgan  ishlar  haqida  verbal  hisob  berish  qiyinroq.  Verbal  hisobotlar  uchun 
og„zaki  ta‟riflashning  aniq  emasligi,  aniqlashtirishning  differensiallanmaganligi 


75 
 
xos.  Ular  vazifalarni  oxirigacha  eshitmaydilar  va  darhol  uni  bajarishga  kirishib 
ketadilar,  namunaga  e‟tiborsizlik  bilan  qaraydilar,  kо„p  bosqichli  tushuntirish  va 
kо„rsatmalarni  eslab  qolmaydilar,  о„z-о„zini  tekshirishga  bо„lgan  ehtiyoj 
kuzatilmaydi,  faoliyat  jarayonida  hamda  uning  yakunida    о„z-о„zini  boshqarish 
malakalari  rivojlanishining  quyi  darajasi  kuzatiladi.  Bolada  topshiriqqa    bо„lgan 
bevosita  qiziqish  tez  sо„nadi.  Faoliyat  davomida  yetarlicha  faollik  namoyon 
bо„lmaydi,  shaxsiy  natijalarni  yaxshilashga  bо„lgan  intilish  bо„lmaydi.  Yо„l 
qо„yilgan  xatoliklarga  bolalar  u  yoki  bu  darajada  befarq  qaraydilar,  ularni 
sezmaydilar,  sabablarini  tushunishga  faol  istak  bildirmaydilar.  Bolalar  impulsiv, 
noratsional  harakat  qiladilar.  Faoliyat  jarayonida  bolalarning  shaxsiy  sifatlarga 
kо„ra  individual  farqlari  aniqlanadi.  Barcha  sanab  о„tilgan  xususiyatlar 
ma‟lumotlarni yodda olib qolish va taqdim etish jarayoniga ta‟sir etadi. 
Maxsus 
tashkil 
etilgan 
predmet-amaliy 
faoliyat 
bolalar 
nutqini 
normallashtirishga  ijobiy  ta‟sir  kо„rsatishi  haqida  guvohlik  qiluvchi  tadqiqotlar 
mavjud (T.A.Matrosova, S.A.Mironova, N.A.Chevelova).   
Afsuski,  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalar  korreksion  ta‟limi  va  tarbiyasi 
tizimida  faoliyatning  produktiv  turlari  kam  qо„llaniladi.  Bu  bolalar  nutqini  har 
tomonlama rivojlantirish imkoniyatini chegaralaydi. 
Nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalar  nutqining  leksik-grammatik  qurilishini 
shakllantirishning  asosiy  vositasi  sifatida  biz  tomondan    predmet-amaliy  faoliyat 
tanlandi,  bunda  predmetlar  о„rtasidagi  bog„lanish  va  aloqalarni  bolalar  analiz, 
taqqoslash, ahamiyatli aloqalarni aniqlash yо„li bilan “ochishgan”.
 
Pedagogik jihatdan tо„g„ri tashkil etilgan bolalarning predmet-amaliy faoliyati 
о„quv  jarayonini  faollashtirishning  va  shu  orqali  mnestik  jarayonlarni 
rivojlantirishning muhim vositasi bо„lib xizmat qilishi  mumkin. 
Predmetli  faoliyatga  tayanib  о„qitishda  sо„z  bolaning  faoliyatini  tashkil 
etuvchi  vositaga  aylanadi.   Bolalarni  shaxsiy  harakatlarini nutq  bilan  ifodalashga, 
bajarilgan  ish  natijalarini  chiqarish,  kechroq  bosqichlarda  esa  о„zi  va  boshqalar 
uchun kо„rsatmalarni tuzishga о„rgatish muhimdir. 


76 
 
Hikoya qilishga о„qitishda dastlab pedagog tomonidan oldindan tayyorlangan 
mnemojadvallardan  foydalanish,  keyingi  bosqichlarda  esa  ularni  bolalar  bilan 
birgalikda chizish mumkin. 
Rivojlanishdagi  muhim  rolni  kattalarga  amaliy  harakatlarni  namoyish  etish, 
bola  va  kattalarning  hamkorlikdagi  amaliy  faoliyati  va  nihoyat  u  yoki  bu  hayotiy 
vaziyat bilan bolaning mustaqil amaliy harakatlari о„ynaydi. 
Bolalarning  birgalikdagi  faoliyatini  tashkil  etib,  ijtimoiy  xulqning  turli 
shakllarini  va  bayon  turlarini  talab  etuvchi  muloqot  vaziyatini  modellashtiradi  va 
tashkil etadi. 
Shu  tariqa  korreksion  ishda  didaktik  о„yinlar  va  nutqiy  mashqlar  bilan  bir 
qatorda predmet-amaliy faoliyatni qо„llagan holda leksik va kо„rgazmali materialni  
samarali shakllantirish,  rivojlantirish va kelajakda  yodda  olib qolish kо„nikmasini 
takomillashtirish mumkin. 
Bola  faoliyat  kо„rsatadigan  va  u  tomonidan  produktiv  faoliyat  natijasida 
yaratiladigan  barcha  predmetlar  xotira  va  nutqiy  mashqlar  uchun  kо„rgazmali 
tayanch  rolini  bajaradi.  Mnemojadval  yodda  olib  qolish  va  gap  yoki  hikoyani 
qurilishini  kо„rgazmali-grafik  rejasi  sifatida  xizmat  qilishi  mumkin.  Shuni  ham 
unitish kerak emaski, predmet-amaliy faoliyatda bola bir vaqtning о„zida bir necha 
analizatorlarga  (kо„ruv,  eshituv,  teri-taktil)  tayanadi,  bu  esa  nutq  rivojlanishiga 
ijobiy ta‟sir kо„rsatadi. 
 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish